Boshqaruv buyruqlari uch pozitsiyali buyuruvchi – kontroller SA orqali beriladi. Boshlang‘ich holatda QF1 vaQF2 avtomatlari ulangan bo‘lib, buyuruvchi
kontroller nol (chap) holatda bo‘ladi. KV blok kontakt bilan o‘zini ta’minlashga o‘tadi, shuningdek elektr yuritmaning nol himoyasini ham ta’minlaydi.
Buyuruvchi operator – kontrollerni birinchi (q.t-quyi tezlik) holatga qayta ulanganda KM1 – (q.t) kontaktor chulg‘ami kuchlanish oladi, kontaktor ishga tushadi, KM(T) tormozlash kontaktori chulg‘ami zanjiridagi 3 – 6 kontaktorini ulaydi va tarmoqqa uchburchak sxema bilan ulangan stator chulg‘amini manbaga ulaydi. Bu vaqtning o‘zida KMT tormozlash kontaktori ishga tushadi va YB (T) tormoz elektrmagnitiga kuchlanish beradi, tormoz sustlashadi (kolodkalar ko‘tariladi), va elektrmotor past tezlik bilan ishga tushadi (2p qutb juftligi).
Buyuruvchi operator– kontrollerni ikkinchi holatga (yu.t.-yuqori tezlik) qayta ulanganda KM1 – (q.t) kontaktor chulg‘ami stator chulg‘amini tarmoqdan uzib qo‘yadi. KM2 – (yu.t) va KM3 – (yu.t) kontaktorlari chulg‘amlari kuchlanish oladi va bu kontaktorlar ishga tushadi. KM3 – (yu.t) kontaktorining kontaktori ulanib ikkilangan yulduzning nol nuqtasini tashkil qiladi. KM2- (yu.t) kontaktori kontaktorlari KMT kontaktori chulg‘ami zanjirini ulaydi va KM(T) tormoz kontaktori ishga tushadi yoki ulangan holatla qoladi. Bir vaqtning o‘zida KM2 – (yu.t) kontaktori stator chulg‘amini ikkilangan yulduz sxemasi bo‘yicha tarmoqqa ulaydi va motor katta tezlik bilan xarakatga o‘tadi (p qutb juftligi). Elektr yuritmani to‘xtatish uchun buyuruvchi – kontrollerni nol holatga qayta ulash kerak. Bunda kontaktorlar kuchlanish olmay qo‘yadi, stator chulg‘ami tarmoqdan uziladi, va KM(T) kontaktorlari ochiq holga keladi. KM(T) kontaktori elektrmagnitli tormoz chulg‘amidan kuchlanishni uzadi va tormoz ishga tushadi. Elektr yuritma Mqyuklama qarshilik momenti hamda Mmt mexanik tormoz momenti ta’sirida to‘xtaydi.
Faza rotorli asinxron motorni boshqarish sxemasi stator zanjirlarini boshqarish apparatlaridan tashqari asinxron motorni yurgazishni boshqarish apparatlarini ham o‘z ichiga oladi. 10.4 - rasmda PDU 6220 rusumli panel sxemasi keltirilgan. Bu
sxema faza rotorli asinxron motorni ikki bosqichda yurgazish va dinamik tormozlash imkonini beradi.
Motorni boshqarishni operator SA buyuruvchi – kontroller yordamida amalga oshiradi. Buyuruvchi – kontrollerning boshlang‘ich holati – nol holat. Masalan SA dastakni uchinchi holatga o‘tkazsin, KM2 kontaktorlari ulanib, stator chulg‘amini hamda KM5 chulg‘amini tarmoqqa ulaydi. KM5 kontaktori esa elektrmagnit tormoz YA chulg‘amiga kuchlanishni ulab tormozni yechadi.