Mavzu: Proeksion qurulmalarning yoritish tizimlari. Proeksion qurulmalar ekranda kerakli masshtabdagi predmetlarning tasvirini hosil qilish uchun mo’ljallangan. Preoktorning asosiy qurulmalari yorituvchi va tasvir hosil qiluvchi qurulmalardir. Yorituvchi qurulma proeksiyasi hosil qilinayotgan predmetning bir tekisda va intinsiv yoritilishini ta’minlaydi. Proektorning tasvirni hosil qiluvchi qurulmasi ekranda kerakli masshtab va sifatga ega bo’lgan tasvirni hosil qiladi. Proeksion qurulmalar ikki turga bo’linadi.
1-Diaskopik qurulmalar – shaffof predmetlarni o’tuvchi yorug’likda poeksiyani hosil qiladi. (misol uchun kino proeksiya)
2-Episkopik qurulmalar – shaffof bo’lmagan predmetlarda proeksiyasini qaytgan nurda hosil qiladi.
Diaskopik proeksiya epik proeksiyaga nisbatan ekranni ko’proq tarzda yoritilishini ta’minlaydi. Diaskopikning yorituvchi qismi ikki turga bo’linadi.
1) Proeksion ob’ektivning kirish zrachogi tekisligida yorug’lik manbasining tasvirini hosil qilish. Bunday sxemada yorug’lik manbasi proeksion ob’ektivning kirish zrachogi ortiga proeksiyalanadi. Yoritilayotgan kadrlar oynasi esa nurlar yo’lida joylashgan bo’ladi. (8-rasm)
Bu holda diapazizstning har bir nuqtasi manbaning hamma nuqtalari yordamida yoritiladi. Bu hodisa manba bir tekisda yorqinlik taratmaydigan hol uchun muximdir. Bunda manba sifatida qizdirish yordamida ishlaydigan lampalardan foydalaniladi. Manba zrachogini to’liq to’ldirishi uchun bunday yorituvchi tizimning kattalashtirishi proeksion ob’ektivning kirish zrachogi diametrining manba diametri nisbatiga teng bo’lishi kerak.
Bunday sxemaga misol sifatida oddiy roektorni keltirish mumkin. Aarda bunday roektorda ikki sxema qo’llanilganda ekranda yorug’lik manbasining tasviri ham hosil bo’ladi.
2) Diapaziztiv tekisligidagi yorug’lik manbasining tasviri. Bu holda manbaning tasviri predmetning tasviri bilan ustma - ust tushadi. (9-rasm).
Bunday sxema manbaning yorqinligi bir tekisda (misol uchun yoysimon manbalar) va predmetning qizishi axamiyatga ega bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Manba kadrlar oynasini to’liq to’ldirishi uchun bunday yorituvchi sistemaning kattalashtirilishi kadr diagonalining manba diametriga nisbatiga teng bo’lishi lozim.
Proeksiyalanayotgan predmetlarning o’lchamlari kadr diaganali bilan belgilanadi. Tasvirning talab qilinayotgan o’lchamiga bog’liq ravishda proeksion ob’ektiv hosil qilayotgan proeksionning masshtabi belgilanadi.
Proeksion sistemaning ajrata olish qobiliyati sochilish doirasi (proeksiya hosil qilinayotgan predmet elementining eng kichik o’lchami) yoki berilgan kontrastdagi maksimum chastota bilan baholanadi. Tasvirning yoritilganligini (birlik maydonga tushayotgan oqim) fokus masofa proeksion ob’ektivning tirqishi kattaligi, proektor sistemasining optik qismi yorituvchi va proeksion qismlarining o’tkazish koeffitsienti hamda manbaning yorqinligi va ob’ektiv va ekran orasidagi masofalarga bog’liq. Proeksion ob’ektiv sifatida ko’pincha odiy foto ob’ektivlardan foydalaniladi. Ularni tanlashda talab qilinayotgan xarakteristikalar hisobga olinadi.