Bu sxema bo‘yicha elektr yuritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri yurgazish, aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish, teskari ulanish bilan tezlikni nazorat qilib tormozlash imkoniyatlariga ega bo‘lamiz. Bunda elektrmotor valiga o‘rnatilgan SR tezlikni nazorat qilish relesidan sezuvchi element sifatida foydalaniladi ωSR≥ 0,01 ∙ ωnyumot.bo‘lganda bu rele SR (old) yoki SR(orq) kontaktori yopiladi. Texnologik jarayon talablariga ko‘ra aylanish yo‘nalishiga qarab sxemaga buyruqlar quyidagi boshqaruv tugmalari orqali beriladi: SB2 – (oldinga), SB3 – (orqaga) va SB1(to‘xta). Stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanish ABS fazalar ketma – ketligi bo‘yicha KM1 (old) kontaktori bilan, CBA fazalar ketma – ketligi bo‘yicha KM2(orq) kontaktori bilan beriladi. Elektr yuritmani to‘xtatish tugmasi SB1 – KT tormozlash relesining chulg‘am zanjiriga ulangan. Bu esa aylanish qaysi tomonga bo‘lishidan qat’iy nazar teskari ulanish bilan tormozlanish rejimini hosil qilishni ta’minlaydi. KM1 – (old) va KM2 kontaktorlari chulg‘amlarida SB3, KM2 – (orq) va SB2, KM1 bloklash kontaktorlari mavjud bo‘lib ular yuqoridagi kontaktorlarning bir vaqtda ulanib qolishidan saqlaydi.
Elektr yuritmani boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi. SB2 – (old) tugmasi bosilganda KM1 chulg‘am zanjiri hosil bo‘ladi, KM1 kontaktori ishga tushadi va asinxron motor statori chulg‘amini is’temol tarmog‘iga ulaydi.
Elektr motor aylanishi boshlangandan keyin tezlik nazorati relesi ishga tushadi SR –(old) kontaktni ulaydi. Bu bilan u, agar SB1- tugmasi bosilganda sxemani elektr yuritmasini to‘xtatishga tayyorlaydi.
Elektr yuritmani reverslash uchun SB3-(orq) tugmasini bosish kerak. Bundan keyin KM1 chulg‘am zanjiridagi SB3 bloklash kontakti ochiladi. KM1 kontaktori elektr motorni tarmoqdan uzadi. Bir vaqtning o‘zida KM2 chulg‘ami kuchlanish oladi va KM2 kontaktori manba fazalari ketma – ketligini o‘zgartirgan holda motor statori chulg‘amini manbaga ulaydi. Elektr motorning magnit maydoni teskari yo‘nalishda aylanishni boshlaydi. Motor rotori esa o‘z inersiyasi bilan avvalgi yo‘nalishda aylanishni davom ettiradi. Shuning uchun asinxron motor oldin teskari ulanish bilan tormozlash rejimiga o‘tib keyin teskari tomonga aylana boshlaydi. Teskari aylanish boshlangandan so‘ng tezlik nazorati releysi SR – (orq) kontaktini
ulaydi va sxemani to‘xtashga tayyorlaydi. Yuritmani to‘xtatish uchun SB1-(to’xt) tugmasi bosilib tormozlash relesi KT chulg‘amiga kuchlanish beriladi va bu rele ulanadi. KM2 kontaktori kuchlanishni yo‘qotadi va stator chulg‘amini manbadan uzib qo‘yadi. Bu vaqtda KM2 kontaktori o‘zining bloklash kontakti KM2 ni KM1 chulg‘am zanjiriga ulaydi. KM1 kontaktori ulanadi. Stator chulg‘ami fazalar ketma
ketligi to‘g‘ri bo‘lgan yo‘nalishga ulanadi. Shuning uchun asinxron motor teskari ulanishli tormozlash rejimiga o‘tadi. Aylanish tezligi nolga tushganda SR nazorat relesi SR – (orq) kontaktini uzadi va KM1 kontaktor chulg‘ami manbadan uziladi natijada KM1 kontaktori stator chulg‘amini manbadan uzib qo‘yadi.
Ba’zi texnologik qurilmalarda ikki tezlikli elektr motorli yuritmalardan foydalaniladi. Bunday holatlarda stator qutb juftliklarini almashtirib ulash uchun maxsus sxemadan foydalaniladi.
10.3 - rasmda ikki tezlikli asinxron motorli reverssiz elektr yuritma sxemasi keltirilgan. Sxemada elektr motorni uchburchak ulanishdan ikki yulduzli ulanish nazarda tutilgan. Bunday sxema texnologik qurilmaning ishchi organida quvvatni saqlab qolib tezlikni o‘zgartirish talab qilingan joylarda ishlatiladi.