QISH FASLI
Qish toʻrt fasldan biri boʻlib, kuz va bahor fasllarining orasida joylashgan eng sovuq fasldir. Qish fasli 3 oydan iboratdir. Shimoliy yarimsharda: Dekabr, Yanvar va Fevraldan, Janubiy yarimsharda esa: Iyun, Iyul va Avgustdan. Bu faslda iqlim darajasi minusga qarab tusha boshlaydi. Shu sababli sovuq yogʻingarchiliklar orta boshlaydi.
Qish — yil fasllaridan biri. Moʻʼtadil mintaqalarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) dekabr, yanvar va fevral oylarini oʻz ichiga oladi. Q. faslining astronomik davomiyligi urtacha 89,0 sutkadan iborat. Q.ning boshlanishi deb Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi kunlari (21 — 22 dekabr) qabul qilingan. Oʻzbekistonda Q. fasli xiyla sovuq keladi. Eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha t-rasi tekisliklarda (Ustyurt. Churuk st-yasi) — 10°, jan. sharqda (Temir, Sherobod) 2—3°, mutlaq past t-ra jan.da —25°, —30° va shim. gʻarbda —35°, —38". Lekin tekisliklarla Q.da ham 15—20°, togʻlarda 5—10° gacha iliq kunlar boʻlib turadi (q. Yil fasllari).
QISH FASLI
Yana kelar qish fasli,
Ba`zan quyosh charaqlar.
Nafis qor zarralari,
Kumush kabi yaraqlar.
Zavq-shavqning zo‘rligidan,
Sovvuq ham ta`sir qilmas.
Shamollaysan degan gap,
Sira quloqqa kirmas.
QISH FASLI
Go'zal bo'ldi diyorim,
Unga qish kirib keldi.
Yerlar oq bo'lib yashnar,
Qor yog'ib sovuq keldi.
Endi bo'ladi bayram,
Endi kelar yangi yil.
Qish-bu barcha orzular
Ushaladigan fasl.
Yana yog'di oppoq qor
Xotiralarni qo’zg’ab yana yo’gdi oppoq qor
Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi
Osmondan biram go’zal oppoq qor yo’gar edi.
Nogoh nazarim tushdi, ul bevafo go’zalga,
Negadir harakati, o’xshardi telbalarga.
Jinni bo’lib qolganmi deb o’yladim uni.
Surishtirb so’ng bildim haqiqatligin buni
Aqldan ozgan edi ul bevafo go’zal yor
Shunda ham esa tinmay yog’ar edi oppoq qor.
So’ng biroz vaqtlar o’tti balki oylar balki yil
Bir fojia bo’lgandi aytolmaydi buni til
Eshittimu yeg’ladim kelmas edi ishongim
Har qancha bo’lganda ham men uni sevar edim
Olamdan o’tgan edi ul bevafo go’zal yor
Doimgidek samodan yo’gar edi oppoq qor
Bevafo bo’lsada u yashab yursa bo’lardi
Hayotda bahtli yursa ko’nglim nurga to’lardi
Qalbim tig’langan edi endichi nima bo’ldi
O’n gulidan bir guli ochilmaganim so’ndi
So’ngi vaqtda negadir yolg’iz yurarkan
Oppoq qor yog’ganida to’yib to’yib yeg’larkan
Avvalgidek shirinmas ekan uni so’zlari
Mayus tortib qolibti hatto humor ko’zlari
Ohir chiday olmasdan joniga qasd qilibti
Tig’ni olib qo’liga tomirlarin tilibti
Yiqilibti shu onda ul bevafo go’zal yor
Qonga belanib qolibti zamin uzra yoqqan qor
Bevafoyim go’zalim nega meni tark etting?
Bechora oshig’ingni sen yolg’iz tashlab ketting
Seni qattaiq sevardim tashlab ketgan bo’lsangda
Unitaolmayman seni gar marhuma bo’lsangda
Huzuringa borgandim ey bevafo go’zal yor
Qabring ustiga tinmay yog’ar edi oppoq qor!
Do'stlaringiz bilan baham: |