O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitta qaytaruvchi qirraga ega bo’lgan prizmalar



Download 3,62 Mb.
bet19/24
Sana07.04.2022
Hajmi3,62 Mb.
#533273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Китоб

Bitta qaytaruvchi qirraga ega bo’lgan prizmalar.

AP900 to’g’ri burchakli prizmasi (1-rasm a). Nur daslabki yo’nalishga nisbatan 900 ga og’diradi va ko’gusimon tasvirni hosil qiladi. Prizmaning bosh kesimi – teng yonli uchburchakdir. Prizma yassi parallel plastinaga optik o’q perpendikulyar savishda razvyorka qilinadi. Razvyorka tomoni a gat eng bo’lgan kvadratdan iborat bo’lib, a ning qiymati to’g’ri burchakli uchburchakning katetiga teng. Yassi parallel plastinaning qalinligi (d) va prizmadagi nurlar yo’llarining uzunligi ham katetga teng. Katetning o’lchami prizmaga tushayotgan nur dastasining kengligi (D) ni belgilab beradi. Bu holda d=D bo’lganligi uchun prizma koeffitsienti c=1 bo’ladi. Agarda prizmaning o’tkir burchaklari 450 ga teng bo’lmasa (ishlab chiqarish jarayonida xatoliklar hisobiga) unda razvyorkadagi prizmaning tasviri  burchakli klin ko’rinishida bo’ladi. (1-rasm b). ya’ni,

- mos kelmaslik burchagi.

Prizmaning A, B kirish qirrasiga nurning chegaraviy tushish burchagi ni aniqlanadi. Bu chegaraviy burchakda BC qaytaruvchi qirrasida nur to’liq ichki qaytadi. Rasmdan ko’rinib turibdiki , bo’lganligi uchun sinish qonuni bo’yicha:



- to’liq ichki qaytish chegaraviy burchagidir.

To’liq ichki qaytish hodisasi ko’pincha shisha va havo chegarasida sodir bo’lganligi uchun , unda: bu holda prizmani katta sindirish ko’rsatkichiga ega qilib yasash qiyin bo’lsa uning qaytaruvchi qirrasi kumush bilan qoplanadi.
1) Dove (APO0): bu prizmaning og’dirish burchagi 0 ga teng bo’lib, to’g’ridan to’g’ri ko’rish imkoniyatini beradi. Dove prizmasi ko’zgusimon tasvirni hosil qiladi. Bu prizmani kirish va chiqish qirralari optik o’qqa nisbatan og’dirilganligi tufayli yassi parallel plastinalarda razvyorka qilinganida og’ish burchagi 450 burchakka ega bo’ladi. (1-rasm v). prizmani parallel nurlar dastasi yo’lida o’rnatish mumkin. Kesishuvchi yoki sochiluvchi dastalar yo’liga o’rnatilganida assigmatizm aberatsiyasi vujudga keladi va buning oqibatida tasvirning ikkilanishi sodir bo’ladi. Optik asboblarda Dove prizmasining qiziq xususiyatidan foydalaniladi. Agarda prizmani uning optik o’qi atrofida aylantirsak tasvir ikkilangan burchak tezlik bilan aylanadi. Shuning uchun bu prizmalarni tasvirni burish kompensatori sifatida qo’llaniladi.
2) Ikki qaytishli prizmalar: to’g’ri burchakli prizma BP (1800) (1-rasm, a). Bunday prizmada chiqish va kirish vazifalarini gepol – emza qirrasi bajaradi. Bu qirra optik o’qning yo’nalishini 1800 ga o’zgartiradi. Nurning og’ish burchagi kirish qirrasiga nurning tushish burchagiga bog’liq emas. Yassi parallel plastinada razvyorka qilinganida razvyorka optik o’qqa perpendikulyar ravishda amalga oshiriladi. Nurning xarakatlanish uzunligi d gepotenuza uzunligiga (2D) teng. Prizmaning koeffitsienti esa c=2. ikki qaytishli 900 burchakli prizma to’g’ri burchakning xatoligi bilan tayyorlangan bo’lsa o’zining nurga ta’sir qilish bo’yicha burchakli klinga ekvivalent (2-rasm b). Bunday prizmadan chiqqan nur daslabki nurga parallel bo’lmaydi va burchak hosil qiladi. O’tkir burchaklarning xatoliklari prizmadan chiqayotgan nurning yo’nalishini o’zgartirmaydi.
3) Romp shakildagi prizma: БCO0 bu prizma nurni uning yo’nalishini o’zgartirmasdan bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi va to’g’ri tasvirni hosil qiladi. Nurni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish masofasi qaytaruvchi qirralar markazlari orasidagi masofaga teng. Yassi parallel plastinada razvyorka qilinganida optik o’qqa perpendikulyar ravishda amalga oshiriladi. Nurning tarqalish yo’li d=2D, prizmaning koeffitsienti c=2. Bunday prizmalar binokulyar priborlarning okulliyarli o’qi orasidagi masofa o’lchash uchun ishlatiladigan qurulmalarida foydalaniladi. (2-rasm g).
4) Pento prizma: BP(900). Bu prizma ikkita qaytaruvchi qirraga ega bo’lib, bu qirralar o’zaro 450 burchak ostida joylashgan bo’ladi. (2-rasm d). Prizma nurni 900 ga og’diradi va to’g’ri tasvirni hosil qiladi. Otayotgan nurning eng katta kengligi D prizmaning kirish qirrasi balantligiga teng. Prizma yassi parallel plastinalarda razvyorka qilinadi. Nurning tarqalish uzunligi: . Tushish burchagi to’liq ichki qaytish burchagidan kichik bo’lganligi uchun qaytaruvchi qirrqlarini kumush bilan qoplash lozim. Bu prizmaning o’ziga xos xususiyati qaytarish burchagining o’zgarmasligidadir. . Bu burchak kirish qirrasiga nur qanday burchak ostida tushishidan qat’i nazar o’zgarmaydi. Shuning uchun bu prizmani 0 qovurg’asi bo’ylab aylantirilganda tasvir xarakatsiz qoladi yoki o’zining oldingi holatini saqlaydi.



5) Yarim pento prizma: BU 450. Bu prizma pento prizmaning yarmidan iborat bo’lib, u nurning yonalishini 450 ga o’zgartiradi. (2-rasm e). Prizmaning razvyorkasi yassi parallel plastinalar yordamida amalga oshiriladi.
Prizmaning o’lchamlari: , , . Bunda prizmalarni priborning optik o’qi yo’nalishini 450 ga o’zgartirish uchun ishlatiladi.
6) Uchta qaytarishli prizmalar shimid prizmasi (3-rasm). Nurni 450 ga og’diradi va ko’zgusimon tasvir hosil qiladi. AB va AS qirralarida to’liq ichki qaytish yuz beradi. VS ga tushish burchagi to’liq ichki qaytish burchagidan kichik bo’lganligi uchun VS ni kumush bilan qoplash lozim. Prizmaning o’lchamlari:




Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish