O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim


Neoklassik mikroiqtisodiy tahlil



Download 309,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana01.07.2022
Hajmi309,29 Kb.
#722626
1   2   3   4   5
Bog'liq
itt botir domla

Neoklassik mikroiqtisodiy tahlil.
Iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom 
ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashqur vakillari 
A. Marshall (Buyuk Britaniya), L. Valras (Shveysariya), J. Klark 
(AKD1),
K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P. Samuelson, K. 
Errou (AKD1) va boshqa Hozir jaqondagi iqtisodchilarning 
aksari-yat qismi Neoklassik iktisodiy nazariya n. tarafdorlaridir. 
Mazkur nazariya marjinalistik ta-moyillar asosida shakllanib, 20-
asr dan Neoklassik iktisodiy nazariya n. deb nomlandi.
Neoklassik iktisodiy nazariya n.da raqobatli bozorda tovarlar, 
xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini 
oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — 
meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, 
meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik 
iktisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor narxi ularning 
kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy nazariya n. 
nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining 
iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi 
oʻrinni egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.ning asosiy 
goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi 
degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot 
tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. D. 
Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab 
boʻlgan 
daromadlarni 
taqsimlash 
nazariyasi 
masalasida 
neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har 
qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy


unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi 
ishlab 
chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah- 
sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iktisodiy nazariya n. har 
qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil 
qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta 
neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini 
koʻrsatib beradi.
A. Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" 
asarida "siyosiy iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va 
"economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga 
kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea 
edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt 
ham samarali boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" 
kursi Kembrij universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish 
tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash 
kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya 
n.larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, 
Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) 
maktabi, 
Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik 
sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi. "Neoklassik sintez" bu 
aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni 
ilk 
neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir.
Hozirgi davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Neoklassik 
iktisodiy nazariya n. iktisodiyot fanining amalda barcha 
muammolariga nisbatan qoʻllaniladi.
Alfred Marshall (1842-1924) neoklassik mikro nazariyaning 
otasi unvoniga ikki da‘vogarlardan biri hisoblanadi (yana bittasi 
Leon Valras). Alfred Marshall A. Smit, D. Rikardo va 
J.S.Millning ijodi asosida bugungi kunda ham joriy qilingan 
iqtisodiy nazariya hamda iqtisodiy siyosatning tarkibiy asosi 
sifatida 
xizmat 
qiladigan 
tahliliy 
tushunchalar 
tizimini 
rivojlantirdi. 
Uning 
fikrlarini 
batafsil 
o’rganish 
mikroiqtisodiyotdagi xususiy muvozanat nazariyasini to’laroq 
tushunishga imkon beradi. Bu bobda keltirilgan nazariyalarni 


buyuk mutafakkirning asarlariga kichkina kirish qismi sifatida 
qarash lozim. 
Alfred Marshall (1842-1924) 
Marshall iqtisodiyotga matematika bo’yicha bakalavriat ta‘limi 
va hayot sifatini yaxshilash haqida kuchli gumanitar fikrlar bilan 
kirib keldi. Uning oilaviy muhiti Angliya cherkovida diniy 
ordinaturaga kirishga chorladi, ammo Kembridjdagi ta‘lim 
jarayoni uning matematika sohasida kuchli bilimga egaligi va 
tug’ma qobiliyati borligini ko’rsatdi. Shunung uchun u 
Kembridjda matematikadan dars berishga qoldirildi. Tez orada 
metafizika, etika va iqtisodiyotdan ma‘ruza o’qishga jalb qilindi. 
1860-yillarning so’ngigacha iqtisodiyotga bo’lgan qiziqishini 
rivojlantirib bordi va ruhoniy bo’lishdan ko’ra olim-o’qituvchi 
bo’lishni afzal ko’rdi. U Kembridjda iqtisodiyotni o’qitishni 
boshladi va ikki matematik iqtisodchi – Kournon va von Thunen 
asarlari ta‘siri ostida Rikardo hamda J.S.Millning iqtisodiyotini 
matematikaga tarjima qilishni boshladi. 
Marshall iqtisodiyotni o’qishni tarixan qulay vaqtda boshladi. 
Biz oldinroq klassik nazariya asoslarining bo’linganligi haqida 
ta‘kidlab o’tdik. Maltusning ―Nufus qonuni‖ aholi soni oshishi 
bilan real ish haqi tushib ketishini ko’rsatdi, ammo Angliya 
iqtisodiy tarixi bunga qarama- qarshi dalillarni ko’rsata 
boshladi. J.S.Mill ish haqi fondi nazariyasiga norozi bo’ldi va 
1869-yilgacha uni rad etdi. Karl Marks klassik nazariya 
asoslarini yangitdan tahlil qildi va revolyutsiyani boshladi. 
Germaniya tarixiy maktabi va Leslic va Bagehot kabi bir 
qancha ingliz yozuvchilari bir nechta klassik 
iqtisodiy 
nazariyaning fundamental asoslariga o’zgartirish kiritdilar. 1871-
yilda Jevons va Menger klassik nazariyaning faqat taklifga e‘tibor 
qaratishini qoraladi. Marshall 1867-yildan 1890- yilgacha talab 
va taklif tahlillari tamoyilini ehtiyotkorlik bilan rivojlantirdi. 
Jevons o’z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro’sini to’kishga 
va iqtisodiy nazariyada inqilobiy burilish yasashga shoshildi,
ammo Marshall 1890-yilda o’zining 
―Iqtisodiyot 
tamoyillari‖ 
kitobini 
o’z 
talabalari 
va 
hamkasblariga taqdim etdi. Ammo bu kitobini taqdim etishdan 
oldin u o’zining g’oyalarini 20 yildan ko’proq davr mobaynida 


