Alkaloidlar, Skopolamin gidrobromid. Kofеin, Efеdrin gidroxlorid,taxlili. Skopolamin gidrobromid olish texnologiyasi



Download 19,9 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2022
Hajmi19,9 Kb.
#382686
  1   2
Bog'liq
Alkaloidlar, Skopolamin gidrobromid. Kofеin, Efеdrin


Alkaloidlar, Skopolamin gidrobromid. Kofеin, Efеdrin

gidroxlorid,taxlili.

Skopolamin gidrobromid olish texnologiyasi

Skopolamin gidrobromid – rangsiz kristall yoki oq kristallik kukun suv va spirtda yaxshi eriydi, xloroformda esa yomon. Ter.-192- 1960 C Farmakalogik ta’siri bo’yicha atropinga yaqin bo’lib pereferik xolinoreaktiv tizimlarga ta’sir ko’rsatadi. Markaziy nerv faoliyatiga tinchlantiruvchi sifatida ta’sir ko’rsatib nafas olishni qiyinlashtiradi, xarakat faolligini kamaytiradi. Bu preparat psixiatriyada tinchlantiruvchi modda sifatida parkinsonizm kasalligini davolashda, xirurgiya amaliyotida analgetiklar bilan birgalikda ishlatiladi. Skopolaminning nordon tuzi aeron tabletka tarkibiga kiradi.

Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraktsiyalash. Skopolaminni olishda xom ashyo sifatida Meksika bangidevonasi-Datura innoxia Mill; ituzumdoshlar – Solanaseae oilasiga kiruvchi o’simligining urug’I olingan. Meksika bangidevonaning urug’I tegirmonda maydalanib (maydalanish darajasi 1-2 mm) izopropil spirti bilan xona xaroratida qarama-qarshi oqim buyicha asoslanib ishlaydigan diffuzor batareyalarda (12 tadan tashkil topgan) ekstraktsiyalanadi. Bosh diffuzorga xom ashyo solingandan keyin izopropil spirt quyiladi to ekstrakt qopqog’ining nazorat kranida paydo bo’lguncha. Bir soatli tindirishdan keyin ekstrakt to’yingan ekstraktlar o’lchagichga o’tkaziladi. Oxirgi diffuzorga esa izopropil spirti beriladi va 30 daqiqali tindirishdan keyin ikkinchi ekstrakt olinadi. Ishlatilgan xom ashyo diffuzordan bo’shatiladi. Xosil bo’lgan spirtli ekstrakt birinchi xajmga nisbatan 1/20 bo’lguncha vakuumda bug’latiladi. Kubli qoldiq keyingi jarayonga yuboriladi.

Sirka kislotali ajratmani olish. Kubli qoldiq reaktorga o’tkazilib suv qo’shiladi va 20% H2SO4 eritmasi bilan nordonlashtiriladi. Xosil bo’lgan aralashmaga DXE qo’shiladi 10 daqiqa aralashtiriladi va 15 daqiqa tindiriladi. Toza bo’lmagan DXE regeneratsiya uchun yig’gichga beriladi. Yog’sizlantirilgan sulfat kislotali suvli alkaloidlar eritmasi yig’gichdan reaktorga o’tkazilib 25% NH3 eritmasi rN 5,0-5,5 bo’lguncha neytrallanadi. DXE ni yo’qotish uchun xosil bo’lgan maxsulot 3 soat davomida xavoda puflanadi. So’ngra faollangan ko’mir eritmaga qo’shiladi 15-20 daqiqa aralashtirgandan keyin nutch – filtrida filtrlanadi.

Filtrat reaktorda yig’iladi va 25% li ammiak eritmasi bilan rN 8-9 bo’lguncha ishqorlanadi. Alkaloidlar ekstraktsiyasi DXE bilan olib boriladi. Xamma ekstraktlar yig’gichga yig’ilib reaktorga o’tkaziladi. Ekstraktga 15% li suvli sirka kislotaning eritmasi qo’shiladi. 30 daqiqa aralashtirib 20 daqiqa tindiriladi. Muxitning yuqorigi qismi nordon bo’lishi shart quyi qavati yig’gichga, nordon ajratmasi esa qurilmaga yuboriladi. Quyidagi ish 2-3 marta takrorlanadi. Nordon ajratmalar birlashtiriladi.

Skopolamin asosini olish. Nordon ajratma qozonga o’tkazilgandan keyin unga aralashtirib turgan xolda 25% li ammiak qo’shiladi, to rN 6-6,1 bo’lguncha, so’ngra eritmaga faollangan ko’mir qo’shilib 10-15 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin eritma nutch-filtrda filtrlanadi. Ko’mir esa suv bilan yuviladi. Filtrat apparatga quyilib 50S gacha sovutiladi va eritmada alkaloidlar yo’qolguncha etil efiri bilan ekstraktsiyalanadi. Efirli ajratmalar birlashtirilib unga suvsiz nordon kaliy qo’shilib 18 soat quritiladi. Keyin ekstrakt filtrlanadi va bug’latiladi, toki efir yo’qolguncha xosil bo’lgan qoldiqasosan skopolamin – asosidan tashkil topgan.

Texnik skopolamin – gidrobromidni olish. Kub qoldiqni saqlagan qurilmaga 980 S etil spirti quyiladi. Spirtli eritma -50C gacha sovutiladi va unga aralashtirib turgan xolda bromvodorodli kislota solinadi kuchsiz kislotali reaktsiya bo’lguncha, 65% bromvodorodli kislotadan va 980 C etil spirtidan spirtli bromvodorodli kislotali aralashmani tayyorlanadi. Xosil bo’lgan massani kristallar xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Skopolamin gidrobromid kristallari to’liq tushishi uchun 18 soatga shu xaroratda tinch qoldiriladi. Eritmadan ajralib chiqqan skopolamin-gidrobromid cho’kmasi nutch-filtrdan o’tkazib uning ustiga sovutilgan 980 S etil spirti qo’shiladi. Xosil bo’lgan maxsulotni 18 soat davomida xavoda quritiladi.

Skopolamin-gidrobromid fabrikatini olish. Yassi tubli kolbaga olinib texnik skopolamin gidrobromid solinadi unga 1:3 nisbatda 980 C etanol qo’shiladi va maxsulot to’liq eriguncha teskari muzlatgichli kolbaga o’rnatilib suv xammomida qizdiriladi. Aralashmaga faollangan ko’mir qo’shiladi va eritma 10 daqiqa. Davomida qizdiriladi. So’ngra Byuxner voronkasida filtrlanadi. Oxirgi maxsulotni kristallash uchun filtrat kolbaga o’tkazilib muz xammomida 2-3 soatga qoldiriladi. Cho’kkan cho’kma shisha filtrdan o’tkaziladi va etil efiri bilan yuviladi, xosil bo’lgan skopolamin gidrobromid xavoda quritiladi. Skopolamin gidrobromidning umumiy chiqishi skopolamin-asosiga nisbatan xisoblanganda 19,13 % ni tashkil qiladi.




Download 19,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish