Ketma – ket qo‘zg‘atishli motor tezligini rostlashning eng tejamli usuli motorga beriladigan kuchlanishni o‘zgartirish usulidir. 5.20 - rasmda shu usulga mos bo‘lgan mexanik xarakteristikalar ko‘rsatilgan. Kuchlanishni kamaytirib borish bilan ular pastga tabiiy xarakteristikaga parallel holda siljib boradi. Tashqaridan kuchlanishni o‘zgartirish bilan rostlash sun’iy xarakteristikalari reostat xarakteristikalari bilan o‘xshash, lekin rostlashning usullarida keskin farq bor. Reostatli rostlashda qo‘shimcha qarshiliklarda energiya yo‘qotish kuzatiladi, kuchlanishni o‘zgartirish bilan rostlashda bunday yo‘qotishlar kuzatilmaydi.
Ketma – ket qo‘zg‘atishli motorlar aksariyat kuchlanishni o‘zgarmas tok manbaidan oladi, yoki rostlanmaydigan kuchlanishli o‘zgarmas tok manbaidan oladi. Bu holda motor klemmalaridagi kuchlanishni rostlash kengli impulsli rostlash usuli bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori bo‘lgan, kuchlanishni kengli impulsli rostlagich yordamida rostlanuvchi elektr yuritmaning soddalashgan sxemasi 5.21 - rasmda ko‘rsatilgan.
Ko‘rilayotgan motorlarda qo‘zg‘atish oqimini o‘zgartirish yakor chulg‘amini qarshilik bilan shuntlash yordamida amalga oshirish mumkin (5.22 a - rasmga qarang). Bunda qo‘zg‘atish toki quyidagiga teng bo‘ladi.
Iq=Iya+U/Rsh, Ya’ni bu tok motor yuklamasiga bog‘liq bo‘lmagan tashkil etuvchiga ega bo‘ladi. Unda motor aralash qo‘zg‘atishli xususiyatiga ega bo‘ladi: mustaqil va ketma – ket. Mustaqil qo‘zg‘atish hisobiga mexanik xarakteristikalar katta bikirlikka ega bo‘ladi va ordinata o‘qini kesib o‘tadi. Bu usul bilan rostlashning taxminiy mexanik xarakteristikalari 5.22 b - rasmda ko‘rsatilgan. Yakorni shuntlash pasaytirilgan turg‘un tezlikni hosil qilish imkonini beradi (motor valida yuklama bo‘lmaganda ham). Berilgan sxemada motorning ω >ω01yoki ω >ω02tezligida rekuperativ tormozlanish rejimiga o‘tish imkoniyati tug‘iladi. Ko‘rilayotgan rostlash usulining sezilarli kamchiligi uning tejamli emasliligi, ya’ni shuntlash qarshiliklaridagi katta energiya yo‘qotishlaridir.