Men bilaman / bilmoqchiman / bildim



Download 20,74 Kb.
Sana30.08.2022
Hajmi20,74 Kb.
#847934
Bog'liq
031-20 Quchqorov Vohid 3-topshiriq


Men bilaman / bilmoqchiman / bildim” jadvalini to'ldiring
Ushbu mavzu bo'yicha:
O'ZBEKISTONNING DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO‘LGA KIRITILISHI. DEMOKRATIK DAVLATNING BARPO QILINISHI
Ushbu jadvalni to'ldirish jarayonida talabalar ma'ruza materialidan allaqachon ma'lum bo'lgan ma'lumotlarga tayanib, avval tanish bo'lgan va yangi narsalarni o'zaro bog'lashni, ularning bilim talablarini aniqlashni o'rganadilar. Darhol, "Bilaman" ustunini to'ldirgandan so'ng, yangi savollar tuziladi, mavzuni o'rganib chiqqandan so'ng, bolalar ularga javob olishni xohlashadi. Ular ikkinchi ustunda qayd etilgan. Talabalarning fikri bu erda asoslanadi: O'zbekiston tomonidan davlat mustaqilligiga erishishi haqida yana nimalarni bilishni istardingiz?


BILAMAN

BILMOQCHIMAN

BILDIM

80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati; fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash; qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir.Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi.

Mustaqillik tushunchasining mazmuni qanday?
O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlarini nechta va tuzulishi?
O’zbekiston qachon BMTga a’zo bo’ldi?

Mustaqil davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston 1992 yilning 2 martida BMT a‘zosi bo‘lgandi.
O‘zbek matbuoti O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli a‘zosiga aylangani haqidagi maqolalarni e‘lon qilgan, shu munosabat bilan Toshkentda turli tadbirlar uyushtirilgan.
O‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari ham ushbu sanani o‘ziga xos tarzda nishonlashga qaror qilganlar, ayrim faollar O‘zbekiston prezidentining qarorgohi tomon yurish qilib, mamlakat BMT oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmayotganini izhor etmoqchi bo‘lganlar.
1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.



Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish