Elektr yuritmaparametrlarini bo‘ysinuvchirostlashliko‘p
konturlitizimlari.
Yaxshi tez ta’sir etish qobiliyatiga ega bo‘lgan va o‘tish jarayonlarining kerakli xarakteriga ega bo‘lgan yopiq konturli elektr yuritma tizimini taxlil qilish masalasini hal qilish maqsadida parametrlarni bo‘ysinuvchi rostlash yo‘lli muvofiqlashtirish usuli ishlab chiqilgan. Bu usul qisqa qilib bo‘ysinuvchi rostlash usuli deyiladi.
Jamlanuvchi kuchaytirgichli rostlash tizimli elektr yuritmada talab qilingan mexanik xarakteristikalar shakllantirilgandan so‘ng, uning dinamik xarakteristikalari noma’qul bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni tebranuvchanligi yuqori, qayta rostlanishi, tez ta’sir etishning sustligi. Bunday holatlarga rostlash tizimiga aniqlashtiriuvchi qurilmalar yoki egiluvchan teskari bog‘lanishlarni faqat o‘tish jarayonlari paytiga kiritish talab qilinadi. Dinamik xarakteristikalarni jamlanuvchi kuchaytirgichli sxemalarda aniqlashtirish masalalari alohida adabiyotlarda ko‘rib chiqilgan.
Jamlanuvchi kuchaytirgichli tizimni tuzish murakkab bo‘lganligi sababli hozirgi paytda ular faqat rostlash diapazoni va sifatiga yuqori talab bo‘lmagan tizimlarda bo‘ysinuvchi rostlash tizimiga o‘rin bergan holda ishlatiladi.
Bo‘ysinuvchi rostlash tizimining prinsipi shundaki, unda rostlanadigan har bir parametr uchun (tok, tezlik) alohida rostlash konturi tashkil etiladi. Bu kontur esa albatta rostlash ob’yekti, rostlagich va rostlanadigan parametr bo‘yicha manfiy
teskari bog‘lanishdan tashkil topadi. Ichki konturli elektr yuritmalar tizimida kontur sifatida tok konturi qabul qilinadi.
TO’ – D yuritma tizimida tok konturidagi rostlash ob’yekti ikki bo‘g‘indan iborat bo‘ladi:
tiristorli o‘zgartirgich TO’
o‘zgarmas tok motor yakor zanjiri (8.10 - rasmga qarang).
Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, tiristorli o‘zgartirgichni KTO’uzatish funksiyali proporsional bo‘g‘in sifatida qarash mumkin emas. Tiristorli o‘zgartirgich o‘z ishlash prinsipiga ko‘ra diskret element hisoblanadi. Boshqariluvchi o‘zgartirgichga impulsli ta’sir qilinadi, ya’ni tiristorning boshqaruvchi elektrodiga ochuvchi impuls uzatiladi. Navbatdagi tiristorni yoqish bilan o‘zgartirgichga ta’sir qilish ma’lum bir vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni impuls – fazali boshqaruv tizimi keyingi tiristorga impuls berganidan so‘ng. Shuning uchun tiristorli o‘zgartirgichni kechiktiruvchi elementli dinamik bo‘g‘in sifatida qarash tavsiya etiladi. Bunda kechiktirish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi:
WTO’(p)= (10.7)
- kattaligi vaqt doimiysi bo‘lib, 0,0034 dan 0,01 s gacha olinadi.
Yarim o‘tkazgichli keng – impulsli boshqaruvli o‘zgartirgichlarni TTO’ vaqt doimiyli aksdavrli bo‘g‘in sifatida ko‘rish qulay bo‘ladi:
TTO’= Bu yerda – o‘zgartirgich keng – impulsli rostlagichning chastota tashuvchisi. Bunday o‘zgartirgichlar odatda yuqori tez ta’sir etuvchanlikka ega bo‘ladi, chunki chastota tashuvchi odatda bir necha kGs ga teng bo‘ladi.
Motorning yakor zanjiri «katta» vaqt doimiysiga ega bo‘lgan aks davrli bo‘g‘in bilan aniqlanadi
Wya(p)= (10.8)
Tok konturining tarkibiy sxemasi 10.12 - rasmda keltirilgan.