O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOSHQARUVIDA IJRO HOKIMIYATINING O’RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Download 140,92 Kb.
bet9/19
Sana23.05.2023
Hajmi140,92 Kb.
#942852
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA IJRO HOKIMIYATINING SHAKLLANISHI

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOSHQARUVIDA IJRO HOKIMIYATINING O’RNI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
2.1. Ma’muriy islohotlar: ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy modeli
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida qator xorijiy davlatlarda ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi davlat hokimiyati idoralari faoliyati samaradorligini baholashning turli modellari shakllanishiga, xususan baholash ko‘rsatkichlarining tabaqalashuviga olib keldi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat hokimiti o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimi faqat rahbarlar emas, balki aniq bir shaxsning ham o‘zini namoyon etishi hamda muhim institutsional o‘zgarishlar tashabbuskori bo‘lishi uchun erkin va haqiqiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina ravnaq topadi. Albatta, bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va muayyan davlatdagi kuchli, ochiq hamda adolatli fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bu borada Osiyo mintaqasida rivojlangan Xitoy va Yaponiya davlatlarida amalga oshirib kelinayotgan zamonaviy ma’muriy islohotlar ham alohida e’tiborga loyiq. Xitoydagi ma’muriy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari apparati xodimlarini qisqartirish, takrorlanuvchi funksiyalarni bartaraf etish, Davlat kengashi tuzilmasini qayta tuzish, samarali kadrlar siyosatini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurash kabi vazifalar ustuvorligi belgilangan. Bir paytning o‘zida islohotlar jamiyatdagi barqarorlikni buzilmasligiga jiddiy e’tibor berildi. Buni nohukumat tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha davlat organlari funksiyalari kuchaytirilganida ham ko‘rish mumkin45.
XXI asrning boshida boshlangan Yaponiyadagi ma’muriy islohotlarning o‘ziga xos jihati davlat xizmati funksional va tarkibiy o‘zgarishlarga asosiy e’tibor qaratilishi bilan izohlanadi. Buning asosiy mazmuni yagona davlat tartibini joriy etish mexanizmi doirasida umumiy boshqaruvchilik darajasini ko‘tarish maqsadida huquq va javobgarlikni qayta taqsimlashdan iborat. Islohot natijasida bosh vazir va uning funksional roli kuchaytirildi, vazirlik va idoralar qayta tuzildi, ular ma’muriyati faoliyatini baholashning yangi shakllari joriy etildi, bir qism boshqaruv funksiyalari quyi organlarga berildi, davlatning kadrlar siyosati o‘zgartirildi.
Xususan, Yaponiyada davlat boshqaruvi kadrlar siyosatida betaraflik, xolislikni ta’minlash hamda kadrlar masalasini ilmiy asoslantirilgan boshqaruvini rivojlantirish uchun ma’lum bir davlat xizmatchisiga nisbatan kadrga oid ishlar bevosita qo‘l ostida bo‘lgan rahbari tomonidan emas, balki boshqa davlat organi tomonidan kadrga doir vakolatlar professional tarzda bajara oladigan tizimning ishlab chiqilganligida.
Mamlakatda amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar boshqaruv tizimida bosh vazirning siyosiy rolini oshirish, ijro hokimiyati faoliyatini takomillashtirish, uning siyosiy jarayonlarda ishtirokini hamda malakali mutaxassislarni qo‘llab quvvatlash, ya’ni yuqori boshqaruv idoralariga safarbar etish, shuningdek davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada pasaytirish hamda xususiy sektorda davlat ulushini qisqartirish masalalarini qamrab oldi. Bunda bir nechta qonunlar muhim rol o‘ynadi46.
Aynan Yaponiyada ushbu tizim:
1) alohida (har bir) davlat xizmatchisining ishga olinishi, ishdan bo‘shatilishi, bo‘ysunuvi va xodim ustidan nazorat olib borish kabi bevosita kadrga oid masalalar markaziy davlat organlari darajasida vazirlik, qo‘mita va boshqa organlar rahbarlari (ya’ni vazir, rais va h.k) tomonidan, mahalliy darajada esa prefektura (viloyat, shahar, tuman) mer (hokim)lari tomonidan amalga oshiriladi;
2) kadrga oid boshqaruvda siyosiy betaraflik, xolislikni ta’minlash hamda kadrlar masalasining ilmiy asoslantirilgan boshqaruvini ta’minlash maqsadida mustaqil organ-kadrlar masalasi bo‘yicha davlat boshqaruvi organini joriy etilishi.
Davlat markaziy apparati darajasida bunday organ Kadrlar boshqarmasi deb nomlansa, mahalliy darajada kadrlar bo‘yicha komissiya yoki adolat komissiyalari faoliyat yuritadi47.
Bu borada 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Qonun tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash jarayonini yanada yuqori bosqichga olib chiqdi. Xususan, mazkur qonun bilan jamoatchilik va parlament nazorati institutlarini joriy etish uchun konstitutsiyaviy asos yaratildi, ijro etuvchi hokimiyatning vakillik organlari oldidagi mas’uliyati yanada oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mexanizmini samarali tartibini o‘rnatish jarayonida ijro etuvchi apparatning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
AQShda davlat boshqaruvi samaradorligini baholash texnologiyalarining konseptual rivoji 1936-yilda tayyorlangan “Ma’muriy boshqaruv” to‘g‘risidagi hujjat bilan bog‘liq. Aynan ushbu hujjat “ma’muriy samaradorlik – faqatgina hisobot va turli ma’lumot hamda resurslarning oqilona sarfidangina emas, balki boshqaruv markazida turgan yetakchining qobiliyati, professional kadrlar mavjudligi, moliyaviy nazorat va rejalashtirish kabi omillarga tayanishini ko‘rsatadi”48.
1993-yilda mamlakatda hukumat faoliyati va natijalari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi (GPRA – Government Performance and Results Act)49. Ushbu hujjat asosini faoliyatni aniq vazifa va maqsad asosida boshqarish (MbO – Management by Objectives) tashkil etdi. Mazkur Qonun asosida barcha davlat idoralari faoliyatini tegishli dastur va strategik rejalarning bajarilishi natijasiga qarab baholash amaliyoti kiritildi. Bu davlat idoralari faoliyatini erishilgan samaradorlik asosida moliyalashtirishni nazarda tutdi. Qonunda davlat tashkilotlarida kamida 5 yilga mo‘ljallangan strategik reja ishlab chiqilishi lozimligi belgilab qo‘yildi. O‘z navbatida, strategik reja — aniq maqsad va vazifalarni qamrab olishi, ularni amalga oshirish muddatlari qat’iy belgilanishi, ko‘zlangan natijalar aniq ko‘rsatilishi hamda unga erishish yo‘llarini o‘zida aks ettirishi lozimligi qayd etildi.
Bizningcha, AQSH tajribasi asosida O‘zbekistonda: 1) “Davlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish; 2) barcha davlat idoralari faoliyati samaradorligini ko‘rsatuvchi maxsus portalni ishga tushirish; 3) davlat tashkilotlari o‘zlarining kamida 5 yilga mo‘ljallangan strategik rejalarini ishlab chiqishi va shuning asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiq.
Yevropa davlatlarida boshqaruvda ma’muriy islohotlarni joriy etish biznes tuzilmalarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan model va uslublar qo‘llaniladi. Bugungi kunda mintaqaning aksariyat davlatlarida “Umumiy baholash sxema”si (CAF – Common Assessment Framework) amaliyotga kiritilgan. Ushbu tizim 2000 yildan boshlab, Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, u davlat va mahalliy boshqaruv sifatini oshirish va baholash tizimini aks ettiradi. CAF modeli kompleks yondashuvni taqozo etadi. Davlat boshqaruvida ushbu modelning qo‘llanishi quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- ijro hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali samaradorlikni oshirish;
- davlat va mahalliy boshqaruv organlari faoliyatiga bevosita iste’molchiga yo‘naltirilgan sifatli boshqaruv amaliyotini joriy etish;
- davlat boshqaruvida benchmarking texnologiyasini (ilg‘or xorjiy tajribani qo‘llash) joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish.
Hozirda CAF modelini qo‘llash Yevropa Ittifoqining 27 ta davlatida ma’muriy islohotlarni o‘tkazishning muhim qismi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu modeldan mintaqadagi 1,8 mingdan ziyod turli tashkilotlar o‘z faoliyati samaradorligini baholashda foydalanadi. CAF nisbatan sodda uslub bo‘lib, asosan umumiy menejment (TQM – Total Quality Management)50 yondashuvi hamda (EFQM – European Foundation for Quality Management)51 modellariga asoslangan holda boshqaruv samaradorligi va sifatini oshirishni nazarda tutadi. CAF 4 ta asosiy maqsadni o‘zida birlashtiradi:
1. Ma’muriy boshqaruvga sifat menejmenti tamoyillarini kiritish. “Rejalashtir va bajar” tamoyilidan “rejalashtir-bajar-nazorat va ta’sir qil” tamoyiliga o‘tish.
2. Boshqaruv faoliyatini tashxislash va yaxshilash maqsadida o‘z-o‘zini baholash mexanizmini joriy qilish.
3. Boshqa sifat menejmentlari bilan o‘zaro aloqa vositasi bo‘lish.
4. Budjet tashkilotlari o‘rtasida eng yaxshi amaliyotni o‘rganish va tajriba almashishni ta’minlash.
CAF modeli tomonlarning muayyan faoliyatdan qoniqqanlik natijalarini baholash imkonini beradi. Baholash ko‘rsatkichlari iste’molchilar (fuqarolar) fikrini sotsiologik so‘rovlar, fokus-guruhlar o‘tkazish orqali aniqlanadi. Ayrim manbalarda Yevropa davlatlarida ma’muriy boshqaruvning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) ishonchlilik va oldindan ko‘ra bilish; 2) ochiqlik va shaffoflik; 3) hisobdorlik; 4) samaradorlik va natijadorlik52.

  • Mahalliy davlat boshqaruvi organlariga berilgan vakolatlar, vazifalar keng qamrovli bo‘lib, ular hududlarning barcha tarmoq va sohalarini kompleks rivojlantirishga, aholi turmush farovonligini yaxshilashga mas’ul hisoblanadi. Mahalliy hokimliklarning mazkur sohadagi vakolatlarini belgilaydigan qonun hujjatlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, mahalliy boshqaruv tizimida hamda ularning huquqiy asoslarida quyidagi muammolar mavjud:

  • vakillik va ijro hokimiyatining funksional vazifalarining aralash holda ekanligi, vakolatlarining aniq chegarasi yo‘qligi;

  • hokimlikning turli bo‘g‘inlarida (viloyat, tuman va shahar hokimliklari) va markaziy davlat boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalarida (tuman, shahar bo‘limlari) vakolat, vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmaganligi;

  • hududiy bo‘g‘indagi davlat organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari, hududiy boshqarmalar va bo‘limlar) faoliyatini tartibga soluvchi va ularning funksional vazifalarini aniq belgilab beruvchi huquqiy hujjatning mavjud emasligi;

  • markaziy davlat boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalarida ikki tomonlama bo‘ysunishning mavjudligi (bir tomondan, tegishli hudud hokimiga, ikkinchi tomondan, markaziy idora rahbariga);

  • mahalliy bo‘g‘inning turli darajalarida bajarilayotgan vazifa va funksiyalarning bir-birini takrorlashi;

  • joylardagi mahalliy hokimliklarning hududlarni rivojlantirish dasturlari va loyihalarni ishlab chiqishdagi tashabbuskorligining past darajada ekanligi, ya’ni markazga kuchli bog‘lanib qolganligi va boshqalar53.

Ijtimoiy ahamiyatga ega qarorlarni ommaviy muhokama qilish mexanizmlarini rivojlantirish davlat idoralari faoliyati uchun xosdir. Qaror qabul qilingunga qadar fuqarolar, jamiyat vakillari bilan maslahatlar uzuq-yuluq tusga ega va butkul hokimiyat idoralarining xohishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlardan maqsad ijroiya hokimiyat idoralari va fuqarolik jamiyatining o‘zaro harakati samaradorligini oshirish, shuningdek davlat idoralari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari faoliyatining ochiq va oshkoraligini oshirishdir.
Ma’muriy islohotlar doirasida davlat va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatining oshkoraligini kuchaytirishning meyoriy-huquqiy va uslubiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, ijro hokimiyati idoralari va jamiyat o‘zaro muloqotini takomilashtirishni ta’minlash zarur. Xususan, fuqarolik jamiyatining (fuqarolarning, tashkilotlar, ishbilarmonlik, tadbirkorlik guruhlarining) ijro hokimiyati idoralarining ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tayyorlash va qabul qilishga tegishli bo‘lgan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishning ta’sirchan yo‘llarini yaratish zarur.
Ma’muriy tartibga solish davlat funksiyalari va xizmat standartlari bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Bunda standartlar boshqaruv tizimida fuqaro, tashkilot va davlat organlari o‘rtasidagi faoliyatni ma’muriy jarayonlarning yakuniy sifati va miqdoriy tavsifini belgilab beradi54.
Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf qilish uchun quyidagi mexanizmlar ishlab chiqilishi va ular endi to‘la joriy qilinishi lozim:
davlat idoralari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni ochish;
tayyorlanayotgan qarorlarning ommaviy muhokamasini o‘tkazish;
ijro hokimiyati idoralarining ijtimoiy ahamiyatga ega qarorlarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish;
fuqarolik jamiyati vakillarini meyoriy-huquqiy hujjatlarni va fuqarolar hamda tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tegishli bo‘lgan qarorlarini hamda ijro hokimiyati idoralari qarorlarini tashkil etish, tekshirish va tayyorlash bo‘yicha tekshirish idoralariga, ishchi guruhlarga va boshqa tuzilmalarga kiritish;
ijro hokimiyati idoralari huzurida fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida jamoatchilik kengashlarining yaratish va ularning faoliyat olib borishi;
oshkoralik mezoni bo‘yicha ijro hokimiyat idoralari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralarining reytinglarini belgilash.
Bizningcha, yuqorida tilga olingan chora-tadbirlar quyidagilar hisobiga amalga oshirilishi lozim: statistik hisob va hisobot berish tizimini, shu jumladan, davlat xizmati iste’molchilari (fuqarolar va tashkilotlar) va davlat xizmatchilarini sotsiologik tadqiqotlardan o‘tkazish amaliyotini joriy qilish tizimini rivojlantirish; xalqaro klassifikatorlarga o‘xshash hamda taqdim etilayotgan statistik axborotning shaffofligi va davlat hokimiyati idoralari faoliyatining oshkoraligini yuksaltirishga imkon beruvchi yangi milliy klassifikatorlardan statistik amaliyotda foydalanishga o‘tish.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar yangi bosqichining konseptual asoslari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (7.02.2017 y.); 2) O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi (8.09.2017 y.); 3) O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-tamoillar to‘g‘risida”gi Qonuni (8.01.2018 y.); 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (28.12.2016 y.).
Bunday hujjatlar qatorida shubhasiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan birinchi marta amaliyotga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 va 2018 yillardagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarini ham ko‘rsatish lozim. Ushbu hujjatlarda: a) davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash55;
b) boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish, davlat xizmati institutini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi ta’sirchan kurash mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari faoliyatini rejalashtirish va samaradorligini oshirish56; v) davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich o‘tish57 kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. Shu munosabat bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar, tarmoq va hududlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, ustuvor investitsiya loyihalari va boshqa dolzarb vazifalar bajarilishini tanqidiy tahlil qilish yuzasidan amaldagi mavjud tizim samaradorligini oshirishimiz lozim” deya ta’kidlagan edi58.
O‘tgan qisqa vaqt mobaynida59 mahalliy boshqaruv sohasida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlardan biri – bu siyosiy tizimda ZAKTlarining faol qo‘llanilishi bo‘ldi. Bu davlat va xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bo‘lgan Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish hamda xalq bilan doimiy muloqot olib borish orqali fuqarolar muammolarini hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.
Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4197-son Qarori qabul qilindi60.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizomda Xalq qabulxonalarining asosiy vazifalari qatorida “aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta’minlash”61 belgilab qo‘yildi. Bu o‘rinda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal qilish uyma-uy yurish asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligini alohida qayd etish lozim.
Fikrimizcha, bunday yondashuv muayyan muammoni bevosita o‘sha joyning o‘zida, ya’ni mahalliy (lokal) tartibda hal etish ahamiyatini yanada oshiradi. Shuning barobarida mahalliy davlat hokimiyati idoralari mas’uliyati va javobgarligining oshishiga xizmat qiladi.
O‘tgan yillar davomida davlat boshqaruvi sohasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, jumladan ushbu sohaga zamonaviy usullarni joriy etish hamda turli mavjud va ehtimoliy tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida 2017-yil 8-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5185-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonning 1-ilovasida O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi tasdiqlandi.
Shu o‘rinda qayd etib o‘tish kerakki, respublikamizda 2003-yilda ham ma’muriy islohotlar amalga oshirilgan edi. Buning asosida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa bajarilganini qayd etish lozim. Birinchidan, iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan va amalga oshirilayotgan ishlar bu borada bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida 11 ta tizimli muammolar sanab o‘tildi62. Ushbu muammolarni mamlakatimizda ma’muriy islohotlarni amalga oshirishning obyektiv zarurati sifatida qayd etish mumkin.
Ma’muriy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bunday islohotlar yakunida: 1) davlat tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati oshadi; 2) korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashning nisbatan ta’sirchan mexanizmlari ishlab chiqiladi; 3) davlat xizmatchilari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi; 4) davlat xizmatchilari faoliyatiga erishilgan natijaga qarab baho beriladi; 5) davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashning uzluksiz tizimi joriy qilinadi; 6) davlat hokimiyati idoralari faoliyatiga bozor munosabatlari joriy qilinadi va h.k.
Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi” tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi sifatida davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini ushbu sohada tegishli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqqan holda kompleks va tanqidiy tahlil qilish qilib belgilab berildi.
Bizningcha, bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida davlat hokimiyati idoralarining fuqarolarga munosabatini tubdan yaxshilash vazifasi tashkil qilmoqda. Bu jarayonda mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish institutining takomillashuvi asosiy o‘rin tutadi. Ushbu omilni O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarni amalga oshirishni jadallashtirishning muhim jihatlaridan biri deyish mumkin.
Rejalashtirilayotgan ma’muriy islohotlar, shunchaki shakliy o‘zgartirishlar, qaysid ir tashkilotni tugatib, boshqasini tashkil etish emas, balki davlat va jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga javob beradigan zamonaviy davlat menejmentini joriy etish va o‘z navbatida strategik maqsadlarimizga erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi lozim.
Fikrimizcha, mazkur konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirishning yangi bosqichi “xalq bilan muloqot va demokratlashuv jarayonlarining jadallashuvi davri”, - deb yuritilishi maqsadga muvofiq. Zero, O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimiga ma’muriy islohotlarni joriy etish, boshqaruv subyektlarining har bir bo‘g‘inini institutsional asosda birlashtirish, shaffof axborot almashinuvini ta’minlash, hududlarning tizimli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarini tayyorlash va kasbiy rivojlantirishda kuchli omil bo‘lishi tabiiy. Bu bilan, O‘zbekistonda ma’muriy islohotning siyosiy mazmuni, ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, resurslarni qayta taqsimlash hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun davlat tomonidan tartibga solish tizimidagi institutsional o‘zgarishlar jarayonidir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvini isloh qilish va modernizatsiyalash masalasi strategik vazifaga aylanmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi (1) va uning doirasida qabul qilinadigan yillik dasturlar (2), shuningdek davlat boshqaruvi sohasiga ZAKTlarni faol jalb qilish (3) yo‘nalishlarida ko‘rinadi. Shuningdek, yangi siyosiy muhit va sharoitda ma’muriy islohotlar Konsepsiyasining qabul qilinishi hamda davlat xizmatlarining institutsionallashuvi jarayonlari bunga dalil bo‘la oladi.



Download 140,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish