O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi fаrg’оnа pоlitехnikа instituti


 Korxonadagi marketing xizmatining mazmuni



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/102
Sana30.07.2021
Hajmi2,57 Mb.
#133208
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

4.  Korxonadagi marketing xizmatining mazmuni 
Marketing,  korxonaning  ishlab  chiqarshp  -  sotish  faoliyatining  boshqarish 
kontseptsiyasi  sifatida  boshqaruvning  ҳar  qanday  turiga  xos  bir  qator  vazifalarga 
ega  -  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  xisobga  olish,  muvofiqlashtirish.  SHuning  bilan 
bir  vaqtda  bu  asosiy  vazifalar  marketing  faoliyati  uchun  xos  bo‘lganlari  bilan 
aniqlashtirilishi va to‘ldirilishi mumkin. Bu vazifalar o‘z ichiga kuyidagilarni oladi: 
1.Bozorni kompleks tadqiq qilish. 
2.Korxona imkoniyatlarini taxlil qilish. 
3.  O‘z    ichiga    narxiy    siyosatni    amalga    oshirish    va    sotish 
(distribg‘yutsion) siyosatni o‘tkaza oluvchi marketing dasturini tuzish. 
4.Marketing xizmatlari tuzilmalarini shakllantirish. 
5.Marketing faoliyatini nazorat qilish va uning samaradorligini baҳolash. 
Marketingning  ҳozirgi  zamon  kontseptsiyasida  bozorni  o‘rganshpga  aloxida 
aҳamiyat  beriladi,  shuning  uchun  tadqiqot  korxona  tomonidan  ishlab 
chiqarilayotgan  bozordagi  chiqishlarning  strategiyasi  va  taktikasining  asosi  bo‘lib 


 
130
 
ҳizmat  qiladi,  maqsad  sari  yo‘naltirilgan  tovar  siyosatini  o‘tkazishga 
ko‘maklashadi. 
Bozorni  tadqiq  qilishning  asosiy  maqsadi  vaziyatni  (bozor  ҳolatini)  baҳolash 
va  bozorning  rivojlanish  bashoratini  ishlab  chiqishdan  iborat  bo‘ladi.  Bunday 
kompleks  o‘rganishning  dasturi  tovarning  xususiyatlari,  korxona  faoliyatining 
xarakteri, eksport tovarlari ishlab chiqarish qo‘lamlari va bir qator boshqa omillarga 
bog‘liq. 
Bozorning  ҳar  qanday  tadqiqoti  maqsadga  yo‘naltirilgan  (korxona  qanday 
tovar  bilan  savdo  qilmoqchi)  bo‘lshpi  kerakligi  uchun  taxlilni  ana  shu  tovardan 
boshlash kerak. 
Tovarni o‘rganish quyidagi masalalarni ҳal qilishni ko‘zda tutadi: 
1)  raqib tovarlariga nisbatan yangiligi va raqobat bardoshliga; 
2)  maҳalliy qonunchilik talablariga bozorda mavjud bo‘lgan qoidalar va 
odatlarning mos kelishi; 
3) bo‘lajak istehmolchilarning ҳozirgi va kelajakdagi extiyojlarini qondirishga 
qodirligi;  
4) xaridorlar talablariga muvofiq tovarni zamonaviylashtirish zarurliga. 
Marketing  faoliyatini  tashkil  qilishda  korxona  tovarining  bo‘lajak 
xaridorlarini  o‘rganish  muxim  aҳamiyatga  ega.  Bu  ish  ancha  murakkab  va 
katta axborot resurslarini talab qiladi. 
Xaridorlarni o‘rganish o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlar tadqiqotini oladi: 
1) 
 eҳtimol bo‘lgan xaridorlarni aniqlash; 
2) 
 xaridorlarni ushbu turdagi tovarni xarid qilishga undovchi 
sabablarni aniklash; 
3)     xaridorlik takliflarni shakllantiruvchi va ularning bozor 
ҳuqukdariga tahsir etuvchi omillar; 
4)  belgilangan alomatlar bo‘yicha segmentlarga ajratish va ҳar bir 
shunday segmentning mikdoriy tarkibini baҳolash; 
5)  ushbu segment xaridorlari tomonidan xarid qilishning tartiblari; 
6)  ushbu turdagi tovarlar  (bizning va raqiblarning) tomonidan 
qanoatlantirilmagan eҳgiyojlar; 
7)  ITRning faol va bo‘lajak xaridorlar extiyojlarining rivojlanishiga 
tahsiri. 
Tovar  raqobat  qobiliyatini  anikdashda  raqiblarni  o‘rganish  muxim 
aҳamiyatga ega. Tadqiqot jarayonida quyidagi yo‘nalishlar o‘rganiladi: 
1. 
Bozorda eng katta ulushga ega bo‘lgan va ushbu bozorda o‘z 
faoliyatini eng tez rivojlantirayotgan asosiy raqiblar aniqlanadi. 
2. 
Raqiblar tovarlarining savdo markalari (belgilari). 
3. 
Raqiblar tovarlarining xaridorlar afzal ko‘radigan xususiyatlari. 
4.      Raqiblar tovarlari idishlarining turlari va tahriflari. 
5. 
Sotshp faoliyatining shakllari va uslublari, TSHO‘R. 
6. 
Tovar ҳarakati va sotishda foydalaniladigan kanallar. 
7. 
IggKI asosiy yo‘nalshplari, xarajatlar ҳajmi, mashҳur olimlarning 
firma shtatida ishtiroki. 
8. 
Foyda va zararlar ҳaqida rasmiy mahlumotlar. 


 
131
 
9. 
Raqib firmalar, assotsiatsiyalar, ularining korxonalarida 
ishlovchilarning soni. 
10.      Raqiblar firmalari, assotsiatsiyalari, korxonalarini rivojlanishining 
asosiy yo‘nalshplarini anikdash. 
Bozor  rivojlanishini  bashorat  qilish  tovarlar  istehmol  xususiyatlarini 
kutilgan  tarkibiy  o‘zgarishlarini  aniqlash,  xaridorlarni  yangi  eҳtiyojlarni 
shakllantirish bilan bog‘liq.  
Bashorat  qilish  taxmin  qilish  xarakteriga  ega  bo‘lsa  ҳam,  ammo  shu 
tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining xorijiy bozorlardagi strategik 
liniyasini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, yangi zvarlarni  ishlab chiqarish  va  ularni 
bozorlarga  kiritishda  ҳammadan  am  zarurroqdir.  Keyingi  yillar  tajribasi 
ko‘rsatadiki,  respublikada  unday  ishlarning  yo‘qligi  katta  yo‘qotishlarga  olib 
keladi. 
Bozor  tadqiqoti  birdan  bir  maqsad  bo‘lmay,  balki  samarali  oshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun axborotlar manbaidir. 
Bu qaror ҳar qanday tashqi iqtisodiy va marketing faoliyatlari uqtai nazarlariga 
tegishli  bo‘lishi  mumkin,  shuning  o‘chun  ko‘pgana  yirik  kapitalistik 
korporatsiyalar  bunday  tadqiqotlarni  o‘tkazish  uchun  atta  mablag‘larni 
sarflaydilar. 
Xorijiy  tajribani  o‘rganish  ko‘rsatadiki,  eng  qimmat  bozor  zdqiqotlari  500 
ming dollarni tashkil qiladi, noto‘g‘ri qaror tufayli yelib chiqqan yo‘qotishlar odatda 
10-100 marta katta. 
Masalan,  "Ford"ning  "Edsi"  avtomobili  ishlab  chiqarish  bilan  og‘liq 
muvaffaqiyatsizligi  250  mln.  dollarga  tushgan,  "Reydio  korporeyshn  of 
Amerika"ning yangi EҲM bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizligi 30 mln. dollarga teng 
bo‘ldi,  tovushdan  tez  "Konkord"  samolyotini  ishlab  chiqarish  zarari  3000  mln. 
dollarni tashkil qildi (xisob bo‘yicha 100 ta samolyot o‘rniga, faqat 16 ta samolyot 
sotilgan).
 
Bunday  ishni  o‘tkazishda  kerakli  axborotlarni  yig‘ish  aloxida  qiyinchilik 
tug‘diradi. Ularga quyidagilar kiradi: 
1. 
Takror ishlab chiqarish davri pallasiga kiradigan yetakchi jaҳon iqtisodiyoti. 
2. 
Biz tomonimizdan taklif qilingan tovarni istehmol qiluvchi 
armokdagi mablag‘lar kiritishning faolligi. 
3. 
Ushbu tovarni istehmol qiluvchi tarmoqlardagi ilmiy-texnik taraqqiyot. 
4. 
Xaridorlarning yangi extiyojlarini shakllantirish va rivojantirish, bu 
extiyojni qanoatlantirishning mo‘ljallangan yo‘llari va vositalari. 
Bozorni  bashorat  qilish  uchun  turli  usullardan  matematik,  statistika,  eksport 
baҳolari va boshqalardan foydalanish mumkin. 
Tahkidlash  kerakki,  bozorni  bashorat  qilish  g‘oyatda  mahsuliyatli,  uni 
axborotlarni  olish  va  ishlab  chiqshpda  yetarlicha  tajriba  va  ko‘nikmaga  ega 
bo‘lgan faqat yuqori malakali mutaxassislarga topshirish zarur. 
Bozorning  kompleks  taҳlili  qoidaga  ko‘ra,  kerakli  qo‘shimchalar  va  tasviriy 
materiallarga ega ҳisobotni namoyon qiladi, u o‘z ichiga ushbu bozorda rioya qilish 
kerak  bo‘lgan  ҳuquqiy  mehyorlarni  oladi.  Imkoniyatlarni  taҳlil  qilish  marketing 
tadqiqotlarining  muҳim  turi  ҳisoblanadi.  U  o‘z  ichiga  ishlab  chiqarish  moliyaviy 


