Kuzatish usullari: Odatda mikraskop yordamida tekshirilayotgan predmetlar o’zidan nur chiqarmaydi. Shuning uchun ularni qo’shimcha yoritish kerak bo’ladi. Ko’p hollarda kuzatilayotgan predmetlar shaffof moddaning yupqa kesimi bo’lib, o’tuvchi yorug’likda kuzatiladi. Aberturasi 0,25 dan katta bo’lmagan tizimlarda sochilgan kunduzgi yorug’likning o’zi yetarli bo’ladi. Bu yorug’lik botiq oynadan ma’lum bir burchak ostida qaytariladi. Boshqa hollarda sunniy manbalar va maxsus yoritish tizimlaridan foydalanish lozim bo’ladi. Mikraskop orqali kuzatilayotgan pereparatning strukturasini, bu pereparatni tashkil qilgan zarrachalar bir biridan va atrof muhitdan yorug’likni yutishi (qaytarishi) yoki sindirish ko’rsatkichi bilan farq qilganda ajratish mumkin. shuning uchun pereparatning xarateriga bog’liq ravishda mikraskopiyada kuzatishning turli usullaridan foydalaniladi.
1.Yorug’ maydon usuli – o’tuvchi nurdagi yorug’ maydon usuli strukturaning turli xil sohalari yorug’likni turlicha yutish shaffof pereparatlarning tekshirishda qo’llaniladi. Yorituvchi sistemadan chiqayotgan nurlar dastasi pereparat va obyektivnidan o’tish bir tekisda yoritilgan maydonni hosil qiladi. Bu maydon tekisligida pereparatning turli qismlari o’ziga tushayotgan yorug’likni yoki yutadi yoki qaytaradi.
Qaytgan yorug’likdagi yorug’ maydon usuli shaffof bo’lmagan obyektlarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Pereparatni yoritish yuqoridan ya’ni obyektiv orqali amalgam oshiriladi. Bunda obyektiv yorituvchi sistema vazifasini ham bajaradi. Tasvir pereparatga tushayotan yorug’likning pereparatning har xil sohalaridan turlicha qaytarilishi va qaytgan nurlarni turli xil intensiflikka ega bo’lishi yordamida hosil qilinadi.
2.Yoritilmagan maydon usuli – O’tuvchi yorug’likdagi qorong’u (yoritilmagan) maydon usuli shaffof yorug’likni yutmaydigan obyektlarning tasvirini hosil qilish uchun biologiya miniralogiya va boshqa sohalarda ishlatiladi. Pereparatni yorituvchi yorug’lik dastasi bevasita obyektivga tushmaydi. Tasvir pereparat elementlariningmayda strukturasida sochilgan yorug’lik yordamida hosil qilinadi. Mikraskopning ko’rish maydonidagi qorong’i fonda mayda detallarning yorug’ tasvirlari vujudga keladi. Katta detallarning esa faqatgina yorug’ chetlari kuzatiladi.
Qaytgan nurdagi qorong’i maydon usulida pereparatni yoritish obyektiv atrofiga joylashtirilgan xalqasimon oynalar sistemasidan foydalanilgan holda yuqoridan amalgam oshiriladi. O’tuvchi nurlardagi kabi bu yerda ham tasvir obyekt tomonidan sochilgan nurlar yordamida hosil qilinadi. Obyekt yuzasidan qaytgan nurlar obyektivga tushmaydi.
3.Qutublangan nurlar yordamida tekshiish usuli – bu usul nurni ikki marta sindiruvchi yoki qaytaruvchi analizatrop obyektlarni o’tuvchi va qaytgan yorug’lik yordamida tekshirishda qo’llaniladi. Analizatrop pereparatlarni tekshirishda mikraskopning odatda qo’llaniladigan sxemasidagi yorituvchi sistemadan oldin polerezatrop obyektivdan keyin esa analizator bir biiga nisbatan parallel yoki kesishuvchi holda bo’ladi. Kesishuvchi polerezator va analizator holati uchun mikraskopning qorong’i ko’rish maydonida qorong’i yorug’ yoki bo’yalgan anizatrop obyektning elementlari kuzatiladi. Bu elementlarning ko’rishi obyektning polerezatsiya tekisligiga nisbatan joylashgan joyi va ikki marotaba yorug’likni sindirish kattaligiga bog’liq bo’ladi. Obyektning optik kattalarini aniqroq aniqlash uchun turli xil kopensatorlardan foydalaniladi. (kompensatorlarning turlari qo’zg’almas Kristal plastinkalar, qo’zg’aluvchan plastinkalar va klinlar).
4.Fazoviy kontrast usuli – Bu usul shaffof va rangsiz obyektlarning kontrast tasvirlarini hosil qilish imkoniyatini beradi. Fazoviy kontrast tasviridagi yorug’ va qorong’i joylar pereparatdagi turli xil sindirish ko’rsatkichlariga mos keladi. Usulning ishlash prinsipi obyekt orqali o’tgan dasta fazosi o’zgarishini intinsivlikning sezilarli o’zgarishiga aylantirish mumkinligiga asoslangan. Obyektda hosil bo’lgan difraksiya tufayli og’ma nurlar yo’lida fazoviy plastinka joylashtiriladi. Bu plastinka fazolar farqini yarim to’lqin uzunligiga kattalashtiradi. Buning oqibatida nurlar interferensiyasi vujudga kelib oldin kuzatilmayotga obyekt qorong’i yoki yorug’ fonda poydo bo’ladi.