Qidir
Kontaktor
Kontaktor — past kuchlanishli oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarini maʼlum
masofadan
turib ulab oʻzadigan elektromagnit apparat. Mustaqil
va magnitli ishga tushirish, ish
mashinasi va qurilma ichiga oʻrnatilgan xillari boʻladi. Elektromagnitdan tok oʻtganda
elektromagnit gʻaltagi yakorni oʻziga tortadi va zanjir kontaktlari tutashadi. K.
boshqarish
zanjiriga ketma-ket yoki parallel ulanadi. K. kuchlanishi 650 V gacha, tok kuchi 1000
A gacha
boʻlgan elektr mashinalari va apparatlarini boshqarishda qoʻllaniladi. Oʻzgarmas tok K.lari
tramvay, trolleybus
va elektrovoz dvigatellarini, oʻzgaruvchan tok K.lari
asinxron dvigatellarni
(stanok, liftlarda) boshqarish uchun ishlatiladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar