3-bob.
BOSH YUZ QISMINING TOPOGRAFIK
ANATOMIYASI
Boshning oldingi va pastki qismi uning yuz qismini tashkil
etadi. Yuz qismi miya qismidan ko‘z kosasining ustki qirrasi,
yonoq suyagi,
yonoq yoyi, eshituv yo ‘Ii va so‘rg‘ichsim on
o ‘simtaning old qirrasi bo‘ylab o'tkazilgan chiziq orqali ajralib
turadi. Bo‘yin sohasidan esa pastki jag‘ tanasi pastki qirrasi va jag‘
burchagidan so‘rg‘ichsimon o ‘simta do‘ngligiga qarab o ‘tadigan
chiziq orqali chegaralanadi. Bosh yuz qismining topografiyasini
o ‘rganishda paypaslab aniqlasa bo'ladigan joylar — ko‘z kosasi
qirralari, yonoq do‘mbog‘i va yoyi, pastki jag‘ va uning bo‘g‘i-
mi, chaynov mushaklari katta ahamiyatga ega. Og‘iz
dahlizi va
bo‘shlig‘ini ko‘zdan kechirish va palpatsiya qilish orqali uni
o ‘rganish mumkin. Yuz sohasi shartli ravishda uch qism (soha)
ga boiinadi: oldingi va ikkita yon sohalar.
Oldingi sohada og‘iz, lunj, burun, ko‘z kosasi osti va iyak
(engak) osti sohalari tafovut qilinadi. Yon qismlariga quloq old
—
chaynov sohasi, jag‘ orti chuqurchasi, yonoq va yuzning
yon chuqur sohalari kiradi.
Yuz terisi ancha yupqa bo‘lib, ko‘pgina yog‘
va ter bezlariga
ega. Erkaklarda sochli sohalar mavjud.
Agar yog‘ bezlarining
chiqaruv yo‘li bekilib qolsa—ateroma kasalligi kelib chiqadi.Soch
ildizlarining yallig'lanishlari—chipqon (furunkul) rivojlanishiga
olib keladi. Terining yuza yiringli yallig‘lanishi — sikoz ham aynan
yuzning sochli qismlarida ko‘p uchraydi.
Yuz terisi qon tomirlarga juda boy b o iad i.
Shu bilan birga u
juda harakatchan b o iib , siljish xususiyatiga ega. Shu tufayli yuz
terisi infeksiya ta’siriga chidamli va yuz bergan shikastlar, yiringli
www.ziyouz.com kutubxonasi
yallig‘lanish kasalliklari tez tuzaladi. Yuz sohasida plastik ope-
ratsiyalar o‘tkazish vaqtida terining ushbu xususiyatlarini e'tiborga
olish maqsadga muvofiq . Yuzda teri osti yog‘ qavati ancha yupqa
bo‘Iib, gematomalar va yiringli yallig‘lanish jarayonlarining tez
tarqalishiga imkon yaratadi.
Bosh yuz qismining yana bir e'tiborli tom oni,
unda mimika
m u shaklari m avjud. Bu m u sh a k la r yuz, bosh va b o ‘yin
mushaklaridan iborat. Kishidagi ruhiy-emotsional o ‘zgarishlar-
ni namoyon qilishda mimika mushaklarining o ‘m i beqiyosdir.
Mimika mushaklarining ayrimlari suyaklardan boshlanib teriga
biriksa, ba'zilari faqat teridan boshlanib teriga birikadi (og‘iz va
ko‘z aylanma mushaklari). Mimika mushaklari ikki: qisqartiruvchi
va kengaytiruvchi guruhga bo'linadi.
Bosh yuz qismining teri osti yog‘ qavatida yupqa yuza
fassiya
bo‘lib, u mimika muskullarida o ‘ziga xos qin vazifasini o'taydi.
Bu fassiya ostida joylashgan yog‘li kletchatka lunj sohasida ancha
qalinlashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: