Tezligi chastotali rostlanuvchi elektr yuritma.
Asinxron motor tezligini chastotali rostlash imkoniyati – iste’mol kuchlanishi chastotasini o‘zgartirish bilan rostlash – stator elektrmagnit maydoni aylanish tezligining iste’mol kuchlanish chastotasiga proporsionallik shartlaridan kelib chiqadi.
(6.2)
Iste’mol kuchlanishi chastotasi qyimatini o‘zgartirish bilan motor Ф1 magnit oqimi o‘zgarishini ham inobatga olish kerak.
Ф1 = , (6.3)
Shuning uchun aksariyat hollarda iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish bilan birga uning amplitudasi ham rostlanishi kerak. Chastotani nominal qiymatdan pastga tushirilganda kuchlanishni rostlash zarurati quyidagilarga asoslanadi: chulg‘amlar qarshiligining kamayishi bilan magnitlanish toki orta boshlaydi, bu esa motor magnit o‘tkazuvchilarining to‘yinishiga va qizishiga olib keladi. Kuchlanishni rostlashni shunday amalga oshirish kerakki, unda motor sirpanishi minimal qiymatga ega bo‘lsin.
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni chastotali rostlash bilan ishlatish uchun uni UZ chastota o‘zgartirgich yordamida Ut va ft parametrlarga ega bo‘lgan iste’mol manbasiga ulanadi (6.2 - rasm). hozirgi paytda chastota
o‘zgartirgichlar sifatida asosan yarimo‘tkazgichli chastota o‘zgartirgichlar ishlatiladi.
- rasm. Chastota o‘zgartirgich orqali ta’minlanadigan asinxron motorni ulash sxemasi
Chastotali rostlashda Sj nisbiy sirpanishning qiymati rotor aylanishi tezligi va aylanuvchi elektrmagnit maydoni tezliklari farqiga hamda absolyut sirpanish Sabs. = ω0 – ω ga, shuningdek iste’mol kuchlanishi chastotasi f1*nisbiy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
, (6.4)
(6.5)
Buyerda f1j ; ω0j ; Sj – stator kuchlanishi chastotasi rostlanuvchi qiymatlari va maydon aylanishi tezligi hamda sirpanishning shunga mos qiymatlari. f1nva ω0n – stator chastotasi va maydon tezligi nominal qiymatlari (pasport bo‘yicha). (6.2) ni inobatga olsak,
. (6.6)
Chastotali rostlashda elektr mexanik xarakteristikalarini tahlil qilish uchun motorni T simon almashtirish sxemasini ko‘rib chiqamiz (6.3 - rasm). Avval keltirilgan almashtirish sxemasidan farqli ravishda ushbu berilgan holatda motorning reaktiv qarshiligi iste’mol kuchlanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi va chastota o‘zgartirishi bilan o‘zgaradi deb hisoblashga to‘g‘ri keladi.
x1j – x1n · f1* ; xµj = xµn · f1* ; x2 – x2n · f1* ; xk = xkn · f1* .
(6.7)
Do'stlaringiz bilan baham: |