ΔPn = 2IdnΔUtir
Bu yerda ΔUtir≈ 2V – ochiq tiristordagi kuchlanish tushishi.
Odatda o‘zgartkichlarning F.I.K.i 0,95 – 0,98 ni tashkil qiladi. O‘zgarmas tok motori o‘rtacha F.I.K.ini ηdv. = 0,88 ga teng deb qabul qilib, TO’-Dyuritmaning nominal yuklamadagi F.I.K. ηTO’-D= 0,78 ÷ 0,82 ekanligini ko‘ramiz. Bu esa yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
TO’ – D yuritmaning energetik jihatdan kamchiligi o‘rtacha silliqli quvvat koeffitsienti qiymatining pastigi va iste’mol tarmog‘i toki shaklining buzilishidir.
Tiristorli o‘zgartkichlar o‘zgaruvchan tok tarmog‘idagi tok shaklini
buzadilar, ya’ni uning sinusoida ko‘rinishidan o‘zgartirib yuboradilar. Nosinusoida
tok birinchi garmonik (tarmoq chastotasi bilan) hamda yuqori garmonik tok (chastotasi tarmoq chastotasidan (nm +1) ga ko‘p bo‘lganlarga ajiratiladi. Ko‘prikli o‘zgartkichlarning o‘zgaruvchan toki taxminan trapetsiya shakliga yaqin bo‘ladi, uni birinchi garmonik va yuqori garmonik toklarga ajratish mumkin.
Ins = Im1sinωt + Im5sin (5ωt + φ5) + Im7sin (7ωt + φ7) va x.k.
Asosan 5,7 va 11 – garmonik toklar ko‘zga alohida tashlanadi. Yuqori garmonika toklari hamda birinchi garmonika kuchlanishi orqali aniqlanadigan quvvat buzilish quvvati deb nom olgan quvvatni hosil qiladi. Bu quvvat esa reaktiv quvvat hisoblanadi (uning o‘rtacha qiymati nolga teng bo‘ladi). Buzilish quvvati iste’mol tarmog‘iga va tiristorli o‘zgartirgichga parallel ulangan elektr energiyasi iste’molchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tokning buzilish darajasi buzilish koeffitsienti bilan baholanadi:
.
Uch fazali ko‘prikli sxemalar uchun tokning buzilish koeffitsienti taxminan 0,95 ni tashkil etadi.
Tiristorli o‘zgartirgichning quvvat koeffitsienti deganda birinchi garmonik tokning birinchi garmonik kuchlanishiga nisbati cosφ ning buzilish koeffitsientiga ko‘paytmasini tushunamiz:
KM TO = · cosφ1 (5.23)
Tiristorli o‘zgartirgich iste’mol zanjiridagi tok shu yerdagi kuchlanishdan tiristorning ochilishi kechikishi burchagiga (boshqarish burchagi α) ortda qoladi. Shuning uchun taxminan
deb olishimiz mumkin.
cosφ1 = cosα (5.24)
bo‘ladi va tiristorli to‘g‘irlagichning quvvat koeffitsienti yuqori bo‘ladi. Tezlik kamaytirilishi bilan o‘zgartirgichning to‘g‘irlangan kuchlanishi kamayib boradi va mos ravishda cosφ1 ham pasayadi. Taxminan quyidagicha deyishimiz mumkin: cosφ1≈ ω /ωn.
Agar TO’ – D yuritma uzoq vaqt davomida kamaytirilgan tezliklarda ishlasa, quvvatning o‘rtacha salmoqli koeffitsienti past bo‘ladi. Shuning uchun TO’ – D yuritmaning energetik ko‘rsatkichlarini cosφ1 yuqori bo‘lgandagi nominal qiymatlar bilan emas, uning o‘rtacha salmoqli qiymati bilan baxolanishi kerak. Cosφ1 ning kichik qiymatlari asosan yuritmani yurgazish paytida bo‘ladi. Shuning uchun katta quvvatli yuritmalarni yurgazishda reaktiv quvvatning ancha ko‘tarilishi kuzatiladi.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra tiristorli o‘zgartirgichlar bilan birga filtrli kompensatsiyalovchi qurilmalarni ulash tavsiya qilinadi. Bu qurilmalar o‘zgartirgich cosφ ni ko‘taradi va iste’mol tarmog‘idagi tokning garmonik tarkibini yaxshilaydi. Natijada o‘zgartirgichlarning iste’mol tarmog‘iga salbiy ta’siri yo‘qotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |