O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Amaliy mashg‘ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari



Download 14,52 Mb.
bet276/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Amaliy mashg‘ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari:

  1. Talabalarga amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan barcha mavzular qaysi interfaol usulda o‘tishini oldindan tushuntirish va kalendar tematik reja asosida yozdirish.

  2. Talabalarga auditoriyada joylashish uchun vaqt berish.

  3. Har bir amaliy mashg‘ulotda mavzuga talabalarning qaysi usuldan foydalanishi qay darajada bilishlarini aniqlash.

  4. Ishtirokchilar topshiriq olguncha o‘zlarining guruhlarga bo‘linish imkoniyatidan foydalanish.

  5. Talabalarni shunday kichik guruhlarga ajratish kerakki, guruhda bir-biri bilan tanishlar kamligiga e'tibor berish.

  6. Topshiriqni hech bo‘lmasa bir marta takrorlash.

  7. Vazifani aniq, ravshan bayon qilish, uni hamma tushunganiga ishonch hosil qilish.

  8. Ishtirokchilarni topshiriq bo‘yicha ishlashayotganini tekshirib borish.

MIYA SHTURMI” USULI
Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi (darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 1, 2, 3 ball bilan baholanadilar) va o‘qituvchi savol beradi-talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi-javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.
Masalan: “Bakteriyalarning ko‘payishi, spora xosil qilishi va sistematikasi” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 5-10 ta savol (talabalarning tayyorligiga qarab) beriladi:

  1. Baktеriya hujayrasining o`sishi dеganda nima tushuniladi?

  2. Baktеriyalarning ko`payish usullari va ularga ta'rif bеring?

  3. Baktеriyaning rivojlanish fazalariga tavsif bеring?

  4. Baktеriyalarning uzluksiz ko`payishi qanday yo`l bilan amalga oshiriladi?

  5. Bakteriyalar sistematikasida qo’llaniladigan belgilar.

O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi-talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi- amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol -javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi
Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruhdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida mashg‘ulotga tayyorgarlik daraxasini bilish, xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.
Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma'nosi va mazmunidan qat'iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol -javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi.
Bundan tashqari fan bo‘yicha yangi bilimlarni olishga erishish, ishtirokchilarga taklif etilgan g‘oyalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratish va guruhda faollikni oshirishga erishiladi.

STOL USTIDA RUCHKA” USULI


Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog‘oz beriladi va talabalar qog‘ozga ism shariflarini yozadilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‘ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‘lidagi ruchkani stol o‘rtasiga qo‘yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi va hokazo. Talaba javob bera olmay o‘z ruchkasini stol o‘rtsiga 3 marta qo‘ysa, amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol -javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‘ulotning nazariy qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5 -6 ta savol yozilgan qog‘oz beriladi va barcha qog‘ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar.
Masalan: “Mikroorganizmlar fiziologiyasi. Oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, oziq muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab qanday bo‘linadi?
2. Mikroorganizmlarning ko‘payish usullari va davrlari qanday?
3. Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari.
4. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari.
5. Differensial-diagnostik oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida ishlatishdan maqsad nima?
6. Bakteriyalarning gemolitik xususiyatini aniqlashda qanday oziq muhitlar ishlatiladi?

DUMALOQ STOL” USULI


Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‘oz tashlanadi. Har bir talaba o‘zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‘ozni uzatadi. Hamma o‘z javobini yozib bo‘lgandan keyin tahlil qilinadi: noto‘g‘ri javoblar o‘chirilib, to‘g‘ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‘zaki holda ham olib borilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan savol to‘liq va aniq berilishi lozim.
Masalan: “Mikroorganizmlar ekologiyasi. Tuproq, suv va havo mikroflorasi, ularni o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar quyidagicha:
1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari.
2. Qaysi mikroorganizm suv uchun sanitar bakteriologik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi? Nima uchun?
3. Suvning koli titr va koli indeksi nima?
4. Qaysi mikroorganizmlar tuproqning yangi va eski ifloslanganlik darajasini ko‘rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun?
Vaziyatli masala: Bakteriologik laboratoriyaga sanitar-bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari olib kelindi. Xulosa berish uchun qanday ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak?

GALEREYA BO‘YLAB SAYOHAT” USULI


Guruh talabalarii kichik 2 -4 guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog‘oz beriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarda rangli qog‘ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o‘zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi guruh oldingi guruhning javobini baholab, agar javob to‘liq bo‘lmasa, o‘zining variantini taklif etadilar.
Mavzu bo‘yicha savollar: “Anaerob jarayonlar.” mavzusidan vaziyatli masala:

  1. Spirtli bijg'ish jarayonida qaysi mikroorganizm ishtirok etadi?

  2. Bijg'ish jarayoni bilan nafas olish jarayonining uzviyligini tushuntiring.

  3. Sut kislotali bijg'ishda ishtirok etadigan mikroorganizmlar va ularning guruhlarini aytib bering.

  4. Sut-kislotali bijg'ishning gomofermentativ va geterofermentativ hollarda borishi sabablarini izohlang.

  5. Moy kislotali bijg'ish jarayoni haqida gapirib bering.

Talabalar o‘z javoblarini berganlaridan keyin tengdoshlari javoblariga qo‘shimcha kiritganlaridan keyin ular birgalikda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri javoblar tanlab olinib, baholanadi.

QOR BO‘LAKCHALARI” USULI


Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi - har bir talaba o‘ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlaydi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 3 ta savol beradi va o‘ziga berilgan 3 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘zaro muammoli savollarga javob beradilar - bu javoblar o‘qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi.
Masalan: “Mikrobiologiya laboratoriyalarida ishlashning umumiy qoidalari” mavzusi bo‘yicha savollar:

  1. Mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil etish prinsiplari va maq­sadi nimadan iborat?

  2. Mikrobiologik laboratoriya va ish joyi qanday jihozlanadi?

  3. Mikrobiologik laboratoriyada ishlash qoidalarini ayting.

  4. Mikroorganizmlarning har xil guruhlari bilan ishlash tartiblari qanday bo‘ladi?

  5. Mikroskopning tuzilishi va mikroskopik tadqiqot usullarini aytib bering.

Har qanday to‘g‘ri javob shu guruhga ―qor bo‘lakchasi‖ ko‘rinishida ball keltiradi.

QOR UYUMI” USULI


Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo‘linadi, 1-kichik guruh talabalari navbati bilan 2-kichik guruhidan bir talabaga savol beradilar (kichik guruh talabalar soniga qarab 4, 5 ta). Talaba bilgan savoliga javob beradi. Bu usulga “qor uyumi” deyishdan maqsad “bir uyum”ning (kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan.
Masalan: “Bakteriyalar hayot faoliyati davomida ishlab chiqargan maxsulotlari -fermentlar, pigmentlar, toksinlar” mavzusiga oid savollar:
1. Differensiatsiya va identifikatsiya uchun ahamiyatga ega bo‘lgan bakteriyalar fermentlarini sanab bering.
2. Bakteriyalarda bo‘ladigan toksinlarni ayting, ularning mikrob hujayrasida joylashishi.
3. Pigmentlarning hujayra hayot faoliyatidagi o‘rni.
4. Mikrob hujayrasi patogenlik fermentlarini ayting.

KIM KO‘PROQ, KIM TEZROQ” USULI


Bu usul “Miya shturmi” usuliga o‘xshash bo‘lib, bunda o‘qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilg an savolga javob berish uchun birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa va to‘g‘ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarib, to‘g‘ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar.
Masalan: “Xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlashning sanoat strategiyasi ” mavzusi bo‘yicha savollar:

  1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasiga ta'rif bering.

  2. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari nimalarni taqozo qiladi?

  3. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qanday maqsad va vazifalarni ko‘zda tutadi?

  4. Oziq-ovqat barqarorligi va yetarliligi qanday amalga oshirildi?

  5. Qishloq xo‘jaligida maxsulot ishlab chiqarish oziq-ovqat ta'minotida qanday rol o‘ynadi?

  6. Mamlakatimizda amalga oshirilgan agrar islohotlarning natijalarini boshqa mamlakatlarda islohotlarning borishi bilan taqqoslang.

DISKUSSIYA” USULI


Guruhdan ikki nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o‘zining kichik guruhiga talabalar o‘rtasidan talaba tanlaydi - 2 ta kichik guruh ajralgach, har bir kichik guruh talabasi o‘ziga 2 - kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o‘zaro bir-birlariga mavzuga oid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo‘lishi, berilayotgan javoblar to‘g‘ri, aniq, ravshan bo‘lishi keak.
Masalan: “Salmonella. Clostridium botulinum” mavzusi bo‘yicha savollar:

  1. Salmonellalarning morfologik, kultural, fermentativ xossasi qanday?

  2. Salmonellalarning tasnifi nimaga asoslangan?

  3. Salmonellalar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

  4. Ichak tayoqchalari guruhi baktеriyalariga ta’rif bering.

Bu usulda talabalar
- mavzuni muhokama qiladilar;
- mavzuni ochib beradilar;
- talabalar o‘z bilimlarini tekshiradilar;
- diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar;
- mashg‘ulotni o‘yin usulida o‘tkazadilar;
- har bir talaba mashg‘ulotda qatnashadi va o‘zini erkin his qiladi.

BUMЕRANG TЕXNOLOGIYASI”


Ushbu tеxnologiya dars jarayonida, darsdan tashqari, bo‘sh vaqt­larda turli adabiyotlar, tarixiy man’balar, matnlar bilan ishlash jara­yonida o‘quvchilarning o‘rganilgan matеrialni yaxshi eslab qolish, og‘­za­ki nutqini rivojlantirish va o‘z fikrini erkin bayon eta olish malakasini shakllantiradi, shuningdеk, bir dars davomida barcha o‘quv­chilarni baho­lash imkonini bеruvchi tеxnologiya hisoblanadi. Bu tеxnologiyadan yan­gi mavzuni yoki matеrialni o‘rganish jarayonida foydalanish maq­sadga muvofiqdir.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish