Aylantiruvchi prizmalar va prizma sistemasi.
1-Tomi bor prizmalar (dax prizmalar) tasvirlarni to’liq aylantirish uchun tomli prizmalardan foydalaniladi. Ixtiyoriy qaytaruvchi prizmani qaytaruvchi qirrasini o’zaro 900 hosil qilgan ikki qirra bilan almashtirish yordamida tomli prizmani hosil qilish mumkin. 4-rasmda to’g’ri burchakli tomli prizma keltirilgan. Tom gepotenuza qirrasida hosil qilingan.
Ko’ndalang kesimi aylana shaklida bo’lgan nurlarning kiruvchi dastasi tom qirralari orasidagi burchak kattaligiga mos kelishi lozim. Prizmaning BS o’tkir burchaklari va A qovurg’si kesib tashlanishi mumkin. Nurlar dastasining tom qirrasidan qaytishida to’liq ichki qaytish vujudga keladi. Shuning uchun bu qirralarni kumush bilan qoplash shart emas. Prizmadagi nurning xarakatlanish uzunligi: , ,
5-rasmda tomli prizmalarning turli shakllari keltirilgan. Bu prizmalarning asosiy vazifasi tasvirni chapdan o’ngga aylantirishdan iboratdir.
Prizma sistemalari.
Turli xil prizmalarning kombinatsiyasi prizma sistemalari hosil qiladi. Birinchi kub prizma (6-rasm). Bu prizma ikkita to’g’ri burchakli prizmani gepotenuza qirrasi tarafidan kilaylash yordamida hosil qilinadi. Gepotenuza qirralaridan bittasi qaytaruvchi qoplam bilan qoplangan bo’ladi.
Prizma konussimon tasvir hosil qiladi. Ko’rish burchagini katta qiymatlarga o’zgartirilganda obzor prizma sifatida qo’llaniladi. Birinchi holatda prizmaning bir qismi ishlaydi. Prizmani burish jarayoni davomida (ikkinchi holat) prizmaning ikkinchi qismi ham ishlay boshlaydi. Prizmaning ikki tomoni ham dove prizmasi kabi ishlaydi.
2- Birinchi turdagi Porro sistema (7-rasm).
Ikki qaytaruvchi qirraga ega bo’lgan ikki to’g’ri burchakli prizmadan tashkil topgan bo’ladi. Prizmalarning bosh kesimi o’zaro perpendikulyar ikki tekislikda joylashgan bo’ladi. (to’g’ri burchaklarning qovurg’alari o’zaro perpendikulyardir). Sistema nur dastasini og’dirmaydi. ( ) ammo boshlang’ich yo’nalishga nisbatan parallel ravishda ko’chiradi. Tasvir to’liq og’dirilgan holatda bo’ladi. Nurning xarakatlanish uzunligi ikki qaytarilishli to’g’ri burchakli prizmadagi nurning xarakatlanish uzunligining ikkilanganligiga teng. Ya’ni, d=4D, C=4. birinchi turdagi Porro sistemasidan binokillarda aylantiruvchi tizim sifatida foydalaniladi.
3- Ikkinchi turdagi Porro sistema (8-rasm). Bu tizim uchta prizmadan tashkil topgan bo’ladi: Ikki qaytaruvchi qirraga ega bo’lgan to’g’ri burchakli prizma va ikkita to’g’ri burchakli prizma. Ikkita to’g’ri burchakli prizma bitta qaytaruvchi qirraga ega.
Bu tizim nurlarni og’dirmaydi balki bir tomonga suradi. Ular tasvirni to’liq aylantirilishini ta’minlaydi. Nurning xarakatlanish uzunligi bu yerda ham d=4D, c=4 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |