O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet41/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

Motor rejimida ishlaydigan asinxron motorning energetik diagrammasi

Asinxron motorning motor rejimida ishlashi sirpanishning 1dan 0 gacha qiymatiga to‘g‘ri keladi, shuningdek, ishchi rejim oralig‘i sirpanish Sk dan katta bo‘lmagandagi tezliklar oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Sirpanishning Sk dan 1 gacha oralig‘ida motor rotoridagi isroflar birmuncha ortadi va shu sababli mexanik
xarakteristikaning bu qismida motorning ishga tushish davrida bo‘ladi. Asinxron
motorning turli sirpanish qiymatida elektr energiyasi oqimining taqsimlanishini tahlil qilamiz. 3.12 - rasmda asinxron motorning energetik diagrammasi keltirilgan.

3.12 - rasm. Asinxron motorning energetik diagrammasi


Motor erishadigan Pistem. quvvati, chulg‘amlar va stator polatidagi isroflarni hisobga olmaganda (ΔPni), elektrmagnit quvvatga –Pem ga ya‘ni elektromagnit maydonning aylanishi quvvatiga aylanadi deymiz. Asinxron motor bir vaqtning o‘zida ham motor ham transfarmator sifatida ishlagani uchun, elektrmagnit quvvat 2 kanalga bo‘linadi. Elektrmagnit quvvatining bir qismi Pmex mexanik quvvatga aylanadi, bu quvvat asinxron motor valiga uzatiladi. Bu quvvat aylanayotgan elektrmagnit maydoni va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisining o‘zaro toqnashuvi natijasida yuzaga keladi. Elektrmagnit quvvatning ikkinchi qismi esa rotor chulg‘amiga elektrik quvvat sifatida singadi, bu xodisa transfarmatorning ikkilamchi chulg‘amini eslatadi.
Elektrmagnit quvvat stator maydoni tezligi 0 ning m momentga ko‘paytmasiga teng (M –asinxron motor validagi moment).
Pem = M 0 (3.34)
Elektrmagnit quvvat ikkita tashkil etuvchidan iborat
Pem= Pmex+ Ps (3.35)
Mexanik quvvatni quyidagicha tasvirlasak bo‘ladi
Pmex= M + (3.36)
Rotor chulg‘amiga singdiriladigan elektrik quvvat (3.34) va (3.36)ga kora quyidagicha bo‘ladi
Ps= Pem- Pmex= M 0–M * = M 0 * s (3.37)
Bundan ko‘rinadiki sirpanish quvvatti PS, rotor chulg‘amida hosil bo‘lib motor validagi quvvatga hamda sirpanishga proporsionaldir.
Bu quvvat rotor chulg‘amidagi isroflar sifatida taqsimlanadi (faza rotorli motorlari uchun esa yurgazish paytida yurgazish qarshiliklaridagi isroflar).
Asinxron motorlarni loyihalashda va ishlatishda elektr energiyasini isrofni kamaytirish va F.I.K.ni oshirish maqsadida sirpanish quvvatini kamaytirishga harakat qilinadi. Asinxron motorlar shunday loyihalanadiki, uning nominal sirpanishi bir necha foizni tashkil qilsin. Asinxron motorli elektr yuritmalarning tejamli ishlashini ta’minlash uchun ular minimal sirpanish bilan ishlashi ta’minlanadi. Bu qoida rostlanadigan asinxron elektr yuritmalar uchun ham amal qilishi kerak. Istesno tariqasida asirnxron motorlarni yurgazishni kaskadli sxemasini keltirishimiz mumkin, bunda sirpanish quvvati foydali ishlatiladi.




      1. Download 10,37 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish