9.6 Elektr yuritmalarni boshqarishning komplektli qurilmalari.
Boshqarish apparatlari va tuzilmalari boshqarishning to‘plamli qurilmalariga jamlanadi. Past kuchlanishli komplektli qurilma deb 1000 voltgacha kuchlanishga ega bo‘lgan elektrtexnika qurilmalariga aytiladi. Bunday qurilmalar elektrik apparatlar, elektron tuzilmalar va uskunalardan tashkil topadi. Bunday elementlar bir konstruktiv asosga jamlangan bo‘lib, elektr enargiyasini taqsimlash vazifasini bajarish uchun, texnologik qurilmani va elektr yuritmani boshqarish uchun xizmat qiladi.
Komplektli qurilmalarning konstruktiv asoslari plata, bloklar va panellar bo‘ladi. Boshqaruvning elektron va mikroelektron tuzilmalar bir qatlami, ikki qatlamli va ko‘p qatlamli platalarga o‘rnatiladi. Bu platalar tashqi ulanish uchun kontaktli tiqinlar bilan jihozlangan. Agar boshqaruv tizimi bir nechta platalardan tashkil topgan bo‘lsa, ular yacheyka (katak) ko‘rinishida bajariladi va kasseta yoki bloklarga joylashtiriladi. Elektr yuritmalarning boshqaruv tizimlarida birxillashtirilgan blokli konstruksiyalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Yarim o‘tkazgichli kuch elementlari konstruktiv jixatdan odatda yarim o‘tkazgichli kuch bloklarida joylashtiriladi.
Past kuchlanishli kontkatli boshqaruv apparatlari (kontkatlar, relelar) odatda himoyalangan panellarga yoki reykali konstruksiyalarga o‘rnatiladi. Elektr jihozlarini tashqi muhit ta’siridan himoyalash hamda ishlovchining tokli qismlarga bevosita tegib ketishidan himoyalanish maqsadida bloklar va panellar metall shkaflarga joylashtiriladi. Elektr jihozlarning himoyalanganlik darajasi qoplamalarining himoyalash darajasiga qarab (IP)GOST 14254 -80 bo‘yicha aniqlanadi.
Past kuchlanishli kontaktli qurilmalarning himoyalash qobiqlari bo‘yicha ijrosi.
9.2- jadval.
Qattiq jismlar tegishidan himoya
Namlik ta’siridan himoya
xarakteri
Himoya yo‘q
Himoya yo‘q
0
50 mmdan ko‘p emas
00burchak ostidagi tomchi
1
12 mm gacha
120burchakli tomchi
2
2,5 mm gacha
yomg‘ir
3
1,0 mm gacha
sachratqi
4
chang
sepma
5
o‘tkazmaydigan
to‘lqinlar
6
Cho‘ktiriluvchi (germetik) ijro
7
Qobiqning himoyalanganligi IPX1X2ko‘rinishida belgilanadi.X1birinchi raqamli qattiq moddalarning tushishidan himoyalaydi, ikkinchi raqam X2esa namlik ta’siridan himoyalanish uchun mo‘ljallangan past voltli komplektli tuzilmalar odatda IP21 himoyalanish darajasi bilan ishlab chiqariladi. Namlik bo‘lgan joydar yong‘in havfi bo‘lgan va changlik yuqori bo‘lgan sharoitlarda ishlash uchun mo‘ljallangan past kuchlanishli komplektli qurilmalar esa IP44 yoki IP54 darajali himoyalanish sinfi bilan ishlab chiqariladi. Agar past kuchlanishli komplektli qurilma bir nechta ochiq panellardan iborat bo‘lsa va ular bir karkasda o‘rnatilsa, u ochiq boshqaruv shitini tashkil qiladi. Bir nechta shkaflardan tashkil topgan past kuchlanishli komplektli qurilmalar yopiq boshqaruv shitlari deyiladi.
Tarkibida yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichi bo‘lgan past kuchlanishli komplektli yopiq qurilmalarda (avvalo yarim o‘tkazgichlardan) ajralayotgan issiqlikni tashqariga chiqarib tashlash talab etiladi. Issiqlikni chiqarib tashlashi bo‘yicha shkaflar tabiiy xavo aylanishli yoki ventilyatorlar yordamida majburiy xavo aylanishli ijroda bo‘ladi.
9.11 - rasmda past kuchlanishli komplektli qurilmalar turlari keltirilgan.