23-Ma’ruza
Mavzu: Korxonada ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish va dispetcherlik
xizmati.
Reja
1. Tezkor (operativ) rejalashtirish, xususiyatlari, vazifasi.
2. Dispetcherlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi.
3. Ishlab chiqarishni boshqarish va tarchoqlangan reja.
Tayanch so’z va iboralar: Tezkor rejalashtirish, xususiyatlari vazifasi,
dispetcherlik xizmati, tarmoqlangan reja.
1. Tezkor (operativ) rejalashtirish, xususiyatlari, vazifasi.
Tezkor rejalashtirish ichki rejalashtirishning yakunlovchi bosqichi bo‘lib yillik
rivojlanish rejalarida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
tahminlashga xizmat qiladi.
Joriy
rejalashtirish
belgilangan
strategik
maqsadlarga
erishishga
yo‘naltirilgan operativ boshqaruv qarorlari bilan uzviy bog‘langan.
Demak operativ rejalashtirishga quyidagicha tarif berish mumkin. Tezkor
rejalashtirish deganda reja iqtisod xizmatlarining joriy faoliyatini amalga oshirish
138
(masalan ishlab chiqarish dasturini tuzish korxonaning kvartallik byudjetini
shakllantirish natijalarini nazorat va korrektirovka qilish tushiniladi)
Tezkor rejalarning ikki turi ajratiladi: kalendar va joriy.
Kalendar rejalarda yillik reja vazifalari ishlab chiqarish bo‘linmalari va bajarish
muddatlari bo‘yicha taqsimlanadi. Ularning yordamida sutkalik vazifalar
belgilanadi,
ishlarning
ijrochilar
tomonidan
bajarish
ketma
ketligi
muvofiqlashtiriladi.
Kalendar rejalarni ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich mahlumot bo‘lib yillik
ishlab chiqarish xajmi, meҳnat sig‘imi, tovarlarni bozoga yetkazish muddatlari
xisoblanadi.
Joriy rejalashtirish yoki dispecherlar ishlab chiqarish jarayonlarining
borishini tezkor nazorat qilish va tarkib soligini, shuningdek maҳsulot ishlab
chiqarilgan va turli resurslar sarfini xisobga olishni ko‘zda tutadi.
Qo‘llash soxasiga ko‘ra tezkor rejalashtirish tsexlar aro va tsex ichidagi rejalarga
bo‘linadi.
TSexlar aro rejalashtirish korxona tsexlari tomonidan maxsulot ishlab chiqarish va
sotish rejasining bajarilishining nazorat qilish, asosiy va yordamchi tsexlar,
funktsional xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
TSex ichidagi rejalashtirsh tezkor (operativ) rejalarni ishlab chiqish, uchastkalar,
potok liniyalari va ish o‘rinlarning faoliyatini garafiklarini tuzishi ko‘zda tutadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda operativ rejalashtirishning turli tizimlari
qo‘llaniladi. Tezkor rejalashtirish tizimlari turlarini tanlash maxsulotga talab xajmi,
rejalashtirish xarajatlari va natijalari, ishlab chiqarish mashtabi va turi,
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Ishlab
chiqarishda rejalashtirish tizimlaridan detalli, buyurtmali va komplekt tizimlar
keng tarqalgan.
Detalli tizim yuqori darajada tashkil etilgan va barqaror ishlab chiqarish
sharoiti uchun mo‘jallangan bo‘lib, mahlum unda ҳar bir detal bo‘yicha
belgilangan reja davri uchun saot, smena, kun ishlab chiqarish faoliyati nazorat
qilinadi. Zakazli tizim asosan barqaror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu tizim
asosida potok tizimlari takti va ritmini aniq rejalashtirishni, texnologik, trasport,
sug‘urta zadellarini to‘g‘ri aniqlash yetadi. SHu sababdan ushbu tizimini
cheklangan doimiy nomeklaturadagi maҳsulot ishlab chiqarishda qo‘llash
maqsadga muvofiq. Buyurtmali tizim yakka tartibli va kichik seriyali ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu xolatda rejalashtirish obhekti bo‘lib, aloҳida
olingan buyurtma ҳisoblanadi. Rejalashtirishning buyurtmali tizimi ishlab
chiqarish tsikli va o‘zish normativilarini ҳisoblashga asoslanadi.
Kompleks tizim seriyali ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda
kalendar vazifalar aloҳida turudagi detallar byicha emas, balki detal komplekti
yoki guruҳi bo‘yicha belgilanadi.
2. Dispechirlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi
139
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va istehmol jarayonlarini tezkor
tartibga solish istehmolchilarni tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘la
qondirishga qaratilgan tezkor rejalashtirish tizimining muҳim bosqichi ҳisoblanadi.
SHu sababdan nafaqat rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni
tezkor rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni tezkor yo‘naltirish
sharoitida ҳam buyurtma naryadlari va sutkalik vazifalarining ҳaqiqiy bajarilishini
uzluksiz ravishda ҳisobga olish lozim . Korxonada ishlab chiqarishni operativ
ravishda tartibga solish dispecherlash deyiladi.
Dispecherlashtirish mavjud buyurtmalar, shartnomalarga muvofiq ravishda
maҳsulotlarni o‘z vaqtida ishlab chiqarishi va sotishni taminlash maqsadida ishlab
chiqarishning borishini joriy tartibga solish va nazorat qilish ko‘zda tutadi.
Dispecherlashtirish jarayoni quyidagilardan tashkil topadi:
-
bozor kononekturasini o‘rganish va korxona maҳsulotiga talabni
prognozlashtirish.
-
maҳsulotga talabning o‘zgarishning aniqlash.
-
amaldagi bozorda maҳsulot ishlab chiqarish va sotishning operativ
rejalarini tuzish;
-
tezkor rejalarning korxona bo‘linmalari tomonidan bajarilishining
kalendar rejalarini ishlab chiqish
-
kalendar rejalarning ҳaqiqatda bajarilishni nazorat qilish.
-
ishlab chiqarishdagi chetlanishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish
chora tadbirlarini belgilash.
-
korxonaning o‘zaro bog‘langan bo‘linmalarining joriy faoliyatini
koordinatsiyalash.
-
ishlab chiqarish va funktsional bo‘linmalar faoliyatini tezkor
boshqarish.
Ishlab chiqarishni dispecherlik tartibga solish tizimi quyidagi shartlariga rioya
qilinganidagina ishlab chiqarish menejmentining samarali vositasiga aylanadi.
1) Tezkor rejalarni ishlab chiqarish jarayonida ilg‘or kalendar‘ -
reja normativlarini qo‘llash;
2) Korxona ishlab chiqarish faoliyatining optimal reja –
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini asoslash;
3) Operativ yahni tezkor reja grafiklarni bajarilishi ustidan
nazoratni yo‘lga qo‘lish;
4) Tashkiliy ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish borasida tezkor qarorlarni o‘z vaqtida qabul
qilish.
5) Korxonaning barcha reja – iqtisod va ishlab chiqarish
dispecherlik xizmatlari xodimlari bilim va javobgarlik oshirib
borish.
6) Rejalashtirish bo‘limi xodimlari zaruriy mustaqilligini
tahminlash;
7) Xodimlarga yuqori natijalar uchun rag‘batlantirishni qo‘llash.
140
Umuman, zamonaviy sharoitlarda tezkor rejalashtirish tizimi ҳar bir korxonaga
yuqori daromad olishni tahminlaydigan ko‘rsatgichlarga erishishga yo‘naltirishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |