3.2. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatida “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish istiqbollari
Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish davlat xizmatlarini yanada samaraliroq, tezroq va arzonroq narxlarda taqdim etishni, shuningdek, AKT va bilimlarni boshqarish asosidagi boshqaruv bilan bog‘liq jarayonlar hamda tartiblarni qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u raqamli O‘zbekistonning kun tartibini, milliy strategiya va bilimlar jamiyatida ma’muriyatni modernizatsiyalashga qaratilgan harakatlar rejalarini qo‘llashga tegishlidir. AKT dasturlaridan foydalanish jamiyat uchun muhim imtiyozlarni belgilovchi imkoniyatlar va vositalarni baholab, davlat ahamiyatini oshirish orqali davlat boshqaruvi o‘zgarishiga olib keladi.
Davlat boshqaruvi tezkor va iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlarga duch kelishi, yangi texnologiyalar taqdim etgan imkoniyatlarni inobatga olishi va ochiqlik, oshkoralik va fuqarolarning ishtirokiga qaratilgan yangi xizmatlarni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy islohotlarga “moliyaviy qiyinchiliklar va budjetni konsolidatsiya qilish kuchaygan paytlarda” erishish kerak.
Shunday qilib, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish xizmatlarning tezkorligi, samaradorligi va sur’atini oshirishga, bashorat qilish, ishonchlilik va hisobdorlikning yuqori standartlariga erishishga qaratilishi kerak. Davlat boshqaruvida innovatsion faoliyatga yangi xizmatlar yoki foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqada xizmatlarni taqdim etishning yangi usullari, shuningdek ish majburiyatlarini qayta tashkil etish, yangi qo‘llab-quvvatlash va logistika tizimlari va boshqaruvning yangi tizimlari kiradi.
Ichki davlat sektorining mukammalligi AKTdan bir necha kanallar orqali foyda ko‘rishi mumkin: davlat sektori xodimlari odatdagi vazifalardan xalos bo‘lishadi, bir nechta protsessual qadamlar tashqi manbadan olinishi mumkin, tranzaksion xarajatlar pasayganda uzatilayotgan ma’lumotlarning sifati oshadi va ba’zi vazifalar markazlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ma’muriy birliklarning elektron ma’lumot almashinuvi qarorlarni qabul qilishni tezlashtirishi, ichki ishlov berish vaqtini qisqartirish va shu bilan tartibga solish hamda siyosatni qo‘llashni yaxshilashi mumkin.
Elektron hukumat strategiyasi odamlarning hayotini osonlashtirishga, resurslardan unumli foydalanishga, fuqarolar va korxonalarning xavfsizligi va shaxsiy hayotini ta’minlashga ko‘maklashadi va mutanosiblik, foydalanuvchi markazliligi, foydalanuvchilarni jalb qilish tamoyillariga asoslangan, shuningdek ochiqlik, xavfsizlik va maxfiylik, ko‘p tilli, ma’muriy soddalashtirish, oshkoralik, ma’lumotlarning saqlanishi, ochiqlik, qayta foydalanish, texnologik betaraflik va moslashuvchanlik, samaradorlik shular jumlasidandir.
Elektron hukumat tushunchasi davlat organlari ishiga AKTni joriy etish bilan bog‘liq holda BMT, Butunjahon banki va boshqa tashkilotlarning ixtisoslashgan organlarining yetakchi mutaxassislari tomonidan joriy etilgan edi. Bugungi kunda elektron hukumat tushunchasini ta’riflashga yagona yondashuv shakllanmagan, bu ko‘pincha AKTdan davlat organlarida foydalanishga yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi tizimida talqin qilinmoqda. AQShning 2002-yilning 17-dekabrdagi H.R. 2458 «Elektron hukumat to‘g‘risida» (The E-Govenment Act) Qonunida elektron hukumatga shunga o‘xshash ta’riflar mavjud80. Internet va hukumat muassasalarining yaxlit ichik kompyuter tizimlariga birlashtirilgan axborot va xizmatlar admashinuvining federal tizimi yoki davlat organlarining Internet tarmog‘i orqali fuqarolar, fuqarolik jamiyati va tadbirkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro harakat qilishning yalpi tizimidir. “Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq”81.
E – hukumat aksariyat ta’riflarida uni joriy etishning texnologik jihatlari tomon siljish kuzatilmoqda: u davlat boshqaruvini tashkil etish tamoyillarini o‘zgartirish g‘oyasi sifatida emas, balki davlat boshqaruvidagi mavjud munosabatlarning axborot oshkoraligini hamda shaffofligini ta’minlash uchun tuzilma ko‘rinishida tasavvur qilinmoqda. Ammo elektron hukumatdan foydalanish g‘oyasi tashkilotlar, davlat tamoyillarini yalpi o‘zgartirishdan iborat. Davlat infratuzilmasining shakliy tarmog‘ini yaratish boshqaruv jarayonlarining butun tizimini reinjiniring bilan birgalikda kechishi, ularning byurokratlikdan xoli qilinishi, byurokratik madaniyatdagi eskicha qarashlarning bartaraf etilishi bilan hamohang borishi lozim.
Binobarin, elektron hukumat (e-government) – bu axborotlashgan jamiyatga xos bo‘lgan davlat boshqaruvini amalga oshirish konsetsiyasidir. U fuqarolarning ehtiyojlariga yo‘naltirilganlik, iqtisodiy samaradorlik, jamoatchilik nazorati va tashabbusi uchun ochiqlik xususiyatlariga ega. U jamiyat bilan ta’sirchan, moslashuvchan qayta aloqaga ega bo‘lgan yagona ijtimoiy mas’ul oshkora institut sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu shuningdek, korrupsiya va byurokratiya bilan kurashishning eng yaxshi usullaridan biri bo‘lib rasmiy tuzilmalar faoliyatining shaffofligini ham ta’minlaydi. U axborot telekommunikatsion texnologiyalarning imkoniyatlariga va ochiq jamiyat qadriyatlariga tayanadi. “Hozirgi kunda aksariyat davlat organlari rahbarlari “elektron hukumat” deganda, faqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinigina tushunishadi. Ammo AKT elektron hukumatning kichik bir bo‘lagi bo‘lib, uni ko‘rinib turgan muz qoyasidek tasvirlash mumkin. YA’ni elektron hukumatning beshdan bir qismigina AKTga bog‘liq bo‘lib, qolgan asosiy qismini davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, ma’muriy jarayonlarni takomillashtirish va normativ-huquqiy bazani muvofiqlashtirish orqali barpo etish mumkin”82.
Mamlakatimiz istiqbolidagi eng muhim vazifalardan biri “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqishdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng omma muhokamasiga qo‘yildi. Loyihada telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish; Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish; vazirlik va organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarning raqamli texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish nazarda tutiladi.
Shuningdek, ilg‘or xalqaro tajriba asosida “elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlanmoqda. Loyihada “Elektron hukumat” sohacini tartibga solish mexanizmlarini yanada takomillashtirish; amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish; “Elektron hukumat” tizimida mas’ul organlarning vazifa va vakolatlarini belgilash, yangi strategik rejalashtirish mexanizmlarini joriy etish; shaxsni tasdiqlashning muqobil, xavfsiz va sodda usullaridan foydalangan holda fuqarolarga bitta elektron raqamli imzo kaliti orqali barcha turdagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish; axborot tizimlari va resurslarini yaratish bo‘yicha yagona talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutiladi83.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga84 asosan tashkil etilgan. Markaz faoliyatining yo‘nalishlari:
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida dasturlarni kelgusidagi strategik yo‘nalishlari, yagona yondashuv, mexanizm va bosqichlarini ishlab chiqish va muhim masalalar ko‘zda tutilgan85.
Jahon tajribasida elektron hukumatni shakllantirish va rivojlantirish dasturlarining global maqsadlari quyidagilardan iborat:
Davlatga fuqaroning ishonchini oshirish;
Davlat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish;
Davlat organlarini ta’minlashga sarf harajatlarni kamaytirishdir.
Axborotlashgan jamiyatga xos bo‘lgan davlat boshqaruvini amalga oshirish shakli sifatidagi elektron hukumat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yagona portalda fuqarolar va tadbirkorlar uchun onlayn xizmatlar;
b) hukumat va parlament tuzilmalarida elektron hujjat aylanishi;
v) axborotning takrorlanishi va takroriy harajatlarning oldini olish uchun turli hukumat tuzilmalari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlar bazasi;
g) ko‘pincha – hukumat ichki transaksiyalari uchun yopiq ixtisoslashgan axborot tarmog‘i (internet) (masalan, Govnet);
d) keng tarqalgan axborot telekommunikatsion infratuzilmasi;
y) axborotni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishdagi kriptografiya tizimi va boshqa usullar;
j) raqamli imzo;
z) elektron kalit, smart kartalar, axborotga kirishga ruxsat berish va u bilan harakatlarni amalga oshirishning boshqa vositalari.
Jahonda elektron hukumatni tashkil etishning eng muhim tamoyillari, bular:
Davlat organlari faoliyatining shaffofligi va mas’ulligi;
Davlat organlarining jamiyat bilan o‘zaro harakatlarida qayta aloqaning mavjudligi;
Barcha axborotlar va xizmatlarga ega bo‘lish uchun fuqaroning hukumat veb portaliga bir marta murojaat qilishi (“yagona darcha”).
Do'stlaringiz bilan baham: |