o’z talabalariga va hamkasblariga tushuntirishga harakat qildi. 
Keynes aytganidek, 
―Jevons suv qaynatadigan metall 
choynakni ko’rdi va yosh bolaning xursand ovozi bilan 
chinqirdi, Marshall ham bu metall choynakni kordi va 
mexanizm qurish uchun jimgina ishga o’tirdi‖. Ya‘ni Marshall 
yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o’zi 
o’sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e‘tiqodi, keyinchalik 
tajribali gumanitarizmni aks ettirdi. Marshallning o’ylashicha, 
iqtisodiyotni o’qish, o’rganish bu butun boshli jamiyatning 
yaxshi darajada o’zgarishini ta‘minlashi mumkin ekan. Uning 
ilmiy izlanishi tarixan yo’naltirilgan iqtisodchilar hujumlari 
bilan tanishtirdi. Ya‘ni bu iqtisodchilar ―iqtisodiy nazariya bu 
hamma joyda va har vaqtda ishlatsa bo’ladigan mutlaq 
haqiqatlar vujudidir‖ degan tushunchaga norozilik bildirishgan. 
1885-yilda 
Kembridjda 
bo’lib 
o’tgan 
Marshallning 
professorlikka saylovidagi bergan dastlabki ma‘ruzasida u 
e‘tiborini mana bu tanqidga qaratgan: ―Yolg’iz universallikka 
da‘vo qila oladigan iqtisodiy ta‘limotning biror-bir qismida hech 
qanday aqida yo’q. Bu aniq haqiqatning vujudi emas, balki aniq 
haqiqatni kashf qilish uchun vosita‖. 
Marshall 
o’zining 
ilk 
matematikaga 
oid 
bo’lgan 
mashg’ulotlarini o’zining mexanizmini kelib chiqish tarixiga 
aralashtirib yuborishga 
harakat 
qildi, 
ya‘ni u vaqtlar 
o’zgarishiga moslashgan mexanizm qurmoqchi bo’lgan. Biroq 
1848-yildagi J.S.Millning ―qiymat nazariyasi to’liq bo’ldi‖ 
degan shoshqaloq xulosasidan xabardorligi sababli Marshall 
o’zining iqtisodiyot uchun qo’shgan hissasini eskirgan, deb 
o’yladi. U yana Jevonsning o’ziga xoslik va e‘tiqod tasdig’idan 
ham xabardor bo’lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish 
nazariyasining klassik 
bahosini qiymat talabga butunlay bog’liq, degan nazariyaga 
almashtirgan. Albatta, Marshall ham o’zining g’oyalari haqiqiy 
va uzoq muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 
1870-yilgacha o’z 
nazariyasining 
fundamental 
matematik 
tuzilishi ustida ish olib borishni boshlagan va keyinchalik taklif 
va talab analizlarini chizmalar bilan yaqqol ko’rsatishning 
asosiy uslublarini o’rganib chiqan. U 1890-yilgacha o’zining 


kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika 
va 
chizmalarni snoska, ya‘ni havola va ilova bilan birga ma‘lum 
qilgan. 
Marshall 
nazariyotchi, 
gumanitar, 
matematik 
va 
tarixchining g’alati aralashmasi. U o’zining davridagi uslubiy 
munozarani tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bir 
vaqtning o’zida narxlarni belgilaydigan va manbaning ajratilgan 
miqdoridagi kuchlarni tushuntirish uchun marjinalistlarning 
yangi uskunalar bilan eng zo’r klassik analizlarini nazorat 
qilgan. 
Marshall iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta 
hissa 
qo’shgan bo’lsa ham nazariy va uslubiy muammolarda uslubiy 
va ilmiy jihatdan jiddiy lavozimni olishni rad qilishi 
iqtisodchilarning keyingi avlodlari muvaffaqiyatga erishishiga 
sabab bo’ldi. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. www.meti.go.jp 
2. www.mof.go.jp – Мoliya vazirligi;
3. www.keidanren.or.jp –
4. http://www.doyukai.or.jp- Iqtisodiy hamfikrlar; 
5. http://www.rotobo.or.jp-Rossiya va Yevropa
6. http://www.japaneseculture.miningco.com- 
Iqtisodiytashkilotlar;
7. http://www.nomura.com- Qimmatli qog’ozlar. 

Download 309,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish