O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi fаrg’оnа pоlitехnikа instituti


 Korxonada  meҳnatni tashkil qilish moҳiyati va axamiyati



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/102
Sana30.07.2021
Hajmi2,57 Mb.
#133208
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

1. Korxonada  meҳnatni tashkil qilish moҳiyati va axamiyati. 
 
    Meҳnatni  tashkil  qilish  –  meҳnat  jarayoni  boshlanishdan  oldin  obhekt  va 
maqsadni  belgilash, uslub  va  vositalarini tanlash  ҳamda  meҳnat  jarayonida  ularni 
rioya  qilinishi  va  ularning  maqsadga  erishishi  uchun  ishlashini  tahminlash 
demakdir.  Agar  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  shakllaridan  chetga  chiqiladigan 
bo‘lsa,  jamiyat  taraqqiyotini    ҳar  qanday  bosqichida    meҳnat  mavjud  bulganligi 
tufayli  uni    tashkil  etish  ҳam  mavjud  bo‘lgan.  Ishlab  chiqarish  korxonalarida 
meҳnatni  tashkil  etish  jamiyatda  meҳnatni  tashkil  etishni    asosiy  elementlaridan 
ҳisoblanadi. 
 
Ishlab  chiqarishning  jamoa  shakllari  manufaktura  va  kooperatsiyalar 
vujudga  kelganidan  keyin  meҳnatni  tashkil  etish  ayrim  ijrochilargina  emas  balki 
ularning  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etish  uning  eng  muxim  funktsiyalaridan 
biriga  aylandi.  Meҳnatni  tashkil  etish  meҳnatning  miqdor  va  sifat  nisbatlaridan 
belgilash  va  ularga  rioya  qilish,  ularni  zamon  va  makonda  muvofiqlashtirishni 
nazarda tutadi.  
 
Mashinalashgan  sanoat  ishlab  chiqarish  mustaqil  toifa  bo‘lgan  meҳnatni 
tashkil  etishga  asos  soldi.  Bu  toifa  esa  ishlab  chiqarish  jarayonida  obhektiv 
aloqalarni  aks  ettiradi,  tegishli  funktsiyalar  va  ularni  bajaruvchilarni  ajratib 
ko‘rsatadi. Agar ilgari ishlab chiqarish jarayoni aslida meҳnat jarayoniga va ishlab 
chiqarishni tashkil etish - meҳnatni tashkil etishga o‘xshash bo‘lsa endi ular obhekt 
ҳarakter  va  uslublariga  ko‘ra,  shakllari,  funktsiyalari  va  ularni  ijro  etuvchilarga 
ko‘ra  farq  qiladi.  Bunda  meҳnat  vositalari  xal  qiluvchi  rol‘  o‘ynaydi,  meҳnatni 
tashkil etish shakllari va uning elementlari yanada rivojlanadi. 
 
Xozirgi  zamon  ishlab  chiqarishda  meҳnatni  tashkil  etish  deganda  meҳnatni 
muttasil  va  optimal  ishlashni  tahminlash,  ishlab  chiqarish  ijrochilari  va  moddiy 
texnika  shart-sharoitlari  o‘rtasidagi  aloqalar  tizimini  yaxshilashni  meҳnat 
jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni meҳnat samaradorligini oshirishni tushunmoq 
kerak.  Bunda  meҳnat  taqsimoti  va  kooperatsiyasi,  meҳnatni  meoyorlash,  meҳnat 
intizomi,  meҳnat  va  dam  olish  rejimi,  meҳnat  sharoitlari,  meҳnat  muxofazasi, 


 
120
 
meҳnat  ҳaqi,  kadrlar  tayyorlash,  ularga  bilim  berish  va  ularning  malakasini 
oshirish kabilar meҳnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir. 
 
Meҳnat taqsimoti va meҳnat kooperatsiyasi meҳnatni tashkil etishning asosi 
ҳisoblanadi.  Ular  ҳar  bir  xodimning  umuman  meҳnat  jarayonidagi  o‘rnini 
funktsiyalarini  ko‘pincha  qo‘llanilayotgan  meҳnat  vositalari,  asbob-uskunalar, 
xom-ashyo  va  materiallarga  bog‘liq  bo‘lgan  funktsiyalari  va  vazifalarini, 
shuningdek,  xodim  meҳnatiga,  uning  murakkabligiga  va  malakasiga  qo‘yiladigan 
talablarni ҳam belgilaydi. 
 
Meҳnat taqsimoti dastavval muayyan meҳnat maҳsulotini tayyoralash uchun 
zarur  bo‘lgan  ayrim  ijrochilar  meҳnati  o‘rtasidagi  sifat  jixatdan  farqlarni  aks 
ettiradi.  Ammo  meҳnat  taqsimoti  ikkinchi  tomondan,  turli  sifatga  ega  bo‘lgan 
meҳnatni  miqdor  nisbatlarini  ҳam  belgilab  beradi.  Bu  nisbatlar  ishlab  chiqarish 
ҳajmi, uning miqyoslariga bog‘liqdir. Turli sifat va miqdordagi meҳnat o‘rtasidagi 
ko‘rsatib  o‘tilgan  muvofiqlikni  aniqlash  uchun  meҳnati  sarflash  meoyorini  bilish 
zarur. Bu meoyor normalash yordamida nechog‘li aniq belgilangan bo‘lsa, meҳnat 
operatsiyasi  shu  qadar  samarali  va  mustaqil  bo‘ladi.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  va 
birgalikda  qilinadigan  meҳnatni  tashkil  etish,  belgilangan  meҳnat  taqsimoti  va 
kooperatsiyasiga  amal  qilishni  tahminlaydigan  qatҳiy  intizomni  talab  qiladi. 
Meҳnat  taqsimoti  va  kooperatsiyasi  ishlab  chiqarish  protsessining  moҳiyati  va 
ҳarakteriga,  qo‘llanilayotgan  meҳnat  vositalariga  obhektiv  bog‘liq  bo‘lganiga 
tufayli meҳnatni samarali tashkil etishning obhektiv va zarur sharti bo‘lgan intizom 
ҳam muҳim aҳamiyatga ega. 
 
Meҳnat  va  dam  olish  rejimi  meҳnat  intizomitga  amal  qilinadigan  umumiy 
shart-sharoitlarni  va  doiralarni  vujudga  keltiradi.  Meҳnat  rejimi  ish  kunining 
boshlanishi  va  tugashi,  uning  qancha  davom  etishi,  ovqatlanish  vaqti,  smena 
grafiqlari,  ish  joylari  va  uchastkalariga  xizmat  ko‘rsatish  tartibi,  ish  xaftasi  va 
xaftalik  dam  olishning  davom  etishi,  ish  davomidagi  ishlash  va  dam  olish  vaqti, 
navbatdagi meҳnat otpuskalari, grafiklarni belgilaydi. 
 
Meҳnat  qo‘llanilayotgan  asbob-uskunalar,  materiallar  ҳarakteri  bilan 
foydalaniladigan  uslub  va  texnologiya  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  muayyan  sharoitda 
sodir bo‘ladi. Bu shart-sharoitlar xodimning o‘ziga ҳam uning meҳnat samarasiga 
ҳam  tahsir  ko‘rsatadi.  Masalan,  meoyor  bo‘lmagan  meҳnat  sharoiti  ishchining 
o‘ziga,  gavdaning  turli  organlariga  nerv  tizimiga  salbiy  tahsir  ko‘rsatib,  uning 
sog‘lig‘ini  yomonlashtirish,  uning  barvaqt  charchatib  qo‘yishi  mumkin.  Normal 
qullay  shart-sharoitini  tahminlaydigan  tadbir  choralar  xodimning  qobiliyatini 
saqlaydi,  meҳnatni  jozibari  qiladi,  shu  tariqa  jiddiy  ijtimoiy  vazifa  meҳnatning 
yashash  vositasidan  asta-sekin  insonning  birinchi  xayotiy  eҳtiyojiga  aylanishini 
tahminlaydi. 
 
Meҳnat  muҳofazasi  kishilarni  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  turli 
elementlarni  uskunalar,  materiallar,  ximikatlar,  transport  vositalar,  qurilmalar  va 
boshqalar tahsiridan saqlaydi. 
 
Meҳnatni muҳofaza qilishning qoniqarli darajada bo‘lmasa meҳnatni normal 
tashkil etishning izdan chiqaradigan ishlab chiqarish shikaslanishi sodir bo‘lishiga 
meҳnat jarayonining uzulishiga ayrim xollarda esa uzoq vaqt to‘xtab qolishga olib 
kelishi mumkin. 


 
121
 
 
Meҳnatni  tashkil  etish  ongli  intizomgagina  emas,  balki  moddiy 
manfaatdorlikka  asoslanadi.  Bunda  meҳnatni  shunday  tashkil  etish  nazarda 
tutiladiki,  yahni  dastavval  kishilarning  meҳnat  jarayonida  ishtiroq  qilish,  tegishli 
kasb  va  malakalarni  egallashi  tahminlaydi,  meҳnat  unumdorligini  oshirish,  ish 
vaqtidan yaxshirooq foydalanish rag‘batlantiriladi. 
 
Meҳnatni tashkil etish malakali mutaxassis kadrlarga ҳam bog‘liq. SHuning 
uchun  korxonada  ishlovchilarning  mahlumotiga  katta  ehtibor  berish  kerak. 
Korxona  ishlab  chiqarish  jarayonini  yanada  samarali  bo‘lishi  uchun  o‘z  ishchi 
xodimlarini o‘qitishlari lozim. Agarda ishlayotgan odam o‘qigan bo‘lsa, oliy yoki 
o‘rta  maxsus  malakaga  ega  bo‘lsa,  u  ҳar  qanday  texnika  va  texnologiyani 
o‘zlashtira oladilar. Bu ishchilarning ish unumdorligi malakasi pastroq ishining ish 
unumdorligidan ancha yuqori bo‘ladi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqaruvchilar  va  xizmat  ko‘rsatuvchilar 
orasida    erkin  raqobatga  asoslangan  kurash  ketadi,  chunki  ҳohlagan  ishni  yoki 
xizmat  turlarini  bajarishni  faqatgina  yakka-yu  yagona  korxonalar  tomonidan 
bajarilmasdan,  bir  necha  korxonalar  ҳam  shunday  bir  xil  faoliyatlar  bilan  erkin 
shug‘ullana  boshlaydilar.  Undan  tashqari  ishlab  chiqarishni,  xizmat  ko‘rsatishni 
boshqarishda 
yuqoridan 
ko‘rsatiladigan 
buyruqbozliklar 
zamonidagi 
monopoliyalar yo‘qoladi. 
 
Bozor  iqtisodiy  davrida  ishlab  chiqaruvchilar,  xizmat  ko‘rsatuvchilar 
orasidagi  yuzaga  kelgan  raqobat  –  xo‘jaligini  yuritish  mexanizmlarining  yanada 
taqqqiy  etish,  rejalashtirish  maqsadlariga  o‘z  vaqtida  erishish  uchun  lakomativ 
bo‘lib ҳisoblanadi. 
 
Raqobardosh  va  unga  yengib  chiqishning  yagona  yo‘llaridan  biri  ishlab 
chiqarilgan  maҳsulotning,  yoki  ko‘rsatilgan  xizmatning  tannarxini  pasaytirishdir. 
Bu esa faqatgina ilmiy asoslangan meҳnat normalarini amaliyotga o‘z o‘rnida joriy 
qilish  natijasidagina  erishiladi.  Meҳnat  normalarini  ishlab  chiqish,  tekshirish  va 
ularni  ishlab  chiqarishga  joriy  etish  «Meҳnatni  tashkil  etish  va  normallashtirish» 
fanining asosiy vazifasidir. 
 
Endigina  yuzaga  kelib,  oyoqqa  turib,  uning  ustiga  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  rivojlanishga  intilayotgan  yosh  va  mustaqil  davlat  uchun  xo‘jalik 
yuritish  va  uni  boshqarish  mexnizmlarini  samaradorligini  yanada  oshirish  uchun 
shunday  tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  rejalashtirish  maqsadga  muvofiqki,  ularni 
ҳalq  xo‘jaligining  qaysi  bir  tarmog‘iga  tadbiq  etganda  ҳam  iloji  boricha  kamroq 
kapital  (sarmoya-mablag‘)  talab  qilinishi  kerak.  Uning  ustiga  o‘sha  yosh  va 
endigina  mustaqillikka  erishgan  davlatning  ҳayot  qurishining  dastlabki  start 
maydonchasi  moddiy va texnikaviy tomondan ancha quvvatsiz va zaif bo‘lganda. 
Bunday  maqsadga  muvofiq  chora  tadbirlarni  ishlab  chiqishda,  ularni  amaliyotga 
o‘z  vaqtida,  o‘z  o‘rnida  joriy  etishda  ҳam  «Meҳnatni  tashkil  etish  va 
normallashtirish»  fanining    salmoqli  va  yetakchi  o‘rni  bor.  Sababi,  talabalar  bu 
fanni  puxta  o‘zlashtirishlari  natijasida  ish  vaqti  sarflarini  kuzatish-fotografiya 
o‘tkazish  usullaridan  keng  foydalanib,  nafaqat  ish  kuni  davomidagi  ish  vaqti 
sarflaridan  foydalanish  darajasini  va  niҳoyat  bekor  ketgan  va  maqsadga  muvofiq 
bo‘lmagan-unumsiz  sarflangan  ish  vaqti  miqdorlarini  ularni  kelib  chiqish 
sabablarini  aniqlanadilar  va  bu  soxada  katta  tajriba  oshiradilar.  O‘z  navbatida 


 
122
 
ortiqcha  va  maqsadga  muvofiq  foydalanilmagan  ish  vaqtlarini  butunlay  bartataf 
qilish,  xech  bo‘lmaganda  ularning  miqdorini  kamaytirish-ijrochilar    tomonidan 
bajarilgan mutlaqo keraksiz yoki ortiqcha xujjatlardan ozod qilish yoki voz kechish 
evaziga  erishish  mumkin.  Bunlatsy  chora-tadbirlar  oldatda  hech  qanday  kapital 
sarmoya talab qilmaydi, talab qildi taqdirda ҳam sezilarli miqdorda emas. Masalan 
ijrochini  biron-bir  ishni  (masalan  poyafzalni  tayyor  idishga  –  karobkaga  solib 
berish)  yoki  xizmat  ko‘rsatish,  masalan,  (sartarosh  bilan  mijozini  sochini  olish)ni 
iloji  boricha  ikki  qo‘l  bilan  bir  tekisda  ҳarakat  qilib  bajarishni  o‘rgatish,  odatda 
sarmoya talab etilmaydi desak ҳam xato bo‘lmasa kerak. 
 
Korxonalarda  (mulkchilikning  qaysi  shakllariga  bo‘lishindan  qatoiy  nazar) 
ishlab  chiqarish  samaradorligiga,  tayyorlashga  maҳsulotning  ko‘rsatilgan 
xizmatning sifatini oshirishga ko‘p xollarda ijrochilarning o‘z meҳnat natijalaridan 
moddiy  rag‘batlanganlik darajasiga  bog‘liq,  buni  esa  faqatgina  ҳar  tomonlama  va 
ilmiy  asoslangan  meҳnat  normalarini,  joriy  qilish  natijasidagina  erish  mumkin. 
Bunday  meҳnat  norma  va  eslatganimizdek  faqatgina  meҳnatni  tashkil  etish  va 
normalashtirish fani shug‘ullanadi. Undan tashqari norma va normativlar faqat ish 
ҳaqi miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun, va niҳoyat, meҳnat jarayonlarini loyiҳalash 
meҳnatni,  ishlab  chiqarishni  boshqarishni  tashkil  etish,  ishlab  chiqarishni 
rejalashtirish,  ҳamda  ҳar  bir  ijrochining  jamoa  ishlab  chiqarishda  qo‘shgan 
xissalarini baxolash, o‘lchash uchun ҳam dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladilar. 
 
Ҳar  bir  ishning  o‘zini  bilgan  ko‘ra,  o‘sha  ishning  ko‘zini  bilgan  maoqul 
degan o‘zbek maqoli bor. SHunday ekan qanday kishi ishning ko‘zini biladi degan 
savol  tug‘ilishi  tabiiydir.  Bunga  javob  quyidagicha.  Odatda,  ҳar  bir  inson  bir 
soxada  astoydil  va  ehtibor  bilan  kundalik  topshirilgan  ish  vazifasini  qoyilmaqom 
qilib bajarish bilan bir qatorda, o‘z malakasini uzluksiz oshirish bilan shug‘ullanish 
natijasida misqollab to‘plagan tajribasini, o‘zini kundalik meҳnat faoliyatida ishga 
solish natijasida ҳar ishni, xizmatni boshqa bir soxada ishlayotgan kishiga nisbatan 
tez, yengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHuning uchun ҳam ishlab 
chiqarishni  samaradorligini,  tayyorlangan  maҳsulotning  yoki  ko‘rsatilgan 
xizmatning  sifatini  oshirishning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  ilg‘or  ish  uslublarini 
ishlab chiqarishga joriy qilishdir. 
2.  To‘qimachilik korxonalarida meҳnatni samarali tashkil 
etish yo‘nalishlari. 
 
 
Meҳnatni  ilmiy  tashkil  qilish  (MITK)  -  bu  meҳnat  jarayoni  tizimi  bo‘lib, u 
fan va  amaliyotda  erishilgan  yutuqlariga asoslanadi  ҳamda  meҳnat unumdorligini 
oshirishga,  meҳnatni  asta-syokin  kishilarning  birinchi  ҳayotiy  eҳtiyojiga 
aylantirishga qaratilgan bo‘ladi. 
 
Meҳnatni  ilmiy  tashkil  qilish  tugallangan,  barqaror  tizim  bo‘lib  kola 
olmaydi, chunki u konkret texnika bilan bog‘liq va shu texnikaning xususiyatlari, 
odamga,  uning  bilimi  va  madaniyatiga  qo‘yadigan  talablari  bilan  shartlangan 
bo‘ladi. SHunday qilib, MITga uning uslublarini yangi texnikaga, yangi bilimlar va 
yangi  tajribaga  muvofiqlashtirish  maqsadida  meҳnatni  muttasil  ratsionallashtirib 
borish jarayoni deb qarash kerak. 


 
123
 
 
MIT qilish doimo shakllanish va rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Uning ko‘p 
muammolari  tadqiqotlarni  yana  davom  ettirishni  taqozo  etadi.  Bu  chunonchi, 
meҳnatni  taqsimlash  va  kooperatsiyalashning,  shu  jumladan,  meҳnatni  brigada 
bo‘lib,  psixofiziologik  jixatdan  optimal  shakllarini  tanlashga,  meoyorlarning 
og‘irligini  belgilash  va  baҳolash  uslublariga,  meoyorlash  ishlab  chiqish  va  h.q. 
taaluqlidir. 
 
MIT qilish  quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 
 
- meҳnatni taqsimlash va kooperatsiyalash shakllarini tanlash; 
 
- meҳnat usullarini takomillashtirish; 
 
- ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish; 
 
-  meҳnat  sharoitini  yaxshilash,  meҳnat  va  dam  olish  rejimlarini  oqilona 
tashkil etish; 
 
- ijodiy aktivlikni rivojlantirish va ongli meҳnat intizomini tarbiyalash; 
 
- kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish
 
- meҳnatni meoyorlash va raxbatlantirishdan iborat. 
 
MIT  qilishdagi  yo‘nalishlarning  ko‘pligi  meҳnatning  naqadar  murakkab 
jarayon  ekanligini  bildiradi.  Bunda  MITning  asosiy  vazifalariga,  yahni  uning 
iqtisodiy, psixofiziologik va ijtimoiy vazifalariga amal qilinishi lozim. 
 
Iqtisodiy  vazifalar  texnikaning  mavjud  darajasida  mumkin  qadar  maksimal 
meҳnat unumdorligiga erishishdan iborat. 
 
Psixofiziologik  vazifalar,  sog‘lom  meҳnat  sharoitini  tahminlab  berishdan, 
meҳnatkashlar ish qobiliyatini saqlab qolish va davom ettirishdan iborat. 
 
Ijtimoiy vazifalar meҳnatni asta syokin kishining birinchi ҳayotiy eҳtiyojiga 
aylantirishdan iborat. Bu vazifalarning ҳammasi kompleks ҳal qilinishi lozim. 
 
Insonning  meҳnat  faoliyati  uning  eng  muҳim  ҳayotiy  sharoitlariga  bog‘liq. 
SHuning uchun meҳnatni ilmiy tashkil qilish vazifalari inson tarixida  ҳosil qilgan 
bilim va tajribalar asosida ҳal qilinadi. 
 
Meҳnat  jarayoni  asosiy  ommillarining  ҳarakteri  va  mazmuni  qandayligiga 
qarab  MITning  asoslari  quyidagicha  bo‘linadi:  iqtisodiy-ijtimoiy  asoslar,  texnik-
texnologik asoslari, psixologik asoslari. 
 
MITning  ijtimoiy-iqtisodiy  asoslari.  Meҳnatni  ilmiy  tashkil  qilish  asosiy 
iqtisodiy qonuni va meҳnat unumdorligining o‘sish qonunini, xalq ho‘jaligini rejali 
rivojlantirish qonunini va meҳnatga qarab taqsimlash qonunini amalga oshiradigan 
asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
 
Meҳnatni ilmiy tashkil qilishga iqtisodiy talablar bilan birga ijtimoiy talabalr 
ҳam  asos  bo‘ladi.  Meҳnatni  taqsimlash  va  kooperatsiyalashning  ratsional 
shakllarini  tanlash,  ish  joylari  va  meҳnat  sharoitini  takomillashtirish,  meҳnatni 
qiziqarliroq,    ijodiyroq  qilishga,  uni  birinchi  ҳayotiy  eҳtiyojga  aylantirishga 
yordam beradi. 
 
MITning texnik texnologiya asoslari. Meҳnat jarayoning mazmuni va uning 
tashkil etilishi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining  ҳarakteriga bog‘liq. 
Mashinalar  konstruktsiyasining  takomillashuvi  ҳam  meҳnatni  tashkil  qilishda 
o‘zgarishlarga  olib  keladi.  Bunda  bahzi  bir  xil  kasblar  kerak  bo‘lmay  qoladi, 
bahzilarda esa kasb vazifalari o‘zgaradi. 


 
124
 
 
Texnikadan to‘la foydalangan va meҳnatni shu texnikaga qatҳiyan monand 
ratsional  tashkil  qilgan  taqdirdagini  ishlab  chiqarish  yuksak  samarador  bo‘lishiga 
erishiladi.  Ravshanki,  bunday  vazifani  xal  qilish  aniq  texnikani  ҳam  meҳnatni 
ilmiy  tashkil  qilishni  ҳam  bilishni  talab  etadi.  Mashinalar  esa  ish  vaqtini  ҳam, 
odam  energiyasini  ҳam  tejashni  nazarda  tutib,  odamning  imkoniyati,  xizmat 
ko‘rsatish qulay bo‘lishini ҳisobga olib tuzilgan bo‘lish kerak. 
 
MITning  psixofiziologik  asoslari.  Meҳnat  unumdorligini  yuksak  bo‘lishini 
tahminlash  uchun  meҳnatkashlar  salomatligi  va  ish  qobiliyati  saqlanib  turadigan 
sharoit  yaratilishi  kerak.  SHuning  uchun  meҳnatni  ilmiy  tashkil  qilish  uslublarini 
ishlab  chiqishda  meҳnat  fiziologiyasi  va  psixoologiyasi,  sanitariyasi  va  gigienasi, 
ergonomika,  injenerlik  psixologiyasi,  ishlab  chiqarish  estetikasi  soҳasidagi  ilmiy 
yutuqlarga  tayanib  ish  ko‘riladi.  Odam  o‘zining  kasb  vazifalarini  bajarayotganda 
uning organizmidagi ro‘y beradigan psixofiziologik jarayonlarni o‘rganish meҳnat 
qilish, xunar o‘rganish usullarini takomillashtirish, meҳnat qilish, dam olish, tashqi 
muxit  sharoitlarini  ratsionallashtirish  uchun  ilmiy  asoslangan  amaliy  takliflar 
tavsiya  etish  imkoniyatini  beradi.  Meҳnat  psixologiyasi  va  fiziologiyasi  tadqiq 
etadigan  jismoniy  energiya  sarfini  meoyorlash  va  uni  o‘lchash  usullari  bo‘lmay 
turib,  meҳnatni  ilmiy  tashkil  qilishning,  meҳnatni  meoyorlash  va  rag‘batlantirish 
singari  muҳim  yo‘nalishlari  chinakkam  ilmiy  asosda  bo‘la  olmaydi.  Bu  soxada 
ko‘p ilmiy ishlar qilinish kerak. 
 
3.  To‘qimachilik korxonalarida, meҳnatni ilmiy tashkil etish 
xizmatlarini shakllantirish. 
 
To‘qimachilik    korxonalarida  MITK  tadbirlarining  muvofaqiyati  va  yuqori 
samaradorligini quyidagi shartlarni bajarilishi asosida amalga oshiriladi: 
1. Rejaliligini, yahni MITK tadbirlari reja asosida amalga oshirilishidir. 
2. Ommaviy jalbi. Bu shart MITK tadbirini ishlab chiqarish korxonasida eng 
quyi bo‘lishidan to butun korxona bo‘yicha amalga oshirilishini talab qiladi. 
3.  Tarmoqli,  yahni  MITK  tadbirini  ҳamma  tarmoqlarini  qilish  asosida 
meҳnatni tashkil etishdir. 
4.  Aniqligi  va  ilmiy  asoslanganligi.  Bunda  korxonaning  aloҳida  birligiga 
tadbirning  xususiy  yechimini  shu  birlikdagi  tashkiliy-texnik  shartlarini  inobatga 
olgan ҳolda ishlab chiqishdir. 
5.  Ishchilarni  ichidan  MITK  bo‘yicha  ishda  qatnashishligidir.  CHunki 
ishchini o‘zidan boshqa hech kim uning ish o‘rnini rezervini chuqur bilmaydi. 
MITK  xizmatining  bo‘limlari  tarkibi  ularning  soni  avvalo  ishlab  chiqarish 
korxonasining  ҳarakteri,  tipi  va  texnologik  jarayonning  murakkabligi,  geografik 
joylashuviga va korxona ishlayotgan ishchilar soniga bog‘liq. 
Korxonaning  MITK  bo‘yicha  ish  olib  borilayotgan  bo‘linmachalar  injener-
texnik 
tashkilotchilar, 
keng 
ko‘lamli 
iqtisodchilar, 
texnologilardan, 
meoyorlovchilardan va korxona  ilg‘ori bilan tashkil etiladi. 
Korxona MITK xizmatining aossiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. MITK bo‘yicha rejani bajarilishini nazorat qilish. 


 
125
 
2. Meҳnatni tashkil etish bo‘yicha vujudga kelgan aloҳida muammolarini ҳal 
etish va tarbiyaviy davr belgilash. 
3. MITK tadbirlarini joriy etish obhektlarini belgilash. 
4.  Korxona  ishchilari  o‘rtasida  MITK  tadbirlari  bo‘yicha  tushuntiruv 
ishlarini olib borish va ishchilardan kelgan yangi  takliflarni ko‘rib chiqish. 
 
5. va boshqalar. 
 
Korxonaning  meҳnat  tashkilligini  ҳolati,  yangi  tabdirlarni  ishlab  chiqish 
uchun  mahlumotlarni,  tadbirlarni  ishlab  chiqish  uchun  mahlumotlarni  olib 
borilishini, tadbirlarni olib  borilishini nazorati uchun  tadqiqotchilar guruҳi tashkil 
etiladi. 
Korxonada  MITK  bo‘yicha  jami  ishlarni  /maishiy  xizmat  ko‘rsatish 
sistemasidagi  korxonalarida/  direktor  boshqaradi.  Bunda  bosh  muxandis  MITK 
xizmatini tarkibi bo‘linmalarini boshlig‘i ҳisoblanadi. 
2. MITK rejasini ishlab chiqish tartibi. 
Korxonani  rejasi  jamlovchi  reja  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga:  tsexlar,  uchastkalar, 
ishchi joylarning MITK rejalarini oladi. 
Korxona  MITK  rejasini  ishlab  chiqishda  shuni  yodda  saqlash  kerakki, 
meҳnat  tashkilni  tobora  yaxshilash  bu  rejadagidan  tobora  ko‘p  tadqiqiy  (ijodiy) 
faoliyatni  talab  etadi.  SHuning  uchun  ҳam  bo‘lsa  kerak,  MITK  tadbirlarinig 
samarasi  /yuqori  samarasi/  aloxida  uchastka,  ish  joyini  xususiyatlarini  va 
tadbirlarini    xisobga  oluvchi  faktorlarni  o‘z  aksini  ifoda  etgan  joyda  namoyon 
bo‘ladi. 
MITK  rejasini  ishlab  chiqarishdan  oldin,  yahni  meҳnatni  tashkil  etilishini 
takomillashtirish uchun, avvalo amaldagi bilan meҳnat tashkilini chuqur o‘rganilib, 
uning  darajasini  korxonani  eng  quyi  katlamida  to  umumkorxona  bo‘yicha  aniq 
belgilash  lozim.  Bu  o‘z  navbatida  korxona  bo‘yicha  zaif  joylarni  MITK 
tadbirlarining asosiy yo‘nalishini  belgilashga va MITK tadbirlari uchun ajratilgan 
mablag‘larni samarali ishlatilishiga yordam beradi. 
SHunday  qilib,  MITK  tadbirlarining  rejasini  samaradorliginig  va  uning 
amalga oshirilishi /unumli/ meҳnatni tashkil etishning takomillashtirilishi bo‘yicha 
umumiy  maqsadini  to‘g‘ri  ifodalashdan  iborat  bo‘ladi:  yahni,  bu  quyidagi  uch 
bosqichdan iborat: 
1. Amaldagi meҳnat tashkilini o‘rganish va tahlil etish. 
2. MITK rejasini tuzishda bulajak tadbirlarni ishlab chiqish. 
3. MITK tadbirlarini qo‘llash. 
Birinchi bosqich maqsadi – meҳnatni  tashkil etilishini takomillashtirilishini 
asosiy  yo‘nalishini,  uning  obhektlarini  va  amalga  oshirish  tartibini  belgilashdan 
iborat. 
Obhekt  bo‘yicha  MITKning  asosiy  yo‘nalishini  ishlab  chiqarishni 
texnologik  jarayonini,  uning  shart-sharoitini,  talaba  va  kelajaklarini  moҳiyatini 
yaxshi tushunib yetgan ishchilar belgilab berishlari mumkin. SHunga ko‘ra ҳam bu 
masala  MITK  savolida  berilgan  mahlumotlar  va  ishlab  chiqarish  natijalarini 
sintetik  tahlili  asosida  kdrib  chiqiladi.  Korxona  umumiy  ko‘rsatkichlariga  salbiy 
tahsir  etuvchi  aloҳida  birliklarda  birinchi  navbatda  MITK  tadbirlarini  joriy  etish 
ayniqsa  maqsadga  muvofiqdir.  Birdan  birliklar  korxona  bo‘yicha  aloҳida-aloҳida 


 
126
 
texnik-iqtisodiy  tahlildan  o‘tkazilib  ilg‘or  keluvchi  boshqa  tsex,  uchastkalarga 
nisbatan taqqoslash natijasida vujudga keladi /aniqlanadi/. 
Tadbir  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan  birlamchi  obhekt  va  uning  asosiy 
yo‘nalishi  aniqlanganidan  so‘ng  quyidagi  ketma-ketlikda  keyingi  ishlar  amalga 
oshiriladi. 
1.  Tadqiqotning ishchi dasturini xulosalash. 
2.  Tanlab  olingan  obhektlar  bo‘yicha  amaldagi  meҳnat  tashkilini  o‘rganish 
va tahlil etish. 
3.  Olib borilgan tadqiqotni xulosalash. 
4.  Belgilangan  obhektlarda  meҳnat  tashkilini  yaxshilash  bo‘yicha  chora-
tadbirlarni ishlab chiqish. 
Tanlangan  obhektni  ҳarakteri  va  meҳnatni  tashkilini  takomillashtirish 
yo‘nalishini  inobatga  olingan  ҳolda  MITK  xizmatining  ijodiy  guruҳlari  turli  xil 
mutaxassislardan  tashkil  etilishi  mumkin.  Ayrim  ҳollarda  bunday  guruҳlarga 
tashqaridan  quyidagi  mutaxassislar  jalb  etilishi  mumkin:  psixologlar,  vrachlar, 
fiziologlar, rassomlar, dizaynerlar va boshqalar. 
MITK rejasini ishlab chiqish ikkinchi bosqich masalasidir. Qaysiki quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi. 
1.  Tadbirlar ishlab chiqish. 
2.  Ҳar bir tadbir bo‘yicha uning samaradorligi xisoblanadi. 
3.  Tadbirlar  yo‘nalishi,  vaqti  /bajarilishi/,  amalga  oshirilishi  joyiga  qarab 
guruҳlanadi. 
4.  MITK rejalari tuziladi. 
5.  Ishlab chiqilgan MITK rejali muxokama va tasdiq qo‘yiladi. 
Yuqori  qo‘shimcha  qilib  shuni  aytib  o‘tish  lozimki,  MITK  tadbirlarini 
rejasini  ishlab  chiqishda  MITK  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  bo‘yicha  tashkilotlarni 
normativ  va  tavsiyanoma  xujjatlarini  qo‘llash,  korxonada  iqtisodiy  resurslarni 
tejash bilan birga tadbirlarning yuqori samaradorligi tahminlanadi 
Uchinchi  bosqich  –  MITK  tadbirlarini  joylarda  joriy  etish  bu  butun 
bajarilgan  ishlarning  ichida  eng  og‘iri  va  masҳuliyatlisi  bo‘lib  ҳisoblanadi. 
CHunki,  loyiҳalashtirilgan  MITK  rejasini  muvoffaqiyati,  uning  bajarilishi 
muddatlarini  aniqligi,  amalga  oshiruvchi  personalning  tadbirga  muvofiqligi, 
tadbirning  aloҳida-aloҳida  ishlarining  bosqichma-bosqich  yoki  parallel  ravishda 
bajarilishi shart-sharoitlariga bog‘liqdir. SHunga muvofiq ҳam 3-bosqich quyidagi 
guruҳlarga bo‘linadi: 
1. Yangi tadbirlarning tushuntirish xaritasi, qo‘llanish grafigi va uning yangi 
xususiyatlarini tushuntiruvchi xujjatlar tuziladi. 
2. Tadbirning ijro etuvchilariga vazifalarini aniq va ravshan yoritish. 
3. MITK tadbirini amalga oshirish. 
4. MITK tadbirini nazoratini olib borish. 
5. Yangi tadbirni qo‘llanishdan olingan meҳnat samaradorligini ҳisobi. 
6.  Qilingan jami ishlar bo‘yicha ҳisobot tuzish. 
Yuqori  bayon  etilgan  jami  ishlarni  yahni  MITK  tadbirlarini  rejasini  ishlab 
chiqishda tarmoqli reja uslublarini qo‘llan, ayniqsa maqsadga muvofiqdir. SHunga 
ko‘ra qo‘llanilayotgan tadbirda «jamlovchi reja» forma 1 keng qo‘llaniladi. 


 
127
 
MITK  tadbirlarini  ish  joyiga  qo‘llash  tadbirining  to‘la-to‘kis  joriy 
etilganidan  dalolat  bermaydi.  Vaqt  mobaynida  ҳar  bir  ishchini,  injenerni  xodimni 
yangi  texnik  qo‘lamiga,  yangi  ochilgan  imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  siru-
asrorlarini ommaviy tarzda o‘qituv-tanishtiruv ishlarini olib borish kerak. 
 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish