O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi


Elektron boshqaruv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bilimlarni boshqarish o‘rtasidagi munosabatlar tizimlari



Download 140,92 Kb.
bet16/19
Sana23.05.2023
Hajmi140,92 Kb.
#942852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA IJRO HOKIMIYATINING SHAKLLANISHI

Elektron boshqaruv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bilimlarni boshqarish o‘rtasidagi munosabatlar tizimlari



Bundan tashqari, elektron hukumatning joriy etilishi davlat apparati faoliyatini ta’minlash va mablag‘lashtirishga harajatlarni sezilarli kamaytirish hamda soliq to‘lovchilarning mablag‘larini tejashga olib keladi.
Elektron hukumatning g‘arbcha ko‘rinishi 3 asosiy shaklni o‘z ichiga oladi:
a) G2G –hukumat hukumatga; b) G2B – hukumat tadbirkorlikka; v) G2C –hukumat fuqarolarga86.
G2G xizmati joriy etilishining bevosita barcha hukumat tuzilmalarida elektron hujjat aylanishiga to‘la o‘tish bo‘lib, bu hanuzga qadar hujjatlarni uzatish, ko‘paytirish, izlash va tarqatishga sarf qilinayotgan harajat materiallarini hamda kichik xodimlarning vaqtini anchagina tejashni ta’minlaydi. Elektron hujjat aylanishi, shuningdek davlat xizmatchilariga, eng avvalo, oliy va o‘rta boshqaruv bo‘g‘ini vakillariga vaqtdan oqilonaroq foydalanishga imkon beradi. G2G xizmati, shuningdek, hukumatning turli tarmoqlari, har xil tuzilmalar, mahalliy bo‘linmalar va h.k.lar o‘rtasida moddiy, moliyaviy va kadrlar zahiralaridan foydalanish, ularni taqsimlar va qayta taqsimlashni optimallashtirishning samarali mexanizmi hamdir. Bu joriy etilishi bilan ayrim davlat xizmatchilari o‘rtasida mintaqalararo va mahalliy darajadagi hamkorlik jarayoni ham yengillashadi.
G2G joriy etilishining yana bir ijobiy natijasi – bu xizmatda ilgari surilish jarayonini soddalashtirish hisobiga turli darajadagi amaldorlarning salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashishdir. Elektron hukumat unsuri va axborotlashgan jamiyat vositasi sifatidagi G2G xizmatining asosiy vazifalaridan biri – bu umuman elektron hukumat g‘oyasini nazardan qochirish imkoniyatini hamda uni qisman zararli avtomatlashtirishning bir ko‘rinishiga aylantirib yuborishni oldini oladi.
Elektron hukumat loyihasini amalga oshirish doiralarida hukumatning fuqaroga va hukumatning tadbirkorlikka ko‘rsatadigan xizmatlarining (G2C va G2B shakllari) asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: a) byurokratiyani yo‘qotish; b) hukumat tuzilmalarida fuqarolarga tayanishni joriy etish; v) zahiralarni bo‘shatish; g) navbatlardan qutulish; d) tadbirkorlik sohasida xususiy tashabbusni qonuniylashtirishni soddalashtirish, mamlakatdagi kichik va o‘rta tadbirkorlikni faollashtirish; ye) ma’muriy boshqaruvni optimallashtirish; j) hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish yo‘li bilan tadbirkorlik yuritishni arzonlashtirish.
G2B va G2C xizmatlari keng auditoriyaga ushbu xizmatlar ta’sir ko‘rsatish sohasida u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy guruhlar vakillariga mo‘ljallangandir. Aynan shular iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ilmiy sohada xususiy tashabbusni rag‘batlantiradi. Elektron hukumatning ushbu shakllaridan kelib chiqadigan davlat va fuqarolar o‘zaro muloqotlarining o‘zgarish jarayonlari davlatning iqtisodiy rivojlanishi, uning fuqarolari farovonlikka erishishi uchun o‘ta maqbuldir.
Elektron hukumat xususiy texnologik yechim sifatida emas, balki davlatni boshqarish shakli sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Shu boisdan, u jamiyatni axborot borasida keng ko‘lamli qayta o‘zgartirish unsuridir. Davlat boshqaruvi tizimining mazmunini o‘zgartirish zaruriyati yangi axborot texnologiyalari “ishlab chiqaruvchi - iste’molchi” munosabatlari paradigmasini butkul o‘zgartirib yuborayotganligi, bu esa, davlat uchun mijozlar va sheriklar bilan o‘zaro harakatning butun tizimi va tartibotlarini qayta ko‘rib chiqishni anglatishidan vujudga keladi. “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”87.
Fuqarolar va jamiyat, umuman olganda jahondagi boshqaruv jarayonlariga yanada chuqurroq va batafsilroq ta’sir o‘tkazishning yangi imkoniyatlarini qo‘lga kiritishlari lozim. Bu yerda, davlat qo‘lga kiritayotgan eng muhim narsa – bu ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning yangicha sifatidir. Axborotlashgan jamiyat sharoitidagi davlat mashinasi o‘z zahirasida bevosita boshqarish (ma’muriy ta’sir o‘tkazish) hamda an’anaviy va sanoatlashgan farmatsiyadan meros qolgan cheklanishlarni saqlab qoladi. Ammo davlatda asosida bevosita bo‘lmagan ta’sir o‘tkazish va muloqot strategiyasi joylashgan yanada moslashuvchan, gorizontal hamda vertikal birlashgan boshqaruvchi algoritmlarga tayanuvchi tarmoqli mexanizmlar va texnologiyalardan foydalanish hisobiga o‘z samaradorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish istiqbollari bir qator shartlarga rioya qilishdan kelib chiqadi. Davlat boshqaruvini qayta barpo etish, elektron hukumatni yaratish va amal qilish uchun quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) tegishli meyoriy huquqiy bazani qabul qilish;
b) kompyuter savodxonligini kengaytirish;
v) davlat va jamoatchilik tuzilmalari vakolatlarining ustuvorlik sohalarini qayta taqsimlash;
g) jamiyatning qadriyatli maqsadlarini yangilash va h.k.
Bunday o‘zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati tamoyillari, fuqarolar, ularning uyushmalari va tadbirkorlari oldida hokimiyatning barcha tarmoqlarini nazorat qilish va mas’ulligini belgilashni amalga oshirish sxemasiga ham tegib o‘tishi lozim.
Elektron hukumat faqatgina fuqarolar va hukumat tuzilmalarining munosabatlarini emas, balki hukumat ichidagi – alohida tarmoqlar, bosqichlar, bo‘linmalar o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘zgartiradi. Hukumatning ichidagi, uning turli bo‘linmalari va tarmoqlari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal aloqalarga urg‘u berish yuz beradi. Hukumat ichidagi axborot tarmog‘ini yaratish hisobiga vazifalar va axborotni majburan takrorlash, ayrim organlar ishi va ayrim ishlarning bajarilishi ustidan nazorat va tekshiruvni parallel olib borish bartaraf etiladi.
Mavjud ayrim muammolar “Elektron hukumat” tizimi to‘liq ishga tushishiga ma’lum ma’noda to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, avvalo, joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tashabbusning yuqori turuvchi davlat organlari tomonidan chiqishi hamda aksariyat mahalliy davlat organlari rahbarlari o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ikkinchi darajali masala sifatida yondashishi mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimi to‘liq joriy etilishini bir qadar sekinlashtirmoqda.
Mazkur jarayon ijtimoiy hayot asoslarini belgilovchi uch sektor – davlat, jamoatchilik va ishbilarmonlik sektorlari tomonidan birgalikda joriy etilishi mumkin. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 33-bandida 2020-yil 1-iyulgacha “Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot tizimi – “business.gov.uz” Yagona interaktiv portalini moddiy-texnik jihatdan takomillashtirish” vazifasi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va rejada portalni modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish; tizim va mobil ilovaning talablarini o‘rganish va tahlil qilish; o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida talablarni ishlab chiqish va joriy qilish nazarda tutiladi88.
Raqamli demokratiya elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish jarayonida fuqarolarning axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish natijasi sifatida vujudga keladi. Bunday demokratiya fuqarolarning axborot innovatsiyalariga psixologik moslashuvining muayyan darajasini, hokimiyat tuzilmalari bilan o‘zaro harakat jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlarini taqozo etadi.
Raqamli demokratiya elektron hukumat doiralarida fuqarolarga davlat bilan hamkorlikda o‘z manfaatlarini himoya qilish shakli va bunday hamkorlik turidir. Agar G2G, G2B, G2C (xuddi shuningdek qarama-qarshi - B2G, C2G) - sektorlari hukumat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro harakatning, elektron hukumat tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanishning eng samarali usuli bo‘lsa, raqamli demokratiya mazkur imkoniyatlarni shakllantirish vositasidir. Raqamli demokratiya orqali fuqarolar va tadbirkorlar hukumat ularga aynan qanday xizmatlarni va qanday tarzda taqdim etishini aniqlab oladilar, o‘zaro harakat doirasidagi o‘zaro mas’uliyatni belgilaydilar.
Axborotlashtirish va elektron hukumat tizimini rivojlantirishda sohani tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Elektron hukumatning huquqiy asosi deganda – elektron hukumatni joriy etish va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish borasida, shuningdek, ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday munosabatlarni tartibga solish borasida davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarning yig‘indisini nazarda tutish lozim bo‘ladi89.
O‘zbekiston Respublikada elektron hukumat barpo etishdan asosiy maqsad tashkilotlar va fuqarolarga oshkora va arzon elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratish va rivojlantirishdir90. Mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy etish O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son “Elektron hukumat to‘g‘risida” qonunida belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunning asosiy vazifalaridan biri ham davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratishdir.
Elektron hukumatni yaratish ikki o‘zaro bog‘liq (hamda bir vaqtning o‘zida mustaqil) loyihalarini amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlab kelingan – bu ichki hukumat axborot infratuzilmasini (korporativ tarmoqni) fuqarolar va tashkilotlar bilan o‘zaro harakat qiluvchi tashqi axborot infratuzilmasini shakllantirishdir. Dastur joriy qilish natijasida AKT asosida davlat organlari va mahalliy boshqaruv organlarini takomillashtirish hamda iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo, logistika, soliqlarning real sektorida axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali umumdavlat va muassasaga tegishli axborot tizimlarini ishlab chiqishga va joriy etilgan edi.
O‘zbekistonda nihoyasiga yetgan loyihalardan eng muhimi sifatida 2011-yilda Davlat elektron xizmatlarining yagona portali orqali my.gov.uz ishlab kelmoqda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, respublika hamda viloyat kutubxonalari va mahalliy axborot markazlari tarkibida korporativ kutubxona tarmog‘ini yaratildi, “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ma’muriy tartibotlarni ado etish uchun davlat organlari va tashkilotlarning elektron o‘zaro harakatini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizim yaratildi. Shuningdek, Soliq, sog‘liqni saqlash, Bojxona organlarining yagona avtomatlashgan tizimlari yaratildi.
2021-yilga borib Xalqaro elektron aloqalari ittifoqi (XEAI) va BMT (jahonning 50 yetakchi mamlakati safiga kirish) baholar tizimiga ko‘ra davlatlar reytingidagi Respublika mavqeining sezilarli yuksalishi Strategiyani amalga oshirishning asosiy ko‘rsatkichiga aylanishi lozim. Strategiyaga ko‘ra, kelgusida elektron hukumatni yaratish uchun bir qator vazifalar hal qilinishi lozim. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) o‘z ichiga quyidagilarni olgan yagona AKIT (axborot kommunikativ infratuzilma) yaratish, jumladan, Respublika, viloyat va tumanlardagi organlarning mahalliy tarmoqlarini birlashtiruvchi davlat organlarining korporativ intranet tarmog‘i;
2) aholi va tadbirkorlik tuzilmalarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro harakat jarayonlarini imkon qadar soddalashtirish va arzonlashtirishga imkon beruvchi tashkilotlar va fuqarolarga elektron xizmatlar ko‘rsatish davlat tizimining faoliyat ko‘rsatishini yaratish va ta’minlash91:
Umuman olganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jamiyatga salbiy oqibatlardan ko‘ra ijobiy natijalarni ko‘proq olib kelishi ayon haqiqatdir. Mazkur jarayon mamlakatimiz hukumati tomonidan keng o‘rganilgan holda izchil amalga oshirilmoqda. Demak, davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini demokratiyaning bir ko‘rinishi sifatida ifodalasak, to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, bu muhim jarayonlar orqali davlat boshqaruviga ochiqlik, transparentlik, oshkoralik ham keng tatbiq etiladi92.
Shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat va jamiyat hayotiga tatbiq etilishi katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Birinchidan, bu vaqt va resurs tejalishi imkonini bersa, ikkinchidan, korrupsiya va xizmat vakolati suiiste’mol qilinishining oldini oladi. Uchinchi ijobiy tarafi – bu jarayonlarning soddalashuvidir.
Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning salbiy oqibatlari ham borligini unutmasligimiz lozim. Avvalambor, bu ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalasiga taalluqlidir. Davlat boshqaruvi tizimiga AKTni joriy etish qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarini, umuman davlat boshqaruvi tizimining samarali amal qilishi sifatini yuksaltirishga imkon beruvchi davlat organlarining o‘zaro harakat qiluvchi axborot – tahlil xizmatlarini yaratib berishi va amal qilishini ta’minlashga umid qilinmoqda.


Download 140,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish