O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 3.05 Mb.
bet33/41
Sana11.01.2017
Hajmi3.05 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41

Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini va ularni tekshirishda quyidagilarni bilish zarur;

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditorlik tekshiruvdan o’tkazishning maqsad va vazifalari,

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini audit qilishda qo’llaniladigan asosiy xujjatlarning tarkibi

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditorlik tekshiruv o’tkazishning ketma-ketligi,

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ining auditini o’tkazishda aniqlangan xuquqbuzarliklarning turlari,

Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditi qilishning asosiy maqsadi ushbu soliq turining soliq qonunchiligiga talabiga asosan to’g’ri hisblanishi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilishdan iborat.

Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditi qilishda quydagilardan baholash mumkin:

  • Daromad solig’i va uning sintetik va analitik hisobi tizimi;

  • Soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish va noqonuniy to’lovlarni yo’qligi;

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini bo’yicha belgilangan tartibda soliqqa tortilmaydigan summani to’g’ri aniqlash;

  • Buxgalteriya va soliq hisobotlarida byudjet oldidagi soliq majburiyatlarini to’g’ri aks ettirilishini aniqlash;

  • Soliq bazasini shakllantirish jarayonida soliq qonunchiligiga rioya qilinishini aniqlash;

  • Mazkur soliq turini byudjetga to’liq va o’z vaqtida to’lashini nazorat qilish.

Auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshiradi.

Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.

Ish haqidan daromad solig’ining to’g’ri ushlanganligini tekshirishda Soliq Kodeksi moddalari va ular bo’yicha kiritilgan qo’shimcha hamda o’zgartishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Daromad solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarning qonuniyligini aniqlash uchun imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilish kerak:



  • xodimning jami daromadidan chegiriladigan imtiyoz summalarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

SHundan so’ng jismoniy shaxslar jami daromadini aniqlash, asosiy xodimlar, o’rindoshlar, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida pul to’lanadigan shaxslar va boshqalar bo’yicha soliq imtiyozlari va daromad solig’i stavkalarini qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi.

Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham auditorning ish hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.

Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni schyotlar, ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha guruhlash va umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.

Amaliyotda mehnat haqini xarajat schyotlariga (2010, 2310, 2510, 9400,) olib borishining asosliligini tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital ishlar (0810, 0820, 0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi summalarining xarajat schyotlariga olib borilish hollari uchraydi. Buni tekshirish uchun dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, hamda 4210, 6710 va 6720 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini izchil ko’rib chiqish uslubi taklif qilinadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtirilib borilishi lozim.

Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.

Soliqqa tortiladigan bazani to’g’ri aniqlash uchun jami daromaddan quyidagilar chegirib tashlanadi:



  • ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir davlat nafaqalari (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan nafaqadan tashqari): xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq xodimlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun berilgan summalar;

  • ishdan bo’shaganda to’lanadigan nafaqalar, shuningdek, ishdan bo’shatilayotgan xodimlarga korxonadan ketayotganda to’lanadigan barcha turdagi pullik kompensatsiyalar;

  • olinadigan alimentlar;

  • davlat zayomlari, davlat majburiyatlari, lotoreyalardan tushadigan daromadlar;

  • bir yil davomida oylik minimal ish haqining 12 barobar miqdorigacha bo’lgan moddiy yordam summasi,

  • boshqa bir qator daromadlar (ularning ro’yxati amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi).

Soliq xodimning kalendar yilining boshidan boshlab olgan, jami daromadining belgilangan chegirma va beriladigan imtiyozlarni ayirishdan qolgan qismidan hisoblanib, har oyda ushlab qolinadi.

Auditor jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar to’g’ri qo’llanilganligini va soliqning hisoblanishi to’g’riligini tekshirish kerak.

Ushbu ish jadvali bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan tafovutlarning hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining muhimligini aniqlash zarur.

Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlariga to’lovlar hisoblanishi hamda to’lanishini auditdan o’tkazishda quyidagilar bajariladi:



  • har bir fond turi bo’yicha va sug’urta turi bo’yicha to’lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;

  • tegishli fondlar bo’yicha sug’urta badallari stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish;

  • hisob-kitoblarni tekshirish;

  • sug’urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirganda auditor ish haqi summasi, moddiy yordam, moddiy manfaatdorlik summaasining hisob-kitobiga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Auditorning tekshiruv dasturi

Muolajalar ro’yxati

Ma’lumotlar manbasi

Ishbay ishlovchi xodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini tekshirish

Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay haqlar

Vaqtbay va boshqa haq to’lash turlari bo’yicha hisob-kitoblarni teshirish

Тasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar

Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish

Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar

Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob-kitob yuritilishini tekshirish

SHaxsiy kartochkalar, qaydnomalar, mashinogrammalar

Mehnatga haq to’lash bo’yicha schyotlar to’g’ri korrespondentlanganligi va yig’ma hisob-kitobni tekshirish

Qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar

Ijtimoiy ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish

Тo’lov qaydnomlari, mashinogrammalar

Ish haqi bo’yicha deponentlangan summalarni tekshirish

Deponent varaqlari, deponentlangan ish haqini hisobga olish daftari

Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi.

Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: Ijtimoiy nafaqalar, ishsizlik bo’yicha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, homiladorlik va tug’ish nafaqalari,shuningdek xayriya va ekologiya jamg’armalari mablag’laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam pullari; olinadigan alimentlar; stipendiyalar;davlat pensiyalari;jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o’zlariga qarashli bo’lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari;shaxslarning shaxsiy yordamchi xo’jalikda yetishtirgan chorvachilik va dexkonchilik maxsulotlarini sotishdan olgan daromad summasi; davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar; fuqarolarning sug’urta bo’yicha oladigan summalari; banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo’yicha foizlar va yutuqlar.  Jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividendlar va foizlarga 15 foizlik stavka bo’yicha to’lov manbaida soliq solinadi.


Balans (1-shakl)

(tegishli satr va ustun)


(Aktiv
(4200-schet -250 satr)
Passiv
(6700-schet, 720 satr)
Bosh daftar

4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hasob kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining hisobot davri boshi va oxiriga qoldiqlari.


Jismoniy shaxsga to’langan daromad va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’grisidagi ma’lumotnoma, oylar bo’yicha hisoblab yozilgan daromadlar rasshifrovkasi, Soliq solinadigan bazani aniqlashda hisobga olinadigan daromadlar, to’langan daromadlar va byudjetga o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i xamda SHJBPХga badallar summasining rasshifrovkasi. Тo’langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

суммалари тўгрисида маълумотнома

Хисобланган ва амалда тўланган даромадлар суммалари хамда жисмоний шахслардан олинадиган даромад солигининг ушлаб колинган суммалари тўгрисида маълумотлар
Hisoblashuv-to’lov vedomostlarining jamlamasi – to’lanadigan summalar jami
Hisoblashuv -to’lov vedomostlari - barcha vedomostlar bo’yicha to’lanadigan summalar jami
Shaxsiy hisob varaqalar - barcha hisob varaqalar bo’yicha to’lanadigan summalar jami

Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar (turlari bo’yicha) schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliq 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi” schyotining kreditida va 9800- “soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydani ishlatish hisobi” schyotining debetida aks ettiriladi. O’tkazilgan soliq summalari 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi” schyotining debetida va 5110- “pul vositalari hisobi” schyotining kreditida aks ettiriladi.


3. Bilvosita soliqlar auditi.

A. Qo’shilgan qiymat solig’i auditi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliqlarning fiskal funksiya bilan rag’batlantiruvchi funksiyalari o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha optimal variantlarini topish masalasi oldinda turadi. Soliqlar va soliq tizimini shunday tashqil qilish kerakki, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk shakllaridan qat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyatiga sharoit yaratib berish va kelgusida soliqqa tortish bazasini takomillashtirish orqali ishlab chiqarishini rivojlantirishga yordam berishi shart.

Demak, bilvosita soliqlar sistemasini kengroq qo’llash, xususan, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlariga tortishni qo’llashni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish muhim rol o’ynaydi. CHunki bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari va real sektorning rivojlanish darajalari o’sgan sari bilvosita soliqlarning byudjet tushumlaridagi hissasi kamaya boradi, bevosita soliqlarning hissasi esa oshib boradi. Lekin shunga karamay bilvosita soliqqa tortish byudjetning daromad qismini rivojlantirishda asosiy rolni o’ynaydi.

Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo’lib, bilvosita soliqlar toifasiga kiradi va sotilgan tovarlar, ish va xizmatlar bahosiga qo’shiladi. QQS bizda oldin qo’llanilib kelingan aylanma solig’i va sotishdan to’lanadigan soliqlarning o’rnini egallaydi va barcha turdagi tovarlar va xizmatlarni qamrab olib, byudjet bilan hisob-kitoblarda muhim o’rin tutadi.

Hozirgi sharoitda soliq islohotini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, birinchidan, mamlakatda soliq munosabatlarining rivojlanmaganligi bilan, ikkinchidan, omma ongining soliqlarga nisbatan bir qadar salbiy munosabatda ekanligi va bunday vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini qattiq hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.

Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish alohida o’rin egallaydi.

Qo’shilgan qiymat solig’ini audit tekshiruvidan o’tkazish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchiligi ko’rsatilgan masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalar bajarilishini aniqlash;

- joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;

- joriy davr uchun haqiqiy stavkalarini taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;

- hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.

Auditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.

Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:



  1. Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;

  2. QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;

  3. soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish;

  4. faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish;

  5. hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash;

  6. qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish;

  7. QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash;

  8. QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish.

Sotish bo’yicha soliqqa tortiladigan aylanma summasi sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlarning amaldagi narx va tariflar bilan baholanadigan qiymatiga asosan, ularga qo’shimcha qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi. Auditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.

Auditor tekshiruv jarayonida QQSning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi:



      1. oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;

      2. joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va kala yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

      3. joriy davr uchun haqiqiy stavkalarmi taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

      4. hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.

Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur. Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi.

Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:


  • 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi;

  • balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish.

Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.
Byudjetga hisoblangan va to’lanadigan QQS ni schyot-faktura asosida auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi

t/r

Тovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi

O’lchov birligi

(Dona)

Birligining bahosi

Summmasi

Aksiz solig’i

Qo’shilgan qiymat solig’i




Stvkasi,

%

Summasi

Stavkasi,

%

Summasi

Jami summasi

1.

Хom-ashyo va material

200

1000

200000

x

x

20

40000

240000




Jami:

200

1000

200000

x

x

20

40000

240000

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki schyot fakturada xom-ashyo va materiallar sotib olinishida to’langan bilvosita soliqlarni ko’rishimiz mumkin. Korxona tomonidan keyinchalik ishlab chiqarib realizatsiya qilishda to’langan QQS summasini hisobga olish lozim.


Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan QQSni hisoblanishi va to’lanishi.

10 -jadval



Т/r


Muomila mazmuni


Summa

Schyotlar aloqasi

Dt

Kt

1

2

3

4

5

1

Mol yetkazib beruvchilardan xom ashyo va materiallar olindi

200000

40000


1010

4412


6010

6010


2

Mol yetkazib beruvchilar bilan olingan mahsulot uchun hisob-kitob qilindi

240000

6010

5110

3

Ijara xarajatlari uchun pul ko’chirib berildi.

16000

4000


2510

4412


5110

5110


4

Aloqa xizmati uchun pul ko’chirib berildi.

4000

1000


9420

4412


5110

5110


5

Kommunal xizmat xarajatlari uchun pul ko’chirib berildi.

2400

600


9420

4412


5110

5110


6

SHaxsiy xo’jalikdan yordamchi materiallar sotib olindi.

8000

1090

5010

7

Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tayyor mahsulotlarni
sotdi.

350000

4010

9010

8

QQS hisoblandi

58333

9010

6412

9

Тo’langan QQS hisobga olindi

45600

6412

4412

10

Qolgan QQS byudjetga to’landi

12733

6412

5110

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki «Baxus invest» MCHJ korxonasida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishini moliyaviy hisobi va audit qilishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Agarda auditor schyot faktura orqali auditorlik tekshiruviga e’tibor beradigan bo’lsa xato kamchilikka yo’l qo’yishi ham mumkin.

Auditor tekshiruv jarayonida QQS ning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi:



  • oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;

  • joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va katta yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

  • joriy davr uchun haqiqiy stavkalarni taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish;

  • hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.

Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’- larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur.

Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi.

Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:



  1. 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi;

  2. balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish.

Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.

Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:



  1. Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;

  2. QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;

  3. soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish;

  4. faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish;

  5. hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash;

  6. qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish;

  7. QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash;

  8. QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish.

6410-«Byudjet to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyoti («qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitoblar» analitikschyoti)ning debet va kredit yozuvlarining aniqligi nazorat qilinadi. Хususan, noishlab chiqarish extiyojlari uchun sarflangan, sotib olingan tovar-moddiy qiymatliklar uchun to’langan QQS 6410-schyotning debetiga olib borilmasligi kerak, balki tegishli xarajat schyotlariga olib beriladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, to’langan QQS ham qo’shilgan holda, sotib olish qiymati bilan kirimga olinadi.

Auditor QQS bo’yicha qo’llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab chiqarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan QQSning xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulotlar uchun korxona hisoblagan QQSdan oshgan summalarining to’g’riligini tekshirishi kerak. Soliqlar va bo’nak to’lovlarining o’z vaqtida byudjetga o’tkazilishi ham tekshirilishi kerak.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa