Mexanik xarakteristikalar nisbatan yuqori bikirlikka ega (asinxron motorning tabiiy mexanik xarakteristikasining bikirligidan tahminan 2 barobar kam) va invertorning qarshi E.YU.K. oshib borishi bilan ordinata o‘qi yo‘nalishi bo‘ylab bir – biriga parallel ravishda siljib boradi. (6.24) va (6.25) tenglamalar mexanik xarakteristikalarni momentning qiymati 0,72 Mkbo‘lgunga qadar xisoblash imkonini beradi. Buning asosiy sababi rotor tokining nosinusoidalligi, kaskad sxemada motorning kritik momentiga erishilmaydi va maksimal moment Mmaks= 0,83 Mkga teng bo‘ladi, ya’ni kaskad sxemada asinxron motorning zo‘riqish qobiliyati 17% kamayib ketadi.
Ko‘rilayotgan sxemada tezlikni rostlash prinsipi quyidagicha. Agar boshqaruv burchagini β = 900qilib o‘rnatsak, unda invertorning qarshi E.YU.K. Edinolga teng bo‘ladi. Bu shartga mexanik xarakteristikaning yuqori chizig‘i mos keladi. Agar motor valida Mqstatik moment bo‘lganda β burchak kamaytirsak (masalan β = 600bo‘lsa), unda invertorning qarshi E.YU.K. Edrdan katta bo‘ladi. Rotor toki nolgacha tushadi (to‘g‘irlagichning bir tomonlama o‘tkazuvchanligi hisobiga tok orqaga o‘ta olmaydi). Motor momenti nolga teng bo‘ladi va statik moment ta’sirida motor tezligi kamaya boshlaydi, natijada sirpanish ortib boradi.
Sirpanish ortib borishi bilan rotorning E.YU.K. oshadi. Sirpanish S02qiymatdan katta bo‘lganda rotor zanjiridan tok o‘ta boshlaydi va motor S02ga mos keladigan mexanik xarakteristikalar bilan ishlay boshlaydi. Motor tezligi berilgan mexanik xarakteristika bilan statik moment chizig‘i bilan kesishish nuqtasida aniqlanadi. Undan keyin tezlikni kamaytirish uchun invertorning qarshi E.YU.K.ni yana oshirish kerak, ya’ni β burchakni kamaytirish kerak.
Motor tezligini oshirish uchun invertorning qarshi E.YU.K. Edikamaytiriladi, bunda rotor toki ortadi, moment kattalashadi va motor tezlanish oladi. Tezlik oshib borish bilan rotorning to‘g‘rilangan E.YU.K. kamayadi, Shuningdek motorning toki va moment ham kamayadi. Motorning tezlanishi motor momenti qiymatigacha kamaygunga qadar davom etadi.
Tezlikni rostlash imkoni chuqurligi transformator kuchlanishi U2Tnisbiy qiymati bilan aniqlanadi. Bu kattalikka esa maksimal sirpanish S0maksbevosita bog‘liq bo‘ladi (6.22 formula).
Bu sharoit ventilli kaskadlarni asosan ventilyatorsimon yuklangan mexanizmlar yuritmalarida qo‘llashni tavsiya etadi. Bunday yuritmalarda odatda tezlikni 50% dan kamaytirish zarurati bo‘lmaydi. Undan transformator va invertor quvvati asinxron motor quvvatiga nisbatan 2 barobar kam olinishi mumkin. Bu esa elektr yuritmaning arzonlashishiga olib keladi.
Invertor transformatorining talab qilingan quvvati taxminan quyidagi munosabat bilan aniqlanadi
Str = ,
ya’ni, motor quvvatining maksimal sirpanishiga proporsional bo‘lgan qismiga teng bo‘ladi. Kaskad sxemasida tezlikni to‘liqsiz diapazonda rostlaganda motorni eng past tezlikda yurgazish vazifasi turadi. Odatda bunday hollarda reostatli yurgazish sxemasidan foydalaniladi.
Shunday sxemadan biri 6.19 - rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxemada motor KM1 kontaktori ulangan holatda va KM2 kontaktor o‘chirilgan holatda tezlanish oladi. Motor reostatli yurgazish sxemasida ishlaydi. Motor ω0 (1-s0maks)dan katta
tezlikka o‘tganda KM2 kontaktori ulanadi va KM1 kontaktor uziladi va motor ventilli kaskad sxemasi bo‘yicha ishlay boshlaydi.