Impulsli boshqaruv tizimli elektr yuritmalarda rostlash zanjirida impulsli element bor bo‘lib, u uzluksiz signalni uzluksiz ketma – ketlikdagi aniq xarakteristikali impulslarga o‘zgartirib beradi. Elektr yuritmalar tizimlarida kengli impulsli o‘zgartirgichlar (KIO’) keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular impulslarni aniq ketma – ketlikda, o‘zgaruvchan davomiylikda, doimiy davrda va amplitudada shakllantirib beradi.
Raqamli rostlash tizimlarida o‘zgaruvchi xaqidagi axborot raqamli kodga aylantiriladi. Hozirgi vaqtda raqamli tizimlar asosan mikroprotsessorlar ko‘rinishida yaratiladi. Ular rostlagich va axborot o‘zgartirgich tuzilmalari vazifalarini raqamli ko‘rinishda amalga oshiradi.
Chiquvchirostlanuvchikoordinatalarbo‘yichatasnif.
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‘yicha yopiq konturli rostlash tizimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Momentni (zo‘riqishni) rostlash tizimlari. Bu sinfga metallurgiya sanoatidagi listli prokat ishlab chiqarishda metalni tortish tizimi elektr yuritmasi yoki kimyoviy – texnologiya ishlab chiqarishida yupqa plyonkalarni tortish tizimi elektr yuritmalari misol bo‘la oladi. Ishchi organ momentini rostlash qonuniyati texnologik jarayon bilan aniqlanadi.
Tezlikni rostlash tizimlari. Ular ko‘pchilik texnologik mashinalarning elektr yuritmalarida qo‘llaniladi: metallarga ishlov beruvchi dastgoxlarda, prokat stanlarida. Tezlikni rostlash tizimi ikkita katta guruhga bo‘linadi.
Tezlikni stabillashtiruvchi tizim. Bunda har xil ta’sirlarga qaramay tezlikni bir maromida ushlanadi. Bu tizimga qog‘oz ishlab ishlab chiqaruvchi mashina elektr yuritmasi misol bo‘ladi.
Tezlikni boshqarish tizimi. Bunda ishchi organ tezligi texnologik jarayon talablariga ko‘ra yuqori aniqlikda rostlanadi. Ekskavator, ko‘tarma – transport mashinalari elektr yuritmalari bunga misol bo‘la oladi.
Ishchi organ holatini rostlash tizimi. Bu tizimlar prokat stanlarining vintlarini qotirish tizimi elektr yuritmalarida va sanoat ishlab chiqarishning
robotlashtirilgan tizimlari elektr yuritmalarida ishlatiladi. Bu tizimda ishchi organning holati texnologik jarayon talabiga ko‘ra aniq belgilanadi. Holatni rostlash yopiq konturli tizimi ikki xil turda namoyon bo‘ladi – holatlashtirish (pozitsiya) tizimi va kuzatuvchi tizim.
Holatlashtirish tizimida ishchi organning boshlang‘ich va oxirigi holatlari beriladi, ko‘chish parametrlari esa nazorat qilinmaydi.
Kuzatish tizimida ishchi organning har bir holati aniq berilib, uning xarakat traektoriyasi to‘liq nazorat qilinadi.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra tasniflanish texnologik jarayon xarakteri va xususiyatlariga qarab quriladi. Barcha yopiq konturli elektr yuritma tizimlari quyidagilarga bo‘linadi:
Rostlanadigan parametrlarni stabillashtirish tizimi (moment, tezlik). Bunday tizimlarning asosiy xususiyati rostlanadigan parametrlarning uzoq vaqt davomida o‘zgarmay bir xil qolishidadir. Rostlanadigan parametrlarning xaqiqiy qiymati ta’sirlar va siljishlarga qaramay o‘zgarishsiz qolishi kerak.
Tezlikni rostlash tizimi, bunda tezlikning berilishi operator tomonidan amalga oshirilib, elektr yuritma tomonidan kerakli aniqlanadi qayta ishlaydi (bajariladi).
Elektr yuritmaning kuzatuvchi tizimi. Bu erkin ravishda o‘zgaruvchi kirish boshqaruvchi signalli yopiq konturli holatni rostlash tizimi bo‘lib, ishchi organ tomonidan kuzatish ob’yekti xarakatini amalga oshiradi. Kuzatuvchi tizimlar nusxali – frezer dastgoxlarda, radiolokatsiya stansiyalarining navigatsiya tizimlarida ishlatiladi.
Dasturli boshqaruvli tizim. Bunda texnologik jarayonni bajarishda berilgan signal va rostlanuvchi parametrlar dasturlash tuzilmasiga kiritilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi. Bunday tizimlar metall qirquvchi dastgoxlarda qo‘llaniladi.
Adaptiv tizimlar (moslanuvchi). Bunday yopiq konturli rostlash tizimida elektr yuritmaning ish rejimi aniq texnologik holat va ish sharoitiga qarab avtomatik tarzda tanlanadi.
TO’ – D o‘zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash tizimlari jamlanuvchi kuchaytirgich bilan va yuritmaning bo‘ysinuvchi rostlash parametrlari bilan bajariladi.
Chastotali boshqaruvchi asinxron elektr yuritmalarni rostlash tizimlari rostlash prinsipiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: