O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi



Download 140,92 Kb.
bet17/19
Sana23.05.2023
Hajmi140,92 Kb.
#942852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA IJRO HOKIMIYATINING SHAKLLANISHI

III bobga doir qisqacha xulosa:
O‘zbekiston “elektron hukumat” tizimining davlat va biznes boshqaruvidagi o‘rni nihoyatda katta ekanligidan kelib chiqib, bu sohani rivojlantirishni hokimiyat organlarini modernizatsiyalashning negizlaridan biri sifatida isloh etmoqda. Bozor iqtisodiyotining barcha sohalariga, kundalik hayotga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish, “elektron hukumat” tizimini tatbiq etish borasida ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilish maqsadida muhim qadamlar qo‘yildi. Pirovardida barcha davlat organlari “elektron hukumat” tizimining ahamiyati va afzalliklarini anglab yetdi, bu yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Bunda, birinchi navbatda, davlat va biznes boshqaruvini modernizatsiyalash va axborotlashtirishni parallel ravishda olib borish, dastlabki loyihalarni ishlab chiqish, xususan, interaktiv xizmatlar bo‘yicha ehtiyoj va xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatni aniqlash, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida takliflar, loyiha konsepsiyasining ishlab chiqilishi – hozirgi islohotlarning mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda. Umuman olganda, amalga oshirilgan islohotlar sarhisob qilinganida quyidagi xulosalarga kelindi:
– O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘li tariximizda “asrlarga teng” o‘tish davri sifatida o‘rin oldi;
– mustaqillik davrida rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan iqtisodiyot tizimi shakllandi, iqtisodiy salohiyatga erishish manbai – o‘rta mulkdorlar sinfi shakllandi;
– kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni izchil ravishda amalga oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirildi;
– O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlatga xos bo‘lgan siyosiy tizim shakllandi, davlat hokimiyati boshqaruvini nomarkazlashtirishga doir islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda;
– aholida yurt kelajagi va istiqboliga, ertangi kunga nisbatan ishonch ruhi shakllandi;
– davlatimizni dunyo hamjamiyatida e’tirof etdi va uning obro‘-e’tibori yuksaldi;
– taraqqiyotning “O‘zbek modeli” o‘zining mazmuni va qo‘yilgan maqsadlari ilmiy asoslangani, hayotiy ahamiyati va natijalari bilan to‘g‘ri tanlanganligi isbotlandi;
– mustaqillik davrida davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish hamda yangilash amalga oshirildi;
– ta’lim tizimi tubdan isloh etilganligi, milliy g‘oya, mafkura, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va sport sohalaridagi ishlarning o‘zaro uyg‘unligi va samaradorligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani va mamlakat taqdiri, xalqimiz hayoti uchun dolzarb va o‘ta muhim ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy masalalar amalda o‘z yechimini bosqichma-bosqich topayotgani kabi holat va natijalarni har bir fuqaro bilishi va teran anglashi davr taqozosiga aylandi.
Konsepsiyada belgilangan oltita muhim yo‘nalishlarning asosida O‘zbekistonning kelajagi, dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, ozod va obod vatanni, erkin va farovon hayotni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish va demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlar maqsadi va intilishi bo‘lgan fuarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilanganini ta’kidlash lozim.
Konsepsiyaning mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan «Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirish» yo‘nalishida islohotlar, boshqaruv tizimining isloh etilishi va hokimiyatlar bo‘linishining konstitutsiyaviy tamoyillari hayotga izchil tatbiq etilgani, qonun chiqaruvchi organ, ijro etuvchi hokimiyat vakolatlari va sud tizimini liberallashtirish, shuningdek, hokimiyat boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini takomillashtirish, ularning xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini kamaytirishga e’tibor beriladi.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash hamda mamlakatimizni demokratlashtirish jarayonida milliy strategiyamiz – “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Konsepsiya g‘oyalarini amalga oshirish natijasida mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanadi, istiqbolda O‘zbekiston rivojlangan mamlakatlarga qiyoslanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy marralarga erishadi.


Xulosa
O‘zbekiston Respublikasida ijro organlari tizimidagi islohotlarning asosiy strategik pirovard maqsadi – mamlakatda demokratik fuqarolik jamiyati va mustahkam huquqiy davlat qurishdir. O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalash sohasidagi yangilanishlar yo‘lidagi zamonaviy ustuvor maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida alohida belgilab berilgan.
Mamlakatni modernizatsiya qilishga doir islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili o‘zgarishlarning hozirgi bosqichida hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Mustaqillik davrida ijro hokimiyat organlarining ish samaradorligini oshirish jarayonida vakillik hokimiyatining tutgan o‘rni va salohiyatini kuchaytirish, ayniqsa, ularning nazorat funksiyalarini qonuniy asosda mustahkamlash masalalariga muhim ahamiyat berildi. Davlat tasarrufida asosan konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, samarali tashqi siyosat o‘tkazish kabi vazifalar qoldirilishi mo‘ljallandi.
O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalashning innovatsion omillarini o‘rganish asosida quyidagi xulosalar ilgari surildi:
Mamlakatni har tomonlama modernizatsiyalash va liberallashtirish yo‘liga o‘tgan Yangi O‘zbekistonda davlat boshqaruvini demokratlashtirishning muhim omili bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini takomillashtirish siyosiy modernizatsiyaning asosiy yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimi institutsional va funksional jihatdan murakkab tuzilishga ega ekanligi ushbu tizimni yangi davr talablaridan kelib chiqqan holda modernizatsiya qilishni taqozo etadi.
Ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalashga doir konsepsiyalar va asosiy islohot paradigmalari (Yangi davlat boshqaruvi – New Public Management, Jamoatchilik boshqaruvi – Public Governance va Yangi Vebercha davlat – Neo-Weberian State) asosida har bir mamlakat o‘ziga xos strategik dastur yoxud model ishlab chiqishi lozim hamda bu O‘zbekistonda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi shaklida namoyon bo‘ldi.
XXI asrda davlat boshqaruvi tizimini, xususan, mahalliy ijroiya hokimiyati tizimini modernizatsiyalash holati, eng avvalo, sohaga siyosiy innovatsiyalarni joriy etish darajasi bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda ijro hokimiyatini modernizatsiyalashga qaratilgan islohotlar tizimning xalqchilligini ta’minlash, nomarkazlashtirish, optimallashtirish va samaradorlik, natijadorlikni kuchaytirish tamoyillariga asoslanishi lozim.
O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimidagi samarali islohotlar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni meyorlarini yanada takomillashtirish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.
2020-2021-yillarda butun dunyoni qamrab olgan global pandemiya sharoitida o‘zaro “ijtimoiy masofa”ni saqlash va masofaviy boshqaruvni tezkor rivojlantirishga bo‘lgan talablarning keskin o‘sishi mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatida onlayn tartibda aholiga xizmat ko‘rsatishga va hokimiyat organlari o‘rtasida o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan “elektron hukumat” tizimida innovatsion texnologiyalarning ahamiyatini ko‘rsatib berdi.
Innovatsion texnologiyalarni mahalliy ijroiya hokimiyati tizimiga joriy etishda, eng avvalo, ularning aniq natija keltira olishiga, milliy mentalitetga mos kelishiga e’tibor qaratish, innovatsiyalarni dastlab tajriba tariqasida kichik hududlarda amalga kiritib, undan olingan natijalarni atroflicha tahlil qilib, so‘ngra bu borada umumiy xulosalar qabul qilinishi davlat innovatsion siyosatining muhim tamoyili bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda viloyat, tuman va shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi funksional maqomini bekor qilish mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatini yanada demokratlashtirish va hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amaliyotga to‘la tatbiq etishga xizmat qiladi.
Dissertatsiyada O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalashning innovatsion omillarini tadqiq etish asnosida o‘rganilgan muammolarning yechimlari sifatida quyidagi taklif va tavsiyalar shakllantirildi:
Ijro hokimiyati tizimini modernizatsiyalashga doir konsepsiyalar va asosiy islohot paradigmalari (Yangi davlat boshqaruvi – New Public Management, Jamoatchilik boshqaruvi – Public Governance va Yangi Vebercha davlat – Neo-Weberian State) asosida “O‘zbekistonni mahalliy ijro hokimiyatini innovatsion rivojlantirishning milliy modeli”ni yaratish hamda ushbu modelning asosiy tamoyillari sifatida fuqarolarini huquqlarini to‘la ta’minlash, nomarkazlashtirish, optimallashtirish va samaradorlik, natijadorlikni kuchaytirishni belgilash lozim;
Yangi O‘zbekistonda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan mahalliy ijroiya hokimiyati islohotlaridan kelib chiqib, 1993-yilda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
Ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirishni ta’minlashga qaratilgan quyidagi yangicha siyosiy mexanizmlarni joriy etish mumkin: a) davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5185-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiq natijalar bo‘yicha boshqaruvga amalda o‘tkazish; b) davlat hokimiyati apparatiga kadrlarni yollash tartibini, mansabdorlarning malaka oshirish tizimlari va usullarini o‘zgartirish; v) davlat xizmatchilarini yalpi raqobatbardoshlik tizimini yaratish, yosh va iste’dodli mutaxassislarni jalb qilish; c) davlat xizmatchilarining mustaqil jamoatchilik attestatsiyasini joriy etish; d) jamiyat oldida hokimiyatning ochiqlik va oshkoralik darajasini oshirish; e) fuqarolarning jamoatchilik tashabbuslarini ilgari surish va mahalliy ijroiya hokimiyat organlari qarorlarini qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish.

Download 140,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish