O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 3.05 Mb.
bet34/41
Sana11.01.2017
Hajmi3.05 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41

S. Aksiz solig’ining auditi. Auditor aksiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.

Auditor aksiz solig’ini tekshirishda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aksiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq ob’ekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshi-rish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ishlab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aksiz solig’i hisoblanishini tekshirishi zarur.

SHundan so’ng auditor hisoblangan aksiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq Kodeksining 84-moddasiga muvofiq aksiz solig’i byudjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. shuningdek soliq to’lovchi aksiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni soliq inspeksiyasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20- kunidan kechiktirmay taqdim etib kelayotganligini aniqlashi lozim.

Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek aksiz to’lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur.

Agar aksiz to’lanadigan tovarlarini realizatsiya qilish bo’yicha operatsiyalar soliqdan ozod qilingan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlari, dastlabki hujjatlar va schyot-fakturalar tegishli aksiz summasini ajratib ko’rsatmasdan yoziladi. Bunda hujjatlarga «aksiz» degan shtamp qo’yiladi.

Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga asosan auditor quyidagilarni aniqlaydi:



  • qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan);

  • analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o’xshash);

  • noaniq buxgalteriya yozuvlari.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda aksiz to’lanadigan tovarlar xarid qilinganda ular byudjetga bo’nak to’lovlari bo’yicha hisoblashishlarni 4421-«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha byudjetga bo’nak to’lovi schyoti» va 4422 - «Import qilingan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha bo’nak to’lovi schyot»larida to’g’ri olib borilishi auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.

shuningdek, aksiz solig’i to’lanishini Soliq kodeksining 240-moddasiga asosan nazorati ta’minlanadi.

Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishi nazarda tutiladi. Auditor import qilinadigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq, aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek, import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur. Bular haqida O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining 104-moddasida quyidagicha izohlangan: Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i solinadi.

Тovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim7.

O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aksiz solig’ini to’lash boshqa bojxona to’lovlarini to’lashdan oldin yoki u bilan bir vaqtda amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. Тo’ldirilgan «Bojxona yuk deklaratsiyasi» bilan birga taqdim etilgan, to’lashga qabul qilinganligi to’g’risida bank belgisi bo’lgan to’lov topshiriqnomasi to’lovchi tomonidan aksiz solig’i to’langanini tasdiqlaydi.
Auditor bojxonada to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i summasini tekshirganda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqishi lozim:

3-jadval





Muomila mazmuni

Schyotlar aloqasi

Dt

Kt

1

2

3

4

1

Aksiz to’lanadigan tovarlar import qilindi.

2910

6010

2

Aksiz osti mahsuloti importi bo’yicha byudjetga soliq hisoblandi.

2910

6413

3

Aksiz osti mahsuloti importi bo’yicha byudjetga soliq tulandi.

6413

5110

Auditor aksiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aksiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq obekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshirish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ishlab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aksiz solig’i hisoblanishini tekshirishi zarur.

SHundan so’ng auditor hisoblangan aksiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq Kodeksiga muvofiq aksiz solig’i byudjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek aksiz to’lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur.


  1. Mol-mulk va resurs soliqlari auditi

A. Mol-mulk solig’ini tekshirish. Bu soliq korxonalarni mavjud aktivlardan samarali foydalanishga va keraksiz mulklar to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslikni rag’batlantirish uchun joriy qilingan. Bu soliqni soliqqa tortiladigan mulki, bankda muddatsiz depozit schyoti bo’lgan va mustaqil balansdagi huquqiy shaxslar to’laydi.

Yangi Soliq Kodeksiga muvofiq huquqiy shaxslar uchun mol-mulk solig’i u qaysi manbadan olinganidan qat’iy nazar, korxona balansida turgan barcha asosiy vositalar va nommoddiy aktivlarning yillik o’rtacha qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bunda auditor soliqqa tortiladigan ob’ektlarning summasini va har choraklikda yil boshidan o’sib boruvchi jami bilan hisoblanadigan soliq summasining to’g’riligini tekshirishi lozim. Jismoniy shaxslar uchun esa, ularning mulki hisoblangan kvartiralar, chorbog’ va bog’ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati, shuningdek avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq ob’ekti hisoblanadi.

Auditor jismoniy shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortishni tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan soliq stavkalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berishi lozim.
Soliq stavkasi korxonaning balansidagi asosiy vositalar (lizing shartnomasi bo’yicha olinganlari ham qo’shilgan) va nomoddiy aktivlarning eskirishi ayrilmagan o’rtacha yillik qiymatiga nisbatan qo’llaniladi. Mulk summasi uning o’tgan har oyning 1sanasiga bo’lgan qoldig’i bo’yicha hisoblanadi.

Auditor, agar korxonadagi mol-mulklar bir necha mulkdorlarning ulushbay asosida umumiy mulki bo’lgan holatlarni tekshirganda mol-mulk solig’i har bir mulkdor tomonidan umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib ravishda to’langanligini aniqlashi lozim. Yangi qurilgan imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan boshlab to’lanishini e’tibordan chiqarmaslik kerak.

Тabiiy ofat yoki boshqa sabablarga ko’ra yo’qolgan mol-mulklar bo’yicha soliq undirish ular yo’q qilingan yoki butunlay vayron bo’lgan oydan boshlab to’xtatiladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

auditi natijalari.

Т/r

Ko’rsatkichlar

O’lchov birlik

Korxona ma’lumotlari bo’yicha


Auditor ma’lumot-lari bo’yicha


Farqi

(+;-)



Asosiy vositalar, shu bilan birgalikda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning va soliq solinadigan nomoddiy aktivlarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati

Ming so’m

7291494. 0


7291494. 0



-



Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi


Ming so’m

3109686. 6

3109686. 6

-



Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun soliq solinadigan baza


Ming so’m

4181807. 6


4181807. 6


-



Belgilangan soliq stavkasi


%

3. 5

3. 5

-



Тuzatilgan stavka


Ming so’m

-

-

-



Soliq summasi


Ming so’m

146363. 2

146363. 2

-



Normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektining o’rtacha yillik qiymati


Ming so’m

-

-

-



Soliq stavkasi


%

-

-

-



Soliq summasi


Ming so’m

-

-

-



Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan uskunaning o’rtacha yillik qiymati

Ming so’m

417958. 6

417958. 6

-



Soliq stavkasi, %da


%

7

7

-



Soliq summasi


Ming so’m

29257. 1

29257. 1

-



Byudjetga to’lanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi


Ming so’m

175620. 3

175620. 3

-

Auditor huquqiy va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqlar bo’yicha belgilangan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishini tekshiradi. Auditor huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to’lash tartibiga qanday rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor berishi zarur. SHu bilan birga soliq to’lovchilar tomonidan mol-mulk solig’i bo’yicha hisoblash varaqalarini soliq organlariga yilning choraklari bo’yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshirilishini ham o’rganish zarur.



1-chizma

Mol-mulk va resurs soliqlari soliqlar auditi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

Soliq larning to’g’ri hisoblanishi

tekshirish.






Soliq larning byudjetga muddatida va to’liq

o’tkazilishini tekshirish.






Soliq lar hisobining to’g’riligini tekshirish.




Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.

Mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi va to’lov muddatlariga rioya qilinishi ham tekshirilishi zarur.



B. Yer solig’i auditi. Auditor mahalliy soliqlar bo’yicha byudjetga qarzdorlikni tekshirganda quyidagi holatlarga e’tibor berishi lozim: mavjud me’yoriy hujjat va yo’riqnomalarga asosan soliq solinadigan bazaning to’g’ri aniqlanganligiga; mahalliy soliqlar bo’yicha belgilangan soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanilganligiga; o’rnatilgan soliq imtiyozlari va summalarining to’g’riligiga; byudjetga to’lovlar bo’yicha hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi va ishonchliligiga.

Mahalliy soliqlar va yig’imlar faqat har bir hududdagi mahalliy byudjetlarga tushadi, boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Audit o’tkazish manbalari bo’lib hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar kabilar hisoblanadi.

Yer solig’i va mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan kiritiladi va uning barcha hududlarida undirib olinadi, bunda ushbu soliqlar va yig’imlarning miqdorlari Hukumat tomonidan belgilanadi. Boshqa mahalliy soliqlar Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladi. Respublika Vazirlar Mahkamasi faqatgina ushbu mahalliy soliqlarni chegara miqdorlarini belgilaydi. Yangi mahalliy soliqlar va yig’imlarning kiritilishi Respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilishi lozim.

Byudjet bilan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar schyotida olib boriladi.

Hisoblangan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:

Debet 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti, Kredit 4510 - “Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari” schyoti.

Byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:



Debet 4510-“Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari schyoti”, Kredit 5110 –“Hisob-kitob” schyoti.

Yer solig’i auditi


Т/r

Ko’rsatkichlar


O’lchov birligi

Korxona ma’lumotlari bo’yicha

Auditor ma’lumotlari bo’yicha

Yer maydoni

Summasi

Yer maydoni

Summasi



Yer uchastkasining umumiy maydoni,


ga

12. 4

x

12. 4

x



Soliq solinmaydigan yer maydoni -


ga

4. 8

x

4. 8

x



Soliq solinadigan baza


ga

7. 6

x

7. 6

x



Yil uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan jami soliq summasi

so’m

x

25947. 7

x

25947. 7



I chorak uchun 15 fevralgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



II chorak uchun 15 maygacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



III chorak uchun 15 avgustgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9



IV chorak uchun 15 noyabrgacha

so’m

x

6486. 9

x

6486. 9

Korxonaning yer solig’i auditini o’tkazishda auditor maxsus jadval tuzadi va ushbu jadvalni korxonaning hisob-kitobi bilan solishtirib chiqadi.


S. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq auditi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tekshirishda, auditor avvalo, soliq solish ob’ektlarining to’g’riligini aniqlash zarur. Bunda soliq solish ob’ektlarining Soliq Kodeksiga muvofiq kelishini tekshiradi. So’ngra ushbu soliq stavkalarining to’g’ri qo’llanilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga muvofiq aniqlanadi. Bunda auditor ushbu soliq bo’yicha belgilangan imtiyozlarni ham nazarda tutishi kerak.

So’ngra auditor yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning to’g’riligini ham aniqlashi lozim. Bunda u soliq to’lovchilar tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish tartibiga rioya qilinganligini Soliq Kodeksining IX bo’lim. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar (42-46-boblar, 242-256-moddalar) muvofiq tekshiradi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa