Geografik tarqalishi. Har ikkala o‘simlik ham 200—1000 m balandlikdagi o‘rmon va yo‘l yoqalarida, suv bo‘ylarida, o‘tloqlarda o‘sadi. Kavkaz belladonnasi Zakavkazeda, SHimoliy Kavkazda va Krasnodar o‘lkasida, dorivor belladonna esa Karpatda, o‘arbiy Ukrainada, Qrimning tog‘li, o‘rmonli tumanlarida va Moldova respublikalarida uchraydi. Hozir belladonnalar Krasnodar o‘lkasida, Qrimda va Poltava hamda Voronej viloyatlarida o‘stirilmoqda.
Mahsulotnnng tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o‘simlik bargidan, yer ustki qismidan va ildizidan iborat.
Belladonnaning bargi oddiy, ellipssimon va tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali, yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangli, kalta bandli, yupqa, tuksiz, mo‘rt, uzunligi 25 sm ga, eni 13 sm ga yetadi. Mahsulot hidsiz bo‘lib, achchiq-o‘tkir mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra bargining namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3%, qoraygan va ko‘ng‘ir rangga aylangan barglari 4%, belladonna poyasining yuqori qismi (guli yoki mevasi bilan birga) hamda ayrim meva yoki gullar aralashmasi 4%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 4% dan, qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan qismlar 8%, teshigining
diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan qismi 10% dan oshiq bo‘lmasligi lozim.
Barg namni tez tortib oladigan — gigroskopik bo‘lganligi sababli, uni quruq xonalarda va og‘zi yopiladigan idishlarda saqlash kerak.
O‘simlikning yer ustki qismi qirqilgan poya, barg va gullar aralashmasidan tashkil topgan. Poyasining ustki tomoni och yashil, ichi oqish, g‘ovak o‘zakli bo‘lib, uzunligi 4 sm, yo‘g‘onligi 1,5 sm ga teng.
YEr ustki qismining namligi 13%, barglar 45%, jumladan sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli va ikki tomoni qoraygan barglar 4%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq, alkaloidlar yig‘indisi (giotsiaminga hisoblaganda) 0,35% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ildizi qirqilmagan (silindrsimon) yoki uzunasiga qirqilgan, ustki tomoni och kulrang-qo‘ng‘ir, burishgan, ichki tomoni esa kulrang-sarg‘ish, oq- sarg‘ish rangli bo‘lib, uzunligi 20 sm ga, yo‘g‘onligi 0,6—2 sm ga teng. Ildizi hidsiz, achchiq, o‘tkir mazasi bor.
Ildizning namligi 13%, umumiy kuli 6%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2%, ichi qoraygan ildizlar 3%, asos qismi yog‘ochlangan ildizlar 3%, organik aralashmalar 0,5%, mineral aralashmalar 1%, uzunligi 1 sm dan kam bo‘lgan ildiz qismi 3% dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan qismlar 10%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan qism 10%, mineral aralashmalar 0,5% dan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |