O‘zbеkiston rеspublikasi oliy


- rasm. TO’ – D elektr yuritmaning kuch sxemasi



Download 10,37 Mb.
bet71/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

- rasm. TO’ D elektr yuritmaning kuch sxemasi

  1. bir fazali, ko‘prikli, reverssiz;

  2. uch fazali, ko‘prikli, reverssiz;

  3. uch fazali, ko‘prikli, qarama

qarshi parallel reversli aloxida boshqaruvli sxema.


Generator motor tizimi, bunda o‘zgarmas tok motori energiyani elektrmashina agregatidan oladi, hozirgi kunda ma’naviy eskirgan hisobladi va muhim jihozlarda ishlatilmaydi. Bu tizim faqatgina mobil jihozlar va qurilmalarda qo‘llanilmoqda (masalan, ekskavatorlar).
O‘zgarmas tok motori rostlanadigan yuritmaning asosiy tizimi tiristorli o‘zgartgich – o‘zgarmas tok motori bo‘lib qolmoqda. Bu tizimning asosiy sxemalari 5.10 - rasmda keltirilgan.
Tiristorli o‘zgartgichlar sxemasi asosiy elementi yarim boshqariluvchi, yarim o‘tkazgichli asbob – tiristor hisoblanadi. Tiristorning yoqilishi boshqaruv tizimi bilan nazorat qilinadi, ya’ni tiristorning boshqaruvchi elektrodiga ochuvchi impuls berilganda u ochiladi va impuls olingandan so‘ng ochiq qoladi. Tiristor anod – katod kuchlanish qutbi o‘zgargandan keyin va tok nolgacha tushgandan keyin yopiladi. Tiristorlarni zanjirni boshqarish bo‘yicha yopish mumkin emas. Shuning uchun ular yarim boshqariluvchi deyiladi. Yuqorida aytilganlar bir operatsiyali tiristorlarga taaluqli. Tiristorni boshqaruv
zanjiri bo‘yicha yopiladigan tiristorlar ham mavjud. Biroq bu tiristorlar hozircha yuritmaning TO – D tizimida ishlatilmaydi.
Tiristorli o‘zgartgich o‘zgarmas tok elektr yuritmalari sxemalarida ikkita vazifani bajaradi:
Iste’mol tarmog‘idagi o‘zgaruvchan kuchlanishni to‘g‘irlash va to‘g‘irlangan kuchlanish qiymatini rostlash.
To‘g‘irlangan kuchlanishning o‘rtacha qiymatini rostlash prinsipi bir fazali ko‘prikli sxemada ko‘rib chiqamiz (5.10 a - rasm).
Agar VS1 va VS4 tiristorlarga ochuvchi impuls (mos ravishda iste’mol kuchlanishi sinusoidasi yarim to‘lqini bo‘yicha VS3 va VS2 tiristorlariga ham) tabiiy ochilish paytida, ya’ni katod – anod kuchlanishi musbat bo‘lganda uzatilsa, o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanish (5.11 a - rasmda shtrixlangan yuza) maksimal bo‘ladi va quyidagiga teng bo‘ladi:
E d0 = Ksx ·Ul, (5.14)
Bu yerda Ul– o‘zgaruvchan tok tarafidagi chiziqli kuchlanish.
Ksx – to‘g‘irlanish sxemasi koeffitsienti.

  • bir fazali ko‘prikli sxema uchun 0,9

  • uch fazali ko‘prikli sxema uchun 1,35

  • uch fazali nol sxema uchun 0,675.

Agar ochuvchi impulslar tiristorlarga tabiiy ochilish paytida burchakka kechikib uzatilsa ( - tiristorni boshqarish burchagi), unda o‘zgartirgichning o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanishi 5.11 v - rasmda ko‘rsatilaganidek kamayadi. Bunda VS1 vaVS4 tiristorlar VS3 va VS2 tiristorlar ochilgunga qadar o‘zidan tok o‘tkazadi, ya’ni katod – anod kuchlanishi manfiy bo‘lgan paytda. Buning sababi to‘g‘irlangan tok zanjirida motor yakori chulg‘amining ancha katta induktivligi Lya bo‘ladi, va tok o‘zidan induksiyalanish E.YU.K. ta’sirida o‘ta boshlaydi. Agar to‘g‘irlangan tok zanjirida induktivlik bo‘lmaganda edi (ya’ni sof yuklama bo‘lganda), anod kuchlanishining nol orqali o‘tishi bilan tok tugagan bo‘ladi, va bu holatda tok uzuqli bo‘lar edi. Lya induktivlikning katta qiymatida o‘zgartirgichning
to‘g‘irlangan o‘rtacha kuchlanishi va burchak orasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:
Ed = Ed0·cos (5.15)




Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish