Kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan asinxron motorlar fazalararo va bir fazali qisqa tutashuvlardan, o‘ta yuklanishdan, kuchlanish yo‘qolganda qaytadan o‘z – o‘zidan ishlab ketishdan va chulg‘amlar harorati ortib ketishdan himoyalanadi.
Qisqa tutashuvdan maksimal tokli himoya odatda eriydigan saqlagichlar yordamida yoki ko‘proq holatlarda maksimal – tokli uzgichli avtomatik o‘chirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Avtomatning nominal toki motorning
nominal toki In.dvga teng qilib yoki undan katta qilib olinadi.
Avtomat maksimal uzgichning ishlash toki odatda 10–12In.motqilib olinadi. Bu esa motor ishga tushgandagi tok kuchi (5,5-7)In.motbo‘lganda avtomatning ishga tushib ketishining oldini oladi. Faza rotorli asinxron motorlarda yurgazish toki uncha katta bo‘lmaganligi uchun avtomatning maksimal uzgichi 3In.mottok qiymatiga rostlanadi.
Motorllarning o‘ta yuklanishdan himoyasi avtomatlarning issiqlik uzgichlari yordamida, magnitli yurgizgichlarning issiqlik relelari yordamida yoki eriydigan saqlagichlar yordamida amalga oshiriladi. O‘ta yuklanishdan himoya apparatlarining ishlash toki qiymati o‘ta yuklanish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqtli o‘ta yuklanish uchun ishlash toki (1,2–1,4)In.motbo‘lishi kerak. Bu himoya motor texnologik nosozliklar natijasida zo‘riqish bilan ishlaganda yoki 3 ta fazadan birortasi yo‘qolib, motor ikki fazada qolib ketganda uni qizib ketishdan himoya qiladi.
«Nol» himoya yoki minimal kuchlanishdan himoya kuchlanish xaddan ziyod pasayib ketganda yoki motor energiya ta’minoti uzilib, qayta energiya berilganda o‘z – o‘zidan yurib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Bunday ximoya apparati yurgizgich yoki kontaktor bo‘lib kuchlanish 0,6Unga tushib ketsa ta’minotni uzib qo‘yadi. Kuchlanish o‘z nominal qiymatiga qaytgandan so‘ng kontkator o‘z – o‘zidan ulanmaydi, chunki «yurgazish» tugmasining blok kontakti o‘chirilgan bo‘ladi (9.1-sxemaga qarang) motorni yurgazishga esa operator «yurgazish» tugmasini qaytadan bosishi kerak bo‘ladi.
Oxirigi yillarda motorlarning haroratdan himoyasi ham katta ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Motor chulg‘amlariga harorat datchiklari o‘rnatilib, chulg‘amdagi harorat xavfli qiymatdan oshib ketganda bu datchiklar motorni o‘chirish signalini beradi. Bunday himoya asosan kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan motorning tezligini rostlash usuli qo‘llanilganda ishlatiladi.
Sinxron elektr yuritmlarda quyidagi himoya turlari ishlatiladi: kuch zanjiridagi qisqa tutashuvdan maksimal – tokli himoya; agar texnologiya bo‘yicha elektr ta’minoti o‘chgandan so‘ng o‘z – o‘zidan ulanish rejalangan bo‘lmasa «nol» himoya; sinxron motorni uzoq muddat asinxron rejimda ishlashidan uning
qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjirini minimal – tokdan himoyasi; yurgazish vaqtining cho‘zilib ketishidan vaqt relesi yordamidagi himoya. Bunday relening vaqt tutilishi yurgazish chulg‘ami harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha ko‘rilish vaqti inobatga olingan holda rostlanadi. Agar ajratilgan (rostlangan) vaqt ichida motor sinxron rejimning ishchi xarakteristikaga erishmasa, motorni yurgazish to‘xtatilishi va manbadan uzilishi kerak bo‘ladi.
O‘zgarmas tokli elektr yuritmalarda quyidagi himoyalar qo‘llaniladi:
ta’minot manba kuchlanishi qisqa vaqt yo‘qolganda qayta ishlab ketishdan himoyalaydigan «nol» himoyasi;
kuch zanjiridagi qisqa tutashuvlardan maksimal tokli himoya;
cho‘tka – kollektor tugunidagi ulanish shartlari bo‘yicha ruxsat etilagan yakor tokini chegaralovchi maksimal tokli himoya;
mustaqil qo‘zg‘atishli chulg‘am zanjirida minimal tok relesi yordamida minimal
tokli himoya; bu himoya motor ruxsat eitlgan tezlikdan chetga chiqqanida elektr yuritmani o‘chiradi.