Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning hamma qismida (ildizida 0,40— 1,30%), bargida 0,14—1,20%, poyasida 0,20—0,65%, gulida 0,24—0,60%, pishgan mevasida esa 0,70% gacha) alkaloidlar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra barg tarkibidagi alkaloidlar yig‘indisi 0,3% dan, ildizidagi (IX DF ga ko‘ra) alkaloidlar yig‘indisi 0,5% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Mahsulot tarkibida alkaloidlardan tashqari oz miqdorda uchuvchan asoslar: N-metilpirrolin, N-metilpirrolidin va piridin, ildizida yana
kusgigrin bo‘ladi. Atropin, giossiamin, skopolamin (giossin), apoatropin (atropamin) va belladonin belladonnaning asosiy alkaloidlaridir. Belladonna alkaloidlari tropan guruhiga kiradi, ular murakkab efir tipida tuzilgan. Tropan pirrolidin bilan pipiridinning azot orqali birlashishidan hosil bo‘lgan bisiklik birikma bo‘lib, uning spirti — tropanol (yoki tropin spirti) trop (a-fenil, b-oksipropion) kislota bilan birlashsa, murakkab efir — atropin (va chapga buruvchi izomeri giossiamin) alkaloidi hosil bo‘ladi. Tropanol spirti atrop kislota bilan birlashib, apoatropin (izomerii belladonin), oksitropanol-skopin spirti esa trop kislota bilan birlashib, skopolamin (izomerii giossin) alkaloidlari hosil kiladi.
Belladonna o‘simligining yer ustki qismida alkaloidlardan tashqari, davolash uchun ahamiyatsiz bo‘lgan metileskulin glikozidi ham bo‘ladi. Uning fluoressensiya berish xususiyati bor, shuning uchun belladonna o‘simligi bilan zaharlanganlikni aniqlashda sud tibbiyot (sud-meditsina) ekspertizasida katta ahamiyatga ega.
Bargdan tayyorlangan spirtli ajratmaga ammiak eritmasidan bir tomchi tomizilsa, eritmada glikozid metileskulin yoki uning aglikoni metileskuletin („xrizatrop kislota“) bo‘lgani uchun ko‘k fluoressensiya hosil bo‘ladi.
Ishlatilishi. Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda (ichak va siydik yo‘llari spazmida) antispazmatik hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, xoletsistit, o‘t pufagining tosh kasalligida, buyrak sanchig‘ida og‘riq qoldiruvchi dori sifatida, shuningdek, bronxial astma kasalligini davolashda hamda so‘lak va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, ko‘z kasalliklarida ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun ham qo‘llaniladi. Ildiz preparati Parkinson kasalligini davolash uchun beriladi.
Belladonna o‘simligining alkaloidlaridan tibbiyotda atropip va skopolamin ishlatiladi, giossiamin ko‘proq zaharli bo‘lgani uchun ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |