Tiristorli elektr yuritmaning eng ko‘p qo‘llaniladigan kuch sxemalari 5.10 –- rasmda ko‘rsatilgan. 5.10 a va 5.10 b sxemalar reverssiz elektr yuritmalarga tegishli. Bu sxemalarda iste’mol kuchlanishining qutbi va yakor zanjiridagi tok yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin emas.
Agar yuritma uzluksiz tok rejimida ishlayapti deb tasavvur qilsak (Ld ), mexanik xarakteristikalar bir – biriga parallel bo‘lgan og‘ma to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda to‘g‘irlangan kuchlanish kamayishi bilan ( α burchak oshishi bilan) ω0ham kamayadi.
Bu holatda mexanik xarakteristikalar (5.5) asosida kelib chiqqan quyidagi formula bilan chiziladi:
- (5.21)
Yakor zanjiri induktivligi Ldchegaraviy qiymatlarida, momentning kichik qiymatlarida (yakor toki) – Ichegchegaraviy chizig‘idan chaproqda – mexanik xarakteristikalar chiziqliligini yo‘qotadi va yuqoriga qarab qiyshayadi. Bu uzuqli tok zonasiga o‘tish natijasi bo‘ladi. Uzluksiz tok chegarasini aniqlovchi chiziq (5.20) formula bilan aniqlanadi.
Tokning uzuqli zonasini kamaytirish hoxishi bo‘lsa, motor yakori bilan ketma – ket ravishda silliqlovchi drossel ulanadi. Bu drosselning induktivligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ld , (5.22)
Bu yerda Icheg- ω = 0 bo‘lgandagi chegaraviy tokning qiymati.
TO’ – D reverssiz yuritmasining mexanik xarakteristikalari ordinata o‘qini kesib o‘tmaydi, chunki reverssiz sxemalarda tok yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin emas. Natijada rekuperativ tormozlanish rejimi bo‘lmaydi. TO’ – D tizimi
reverssiz yuritmalarda motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun motorni qo‘zg‘atuvchi chulg‘ami toki yo‘nalishini o‘zgartiradi.
M – ω maydonning barcha to‘rtala kvadratlarida ishlaydigan elektr yuritmani hosil qilish uchun reversli tiristorli o‘zgartirgichidan foydalanish mumkin. Bu o‘zgartirgich yakor tokining ikki tomonlama o‘tishini ta’minlaydi. Reversli tiristorli o‘zgartirgichlar ikki guruh tiristorlariga ega, ular bir – biriga qarama – qarshi parallel ulanadi. Eng ko‘p ishlatiladigan reversli tiristorli elektr yuritma sxemasi 5.10 v - rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxemada ikkita tiristorli o‘zgartirgich bor: UZ(old) va UZ(orq). Ularning xar biri uch fazali ko‘prikli sxema bo‘yicha yig‘ilgan, va o‘zgartirilgan tok tarafidan bir – biriga qarama – qarshi qutblari bilan o‘zaro parallel ulangan. Ikkala guruhdagi tiristorlarga bir vaqtda ochuv impuls berish mumkin emas, bunda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Shuning uchun berilgan sxemada UZ(old) va UZ(orq) tiristorlar guruhidan faqat bittasi ishlashi mumkin; ikkinchi guruh esa yopiq bo‘ladi (akslanuvchi impuls olinadi). Bunday reversli sxema tiristorlar guruhini aloxida boshqarish sxemasi deyiladi.
Alohida boshqarishda faqat aytilgan paytda tok o‘tkazishi kerak bo‘lgan tiristorlar guruhi ulanadi. Bu guruhni tanlash yuritma motorining aylanish yo‘nalishini tanlashga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni «oldinga» yoki «orqaga», va yuritmani ish rejimiga; harakat rejimini, yoki rekuperativ tormozlanish rejimini. Shunga ko‘ra kerakli guruhni tanlashni jadval ko‘rinishida keltirish mumkin. (5.2 - jadval).
5.2.- jadval.
Boshqaruv tizimlarida tiristorlarning kerakli guruhini tanlash va ulash avtomatik tarzda mantiqiy ulash qurilmasi MUQ orqali amalga oshiriladi. MUQ avtomatik tuzilmaning tuzilish prinsipi 5.14 - rasmda ko‘rsatilgan.
Yuritma «oldinga» harakat rejimida ishlagandagi yakor toki yo‘nalishini musbat deb qabul qilamiz. ωvaz.Tezlikning musbat signali berilganda («oldinga» harakatga mos kelganda) va tezlik bo‘yicha hato signal bo‘lganda, MUQ ga tok rostlagichdan kelayotgan signal (+) ishoraga ega bo‘ladi. Bunga mos ravishda MUQ K(L) elektron kalitni yoqadi va UZ(old) tiristorlar guruhiga ochuvchi impulslar beriladi. αoldboshqarish burchagi avtomatik rostlash tizimi orqali tanlanadi va o‘rnatiladi. Bu burchak RItok rostlagich chiqishidagi signalga moslashtiriladi. Har ikkala IFBT (old) va (orq) o‘zaro kelishgan holda ishlaydi, bunda burchaklar yig‘indisi π ga teng bo‘lishi kerak bo‘ladi.