10.5 Jamlovchi kuchaytirgich bilan o‘zgarmas tok elektr yuritmasining rostlash tizimi.
10.9 - rasmda TO’ – D tizimi bo‘yicha o‘zgarmas tok elektr yuritmasining funksional sxemasi keltirilgan. Bu tizimning mexanik xarakteristikalari tenglamasi (4.7) ga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
, (10.1)
Bu yerda: – yopiq konturli rostlash tizimining erkin aylanish tezligi.
- yopiq konturli rostlash tizimida mexanik xarakteristikalar bikirligining absolyut qiymati.
– motor yakor zanjirini ta’minlovchi o‘zgartirgichning elektr yurituvchi kuchi.
10.9 - rasm. Tezlik bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishli TO’ – D tizimining funksional sxemasi
4.2 bobda aytilganidek, tezlik bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishli boshqaruv tizimlari β mexanik xarakteristikalar bikirligi ochiq konturli tizim mexanik xarakteristikalar bikirligiga nisbatan (1+K) marta oshadi. Bu yerda K – ochiq tizimning kuchaytirish koeffitsienti. Ko‘rilayotgan sxema uchun bu koeffitsient
(10.2)
ga teng bo‘ladi. Bu yerda:
- kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti,
= Ed/uy – o‘zgartgichning kuchaytirish koeffitsienti,
= utez.t.a / ω – tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanish koeffitsienti.
C = kФ – mashina doimiysi.
Ko‘rilayotgan boshqaruv sxemali elektr yuritma quyidagi tenglamalar tizimi bilan ifodalanadi:
Ub= utez.v- utez.t.a = utez.v – kωω.
(10.3)
Ud = C ·ω+ IyaRyaz M = C · Iya
Bu tenglamalar tizimidan yopiq konturli tizimdagi yuritma mexanik xarakteristikalari uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(10.4)
4.5 - rasmda tezlik bo‘yicha yopiq konturli boshqarish tizimida mexanik xarakteristikalar va ularni shakllantirish keltirilgan. (9.6) dan kelib chiqib aytish mumkinki mexanik xarakteristikalarning bikirligini oshirish uchun kuchaytirish koeffitsienti K ni oshirish kerak. Bunga esa kuchaytirgich koeffitsienti ku ni oshirish bilan erishish mumkin. Odatda texnologik qurilmalarni ishlatish shartlariga va motor kollektoridagi ulanish shartlariga ko‘ra motor hosil qiladigan maksimal moment qiymati (2 3)Mn oraliqda cheklanishi kerak. Bu maqsadda yopiq konturli elektr yuritma tizimlarida yakor toki bo‘yicha tutilgan teskari bog‘lanish qo‘llaniladi. Yakor toki bo‘yicha tutilgan teskari bog‘lanishli o‘zgarmas tokli elektr yuritmaning funksional sxemasi 10.10 - rasmda keltirilgan. Bu sxemada tokning tutilishi VS1vaVS2 stabilitronlar orqali amalga oshirilgan. Tok bo‘yicha teskari bog‘lanish tenglamalari quyidagicha bo‘ladi:
Utok.t.a.= 0, agar |Iya|≤ Itut
utok.t.a = ( |Iya|- Itut)km, agar |Iya|>Itut bo‘lsa
bu yerda: Itut – yakor toki, bu tok qiymati oshirilganda tok bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish amal qila boshlaydi.
utok.t.a - tok bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish signali (kuchlanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |