JAG‘ SUYAKLARI SINGANDA SUYAK BO‘LAKLARINING
SILJISH MEXANIZMI
Predmetning yo'nalishi, og‘irlik kuchi va qaysi guruh mu-
shaklariga mexanik kuch bilan ta'sir etishiga qarab jarohatlan-
gan suyak boiaklari turli xil darajada siljiydi.
1. Suyak mental yoki
iyak sohasidan singanda, ikkita har xil
uzunlikdagi suyak bo iag i hosil b o iad i. U lar vertikal (tik) o ‘q
b o ‘ylab siljiydi, ya’ni uzun b o ia g i ikki boshli jag‘-til osti
mushaklari qisqarishi natijasida pastga va sog‘, qanotsimon mushak
qisqarishi hisobiga esa singan tomonga siljiydi. Singan suyakning
qisqa boiagi markaz mushaklaridan uzilib qolib, xususiy chaynov
mushaklari qisqarishi evaziga yuqori va ichkariga tortiladi.
2. Suyak angulyar yoki pastki jag‘ burchagi sohasida sinsa, suyak
boiaklari aytarli darajada siljimaydi. Chunki,
chaynov va ichki
qanotsimon mushaklar keng tutamlari bilan ushlab turiladi. Agar siniq
chizigi bu mushaklar birikkan joyda oldindan yoki orqadan o‘tsa yoki
mushak uzilgan boisa, suyak boiaklari vertikal o‘q bo‘ylab siljiydi.
Uning kalta boiagi yuqoriga, uzun boiagi esa pastga siljiydi.
3. Bo‘g‘im o ‘simtasi bo ‘yin qismidan bir tom onlam a sinsa,
jag‘ burchagi chakka mushagi qisqarishi hisobiga singan tomonga
gorizontal o ‘q bo‘ylab siljiydi. Singan suyakning kichik b o‘lagi
chekka qanotsimon mushak tortishishi evaziga oldinga va ichkariga
siljiydi. Agar shu joy ikki tom onlam a sinsa, jag‘ yoyining orqa
qismi chakka va chaynov mushaklari qisqarishi hisobiga yuqoriga
ko‘tariladi. Jag‘ning iyak qismi esa jag‘ni pastga tushiruvchi (yor-
damchi) muskullar qisqarishi hisobiga pastga tushadi. Bu “Ochil-
gan og‘iz” simptomi deb ataladi.
4. Pastki jag‘ toj o'simtasining qismi sinsa, faqat o ‘simta bolagi
chakka mushagi tortishishi evaziga yuqoriga siljiydi, boshqa siljishlar
esa kuzatilmaydi.
5. Qoziq tishlar sohasida ikki
tom onlam a sinish kuzitilsa,
suyakning o ‘rta singan bo ‘lagi pastga, orqaga — til osti va til
ildiziga qarab siljiydi. Bu hayot uchun xavf tug‘diradi. Chunki til
orqaga ketib, asfiksiya - bo‘g‘ilish yuz berishi mumkin.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.
Pastki jag‘ning o ‘rta qismi (tanasi) sinsa, bir xil suyak
bo'lagi hosil bo'ladi. Bunda har ikkala tom onda mushaklar teng
kuchga ega bo‘lgani uchun singan suyak bo'lagi siljimaydi. Faqat
tishlar orasi ochilib turishi mumkin.
Yuqori jag‘ suyagi kallaning boshqa suyaklari bilan mustahkam
birikkanligi tufayli harakatsizdir. Shuning uchun bu suyak boshqa
suyaklar bilan birga sinadi. Yuqori jag‘ suyagining mustahkam va
mustahkam boim agan qismlari tafovut qilinadi va siniq chiziqlari
ko'pincha ana shu mustahkam boim agan qismlari bo‘ylab o ‘tadi.
1. Yuqori jag ‘ suyagi tanasidan o 'sim talar ajralgan
ham da
uning boshqa suyaklar bilan birikkan joylaridagi sinishlar ko‘p
uchraydi. Shuning uchun siniq c h iz ig i gorizontal (G aym or
b o ‘shlig‘idan biroz yuqori) yotib, jag ‘ning oxirgi tish qism i-
da tugaydi (Le For I sinishi).
2. Le For II ataluvchi sinish ch izigi burun ildizi orqali
ko‘ndalang yo‘nalib, ko‘z kosasining ichki yuzasi bo‘ylab ko‘z
yorigining pastki orqa qismigacha davom etadi. So‘ng oldinga
yo'nalib, ko‘z kosasi pastki qirrasini kesib o‘tib, vertikal holda
chakka-yonoq suyaklari birikish chizigi (choklari) bo‘ylab past-
ga tushib, tish o ‘simtasining orqa
yuzasidan ponasimon suyak-
ning qanotsimon o ‘simtasiga yetib boradi. Shu bilan birga yuqori
jag‘ burun suyaklari bilan birga kalla qopqogidan ajraladi. Bu si-
nish — o ‘rta sinish deb ataladi.
3. Le For III yoki yuqori sinish chizigi. Bunda siniq chizigi
awaliga o ‘rta siniq chizigiga (Le For II) to‘g‘ri keladi. So'ngra ko‘z
kosasi bo'ylab o ‘tib, peshona-yonoq choklari bo‘ylab davom etadi.
Shu yerdan jag‘ do‘mbog‘i va ponasimon suyakning qanotsimon
o‘simtasiga borib tugaydi. Bir vaqtda yonoq suyagi ham qo‘shilib
sinadi. Natijada yuqori jag‘, burun suyaklari, yonoq va ponasimon
suyakning qanotsimon o‘simtasi biiga kalla asosidan ajralishi mumkin.
Ya'ni bunda kalla asosi shikastlanadi.
B a'zan yuqori jag‘ suyagi o ‘rtasidan sinishi vajag1 ikki (chap
va o ‘ng) bo'lakka ajralishi mumkin. Bunda miya chayqalishi, miya
va pardalari yallig'lanishi, ko‘z kosasiga qon quyilishi (ko‘zoynak
sim ptom i), quloq va bum ndan qon ketishlar kuzatiladi. Yuqori
jag‘ suyagi singanida(ayniqsaLe F o r II,
Le For III tipidagi
sinishlarda) suyaklar pastga tushadi ya'ni “Yuz uzunlashuvi”
simptomi aniqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi