Mavzu: Optikaning hozirgi vaqtdagi holati va uni qo’llanish sohalari. Optik xodisalarning asosiy qonuniyatlari. Optik xodisalarning asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1-Yorug’likningtog’richiziqbo’yichatarqalishqonuni.
2-Yorug’likning qaytish qonuni.
3-Yorug’likning sinish qonuni.
1) Yorug'lik to'g'ri chiziq bo'yicha tarqalish qonuni. Optik jixatdan bir jinsli bo’lgan muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’yicha tarqaladi. Bu qonunning isboti sifatida kichik o’lchamli (nuqtaviy manba) manbadan tarqalayotgan yorug’likning shaffof bo’lmagan qattiq jismlarga tushganda ularning atrofida hosil bo’luvchi keskin soyalar isboti bo’ladi. Yana bir isbot sifatida uzoq masofada joylashgan yorug’lik manbasidan tarqalayotgan yorug’likning kichik o’lchamdagi tirqishdan o’tish xodisalarini keltirish mumkin. Bu hodisa natijasida diametric kichik bo’lgan yorug’lik dastasi vujudga keladi. Bu tajriba natijasida yorug’lik nurining geometrik to’g’ri chiziq deb tasavvur qilish imkoniyati vujudga keladi. Shu geometrik to’g’ri chiziq bo’ylab yorug’lik nuri tarqaladi. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’yicha taqalish qonuni yorug’lik juda kichik tirqishlardan o’tganda o’z kuchini yoqatadi chunki bunda tirqishning o’lchami yorug’lik to’lqin uzunligiga juda yaqin yoki teng bo’ladi. Ikki shaffof muhit chegarasida yorug’lik qisman qaytishi mumkin: Qaytish hodisasi yuz bergandan so’ng yorug’lik energiyasining bir qismi ani yo’nalish bo’yicha tarqaladi, bir qismi esa chegaradan o’tib ikkinchi muhitda tarqalishni davom ettiradi.
2) Yorug’likning qaytish qonuni: tushuvchi va qaytuvchi nur hamda ikki muhit chegarasiga tushirilgan perpendikulyar bir tekislikda joylashgan bo’ladi. Qaytish burchagi γtushish burchagi α gat eng.
3)Yorug’likning sinish qonuni: Tushuvchi va qaytuvchi nur hamda nurning tushish nuqtasida tiklangan va ikki muhit chegarasiga tushieilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati o’zgarmas kattalik bo’lib, ikki muhit uchun ham o’rinlidir.
Bunda: n – sindirish ko’rsatkichi.
Vakuumga nisbatan muhitning sindirish ko’rsatkichini absolyut sindirish ko’satkichi deyiladi. Ikki muhit absolyut sindirish ko’rsatkichlarining nisbati nisbiy sindirish ko’rsatkichiga tengdir.
Qaytish va sinish qonunlari to’lqin fizikasida o’z isbotini topmoqda. To’lqin xossalaiga ko’ra sinish to’lqinning bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda tezligining o’zarishi bilan tushuntiriladi.
Sindirish ko’satkichining fizik ma’nosi:Bu birinchi muhitda tarqalish tezligining ikkinchi muhitdagi to’lqinning tarqalish tezligiga nisbatidir.