 
132
 
resurslarini kompleks o‘rganishni oladi. Bu shu bilan bog‘liqki korxona faqat bozor 
eҳtiyojini  aniqlab,  bozorning  aniq  segmentini  samarali  tanlab  ololmaydi. 
Ommaviylashtirilgan  marketing  ishi  uchun  bozor  talablari  va  so‘rovlar  bilan 
shaxsiy  imkoniyatlar  va  korxonaning  istiqboldagi  rivojlanishlari  nisbatlarini 
aniqlash zarur. 
Marketing dasturini ishlab chiqish ancha murakkab masala. 
Marketing dasturlari belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 
aniq tadbirlarni namoyon qiladi. Ҳozirgi vaqtda ular stixiyali bozor munosabatlari 
sharoitlarida  ishlashning  xavf-xatarlari  darajasini  pasaytiruvchi,  qulaylik  va 
korxona  rivojlanishining  barqarorligani  yaratuvchi  va  shplab  chiqarilgan 
maҳsulotni sotishning kafolatlanganligani tahminlovchi, rejali boshqarishning yangi 
uslublarini  shakllantirish  nuqtai  nazaridan  tadbirkorlarni  ko‘proq  darajada  jalb 
qiladi. 
Marketing  siyosati  firmaning  raqobat  mavqeini  oshirishga  yo‘naltirilgan 
bozorga  markeging  tadbirlari  tahsirini  aniq  amalga  oshirish  yo‘li bilan bajariladi. 
U  o‘z  ichiga  quyidagi  vazifalarni  oladida:  tovar,  narx-navo,  sotish,  sotishni 
rag‘batlantirish va reklama. 
Tovar  siyosatini  amalga  oshirish  yangi  turdagi  maҳsulotlar  va  navlarni 
ishlab chiqishni ko‘zda tutadi va ҳammadan avval quyidagi maqsadni ko‘zlaydi: 
tovarning sifat ҳususiyatlarini bozorning tanlab olingan segmentidagi xaridorlarni 
aniq talablari darajasiga yetkazish va samarali sotishni tahminlash. 
Narx-navo siyosatini amalga oshirish korxonaning bozordagi xulqining narx-
navo strategiyasini aniqlashni nazarda tutadi. 
Narx-navo  siyosati  tovar  raqobat  qobiliyatini  tashkil  qiluvchi  narx-navoni 
savdoni  olib  borishning  bozor  sharoitlari,  bozorning  iqtisodiy  ҳolati  va  boshqa 
omillarga  muvofiq  o‘zgartirish  imkoniyatini  beradi.  Qoidaga  ko‘ra,  narx-navo 
siyosati o‘z ichiga bozordagi ҳar xil turdagi narx-navo xulqining uyg‘unligini oladi: 
chegarmalar  va  narx-navo  imtiyozlari,  jadallashtirilgan  narxlar,  nufuzli  narxlar 
siyosatlari va boshqalar. 
Narx-navo  siyosati  yana  o‘z  ichiga  yaqinlashtirilgan  mikdoriy  ko‘rinishdagi 
narxlar darajasini aniqlash uslubiyoti, va ҳamda narxlarni kalg‘kulyatsiya qilish va 
qayd etish usullarini ҳam oladi. 
Sotish  faoliyatini  amalga  oshirish  korxona  tovarlarini  sotish  kanallarini 
bevosita  yoki  bilvosita  usulda  rejalashtirish  va  shakllan-tirishni  ko‘zda  tutadi. 
Bevosita  to‘g‘ri  usul  filiallar,  sotish  omborlari,  namoyish    qilish    zallari,  
to‘g‘ridan-to‘g‘ri    korxonaning  o‘zts  tomonidan  tashkil  qilingan  texnik  xizmat 
ko‘rsatish  xizmatlarini  tashkil  qilishni  ko‘zda  tutadi.  Bevosita  usul  mustaqil 
vositachilar orqali so-tishni bildiradi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  ҳududidagi  QK  orqali  olib  borilayotgan  savdoni 
kombinatsiyalashtirilgan usulga kiritish mumkin. 
Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish yoki TTTTO‘r bozorda tovarni 
ҳarakat  qilishiga  yo‘naltirilgan  tadbirlar  majmuasini  rejalashtirish  va  amalga 
oshirishdan  iborat.  TSHO‘R  imtiyozli  "pablisiti",  "pablik  rileyshnz" 
reklamalarini,  shaxsiy  yoki  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  sotishni  rag‘batlantirishni  ko‘zda 
tutadi. 


 
133
 
Marketing  faoliyatini  tashkil  qilish  korxona  ishlab  chiqarish-sotish va ilmiy-
texnik  faoliyatini  boshqarish  tizimida  maxsus  tashki-liy  bo‘linmalarni  yaratishni 
ko‘zda  tutadi.  Marketing  xizmatlari  tarkibiga  epchil  vaqtincha  ishchi  guruxdarni 
kiritish maqsadga muvofiq, ular marketing ҳarakatlarini eng muҳim yo‘nalishlarda 
jamlashga  va  marketing  makro  -  va  mikro-  muҳitining  o‘zgarishlariga  epchillik 
bilan javob berishga imkon beradi. 
Marketing  foliyatining  nazorati  marketing  dasturlarini  amalga  oshirish 
jarayonlarida,  yahni  butun  marketing  xarajatlarini  foydaliligining  nazorati  va 
samaradorliganing  taҳlili,  marketingaing  strategik  nazorati  va  taftishi  vositasida 
korxona rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilishi ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Marketing faoliyatining samaradorligi marketing tadbirlarini eҳtimoli bo‘lgan 
samaradorligani oldindan baҳolash maqsadida rejalashtirish bosqichida va qilingan 
ishning  ҳaqiqiy  yakuniy  sifatida  marketing  tadbirlarini  o‘tkazishni  amalga 
oshirishtsi yakunlash bosqichma bosqich baҳolanadi. 
SHunday  qilib,  korxonada  marketing  faoliyatini  tashkll  qilish  ancha 
murakkab  ish  bo‘lib,  va  katta  resurslar  xarajatini  va  malakali  xodimlarni  jalb 
qilishni talab qiladi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish