Elektr yuritmalarni rele - kontaktorli boshqarish.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida ochiq konturli rostlash tizimida ishlaydigan, bevosita tarmoqdan ta’minlanadigan eletr motorli elektr yuritmlar keng tarqalgan. Bularnig aksariyati qisqa tutashgan rotorli yoki faza rotorli asinxron motorlardir. Bunday tizimlarda kontaktli yoki kontaktsiz releli ulagichlardan foydalaniladi. Yurgazish va o‘chirish uchun elektrmagnit kontaktorlar va tiristorli kommutatorlar ishlatiladi. O‘chirish – yoqish tez – tez amalga oshirish talab qilinganda tiristorli kommutatorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Elektr yuritmani mantiqiy boshqarish funksiyasi odatda ulanishi cheklangan (5 A gacha) elektrmagnit va boshqa turdagi relelar yordamida bajariladi. Zamonaviy diskretli boshqaruvli elektr yuritmalarda mantiqiy boshqarish ko‘proq kontaktor chulg‘amiga chiquvchi dasturlanadigan kontrollerlar zimmasiga yuklanadi.
10.1 va 10.2 - rasmlarda rostlanmaydigan reversli va reverssiz asinxron yuritma sxemalari keltirilgan.
Ba’zi bir texnologiyalar elektr yuritmani to‘xtatish statik moment ta’sirida to‘xtatishdan ko‘ra tezroq amalga oshirilishini taqazo etadi. Bunday holatarda boshqaruv sxemalarida elektrik tormozlash usullaridan dinamik tormozlash, teskari ulab (reverslab) tormozlash va elektrmagnitli tormozlar yordamida mexanik tormozlash kabi to‘xtatishlardan foydalaniladi.
10.1 - rasmda dinamik tormozlanishli reversslanmaydigan elektr yuritmaning prinsipial sxemasi keltirilgan.
- rasm. Dinamik tormozlanishli reverssiz asinxron elektr yuritmaning sxemasi
Sxemaga ta’minot QF o‘chirgichi yordamida uzatiladi, stator chulg‘amiga beriladigan o‘zgaruvchan tok kuchlanishi esa KM1 kuch kontaktori bilan beriladi, o‘zgarmas tok kuchlanishi KM2 dinamik tormozlanish kontaktori orqali ulanadi. O‘zgarmas tok manbai T transformator V to‘g‘irlagichlardan tashkil topadi va ular tarmoqqa faqat tormozlanish rejimida KM2 kontaktori orqali ulanadi.
«Yurgazish» buyirug‘i SB2 – tugmasini bosish bilan beriladi. Bu tugma bosilganda KM1 kontaktori ulanadi va motor tarmoqqa ulanadi. Motorni to‘xtatish
uchun SB1 – tugmasi bosiladi va KM1 kontaktor o‘chiriladi hamda motor tarmoqdan uziladi. Yopiq kontaktli KM1 blok – kontakti bir vaqtning o‘zida KM2 kontaktorni ulaydi va motor statori chulg‘amiga o‘zgarmas tokni ulaydi. Motor dinamik tormozlanish rejimiga o‘tadi. Stator chulg‘amiga berilayotgan o‘zgarmas tok davomiyligi (vaqti) KT vaqt relesi yordamida rostlanadi. KT rele chulg‘ami o‘chirganda uning KM2 chulg‘ami zanjiridagi kontakt vaqt tutilishi bilan uziladi.
Sxemada «nol», maksimal – tokli va issiqliq himoyalari qo‘llanilgan. Ular mos ravishda KM1 kuch kontaktori QF avtomatik o‘chirgichi, FP1vaFP2 issiqlik relelari orqali amalga oshiriladi. Boshqarish zanjiri FU1 va FU2 saqlagichlari bilan himoyalangan. Istalgan bir himoya ishga tushishi bilan KM1 kontaktori o‘chiriladi. Sxemada ishlatilgan KM1yopiq blok – kontakti yordamida KM2 kontorining bloklanishi bu ikkala kontaktorlarning bir vaqtda ulanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Agar texnologik shartlar bo‘yicha to‘xtatishni tezlatish talab qilinsa, teskari ulanish bilan tormozlanishdan foydalaniladi. Bunday usulda tormozlash bilan ishlaydigan reversli asinxron motorning ish sxemasi 9.3 - rasmda keltirilagn. Elektr yuritmadan foydalanish shartlariga ko‘ra boshqaruv zanjirlari TS transformatori orqali kamaytirilgan standart kuchlanish bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |