Mavzu: Yorituvchi tizimlar. Projektor. Yorituvchi tizimlar – deb, o’zidan yorug’lik chiqarmaydigan ob’ektlarni yoritishga mo’ljallangan qurulmalarga aytiladi. Ko’p hollarda yorug’lik manbayi yordamida tekshirilayotgan predmetning kerakli yoritilganligini va bu yoritilganlikning bir tekisda bo’lishini ta’minlash juda ham qiyin shuning uchun manba va predmet orasiga optik sistema joylashtiriladi. Ya’ni predmet yorug’lik manbasi yordamida emas balki, optik sistema tomonidan hosil qilinuvchi tasviri yordamida yoritiladi.
Yorituvchi tizimlarning turlari. Kollektor. Agarda yoritilishni lozim bo’lgan predmet cheksizlikda joylashgan bo’ladi. Kollektorni optik sxemasida foydalaniladi. Kollektorda yorug’lik manbayi optik sistemaning oldingi fokusida joylashgan bo’ladi. Uning tasviri cheksizlikda joylashgan bo’ladi. (1-rasm).
Kondensor. Agarda yoritilayotgan predmet oxirgi nuqtada joylashgan bo’lsa, uni yoritish uchun kondensordan foydaniladi. Kondensorning optik sxemasi ikki turda bo’lishi mumkin: Sxemada yorug’lik manbayidan chiqayotgan yorug’lik bevosita yoritilayotgan predmetga proeksiyalanadi. (2-rasm).
Bunday sxemani yorug’lik manbayidan chiqayotgan yorug’likning yorqinligi bir tekisda bo’lganda va predmetning qizish harorati bo’lmaganida foydalaniladi. Bu holda yoritilayotgan predmetning har bir nuqtasiga yorug’lik manbayining nuqtasi mos keladi.
Bu sxemada kondensorning optik sistemasi yoruglik manbayini keyingi optik sistemqaning kirish zrachogiga yoki joyiga proeksialanadi. Bunda yoritilayotgan predmet kondensorning yaqinida joylashgan bo’ladi. (3-rasm). Bu sxemani manbadan chiqayotgan yorug’likning yorqinligi bir tekisda bo’lmaganida qo’llaniladi. Bu holda predmetning har bir nuqtasi manbaning hamma nuqtalaridan chiqayotgan nurlar yordamida yoritiladi.
Mavzu: Yorituvchi optik tizimlar. Yorituvchi optik tizimlar yoritilishning sifatini oshirish manbadan chiqayotgan yorug’lik oqimining katta qismidan foydalanish va ob’ektning bir tekisda yoritilishini ta’minlash maqsadlarida foydalaniladi. Yoritish tizimlarining asosiy elementlari sifatida oddiy linzalar yoki oynalar (sferik, asferik) hamda murakkab profilga ega bo’lgan linzalar yoki oynalardan (Frenel linzalari) foydalaniladi. Rastorli sistemalar svetovodlar va optik tolalar ham yorituvchi tizimlarning elementlari sifatida xizmat qilishi. Masalan: Linzali yoritish tizimlari faqatgina sferik yoki asferik shakilga ega bo’lgan linzalardan tashkil topadi. Kondensorning murakkablilik darajasi (linzalar foni) predmet tekisligidagi ikkilangan opertura burchagi bilan belgilanadi. Bu burchak qanchalik katta bo’lsa kondensorning sxemasi shunchalik murakkab bo’ladi. Linzali kondensorlar uchun bu burchakning maksimum qiymati 900 ni tashkil etadi.
Kondensorning eng oddiy sxemasida yerni yakkalangan linzalardan foydalanilganda bu burchak 15 – 200 ni tashkil etadi. Oynali yoritish tizimlari faqatgina oyna elementlaridan tashkil topgan bo’ladi. Bu yoritish tizimlari linzali yoritish tizimlaridan ikkilangan opertura burchagining kattaligi 1400 gacha bo’lishi mumkin va xramatik operatsiyalarning mavjud bo’lmasligi bilan hal qiladi. Bundan tashqari oynali yoritish tizimlarining massasi linzanikidan kichik, otkazish koeffitsienti kattadir. Eng soda oynali sistemaga ikkilangan opertura burchagi 1100 bo’lgan botiq sferik ko’zguni hosil qilish mumkin. Qaytaruvchi qatlamning shkastlanishi va ifloslanishini oldini olish uchun yorituvchi tizimlarda shishasimon qaytargichlardan foydalaniladi, qoplangan bo’ladi. Misol uchun, 4-rasmda ikkita sferik yuzadan tashkil topgan manjen ko’zgusi keltirilgan. Bunda ikkita yuzadan bittasi qaytaruvchi qatlam bilan qoplangan bu ko’zguning ikkilangan opertura burchagi 1400 ga teng.
Ko’zgu – linza yoritish tizimlari ko’zgu va linza komponentlaridan tashkil topgan bo’ladi. Misol uchun sistemaning linzalardan tashkil topgan qismi ko’zgulardan tashkil topgan qismidan keyin joylashgan bo’lishi mumkin. Ko’zgu komponenti sifatida sferik yoki asferik ko’zgulardan linza komponentlari sifatida esa sferik va asferik linzalar yoki frenel linzalaridan foydalanish mumkin. (5-rasm).