О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet35/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Ish haqi tizimi va turlari. Ish haqi mehnat mahsulini xodim va ish beruvchi o'rtasida taqsimlashni ta'minlovchi huquqiy mexa-nizm sifatida sarflagan mehnat miqdorini hisobga olish, ko'p meh­nat sarflangan xodimga ko'proq haq to'lash yo'li bilan uni yanada mahsulroq ishlashga undashga qaratilgan maqsadni bajaradi, ikkinchidan, malakasi va maxsus bilimi yuqori xodimning meh­natiga malakasiz yoki malakasi past xodimning mehnatiga nisbatan ular bir xil vaqt sarflagan bo'lsalar-da, yuqori miqdorda haq to'lashni nazarda tutish orqali mehnatning nafaqat miqdori, balki sifati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etadi.
Mehnatni miqdor va sifat jihatidan baholash, shu asosda unga haq to'lash mezonlarini belgilash ish haqi tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Ish haqi to'lash tizimlari deganda, mehnat me'yori bilan mehnat haqi miqdorini belgilash usuliga aytiladi. Ish haqi to'lash tizimi o'z ichiga ishbay va vaqtbay ish haqi shakllarini oladi. Ish haqining vaqtbay yoki ishbay tizimlari mehnatni tashkil etish usuli, ishlab chiqarish darajasi va boshqa omillarga bog'liq. Ish haqi tizimlarini tanlash xodimlar vakillik organi va ish beruvchi tomonidan o'zaro kelishilgan holda jamoa shartnomasida belgilab
qo'yiladi. Shuningdek, ishbay yoki vaqtbay xodimlarni mukofot-lash shartlari va tartiblarini nazarda tutuvchi Nizom va qoidalar ham xodimlar vakillik organi hamda ish beravchi tomonidan bir-galikda ishlab chiqiladi.
Mehnatga haq to'lashning alohida shakli brigada (jamoa) meh-natiga haq to'lash hisoblanadi. Mehnatni tashkil qilish va unga haq to'lashning jamoa shakli har bir xodim tomonidan sarflangan mehnatni alohida holda o'lchash mumkin bo'lmagan joylarda qo'llaniladi va unga bajariladigan ishning natijalariga ko'ra butun jamoaga (brigadaga) yaxlit holda ish haqi hisoblanadi. Brigada (jamoa) esa o'z a'zolarining ushbu natijaga qo'shgan hissasini indi-viduallashtirib aniqlash yo'li bilan har bir xodimning ish haqi miqdorini belgilaydi. Ana shu maqsadda har bir xodimning meh­natga ishtiroki koeffitsiyenti (MIK) qo'llaniladi.
Har bir xodimning mehnati bilan ishtiroki koeffitsiyentini aniq-lovchi Nizom yoki boshqa me'yoriy hujjatlar belgilangan tartibda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Mehnatni normalash sarflangan mehnatni o'lchash va unga yarasha haq to'lash imkonini beradi. Mehnatning quyidagi nor-malari ko'zda tutilishi mumkin:
a) vaqt normasi;
b) ishlab chiqarish normasi;
d) xizmat ko'rsatish normasi;
e) xodimlar soni normasi.
Mehnat normalari vakillik organi va ish beravchi tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Odatdagi sharoitlardan chetga chiqilganda mehnatga haq to'­lash maxsus tartibda amalga oshiriladi. Jumladan, Mehnat kodeksining 157, 158, 159, 160-moddalarida anashunday odatdan tashqari sharoitlar ko'zda tutilgan. Ish vaqtidan tashqari vaqtdagi ishlar, dam olish kunlari va bayram kunidagi ishlar uchun kamida ikki barobar haq to'lashi, basharti ana shu vaqtlarda ishlagani uchun xodimga boshqa dam olish berilgan bo'lsa, u holda bir barobar haq to'lanishi nazarda tutilgan.
Tungi vaqtlarda (soat 2200 dan 600 gacha bo'lgan vaqt) ish-langan har bir soat uchun bir yarim barobardan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lash belgilangan. Jamoa shartnomalarida tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun boshqa imtiyozlar berilishi, kechki smenada ishlovchilar mehnatiga ham oshirilgan tarzda ish haqi to'lanishi nazarda tutilishi mumkin.
Yaroqsiz mahsulot xodimning aybisiz tayyorlanganida unga o'rtacha ish haqi miqdorida haq to'lanmaydi. Xodimlar ish be-ruvchining aybi bilan bekor turib qolganida ularga o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lanadi. Xodimning aybi bilan bekor turish mehnat intizomini buzish, deb baholanadi va ish haqi to'lanmaydi. Bir necha kasbda (lavozimda) va o'rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga o'zaro kelishuv shartlariga ko'ra ish haqi to'lanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida xo'jalik faoliyati yuritayotgan korxonalarning xodimlariga, shu jumladan, jamiyat ijroiya-bosh-qaruv organi rahbariyati tarkibiga kiruvchi xodimlarga ish haqi to'lashning xususiyatlari, ish haqi tizimi, shakllari, ustama va qo'-shimcha to'lovlar to'lash asoslarini belgilash tartiblariga taalluqli o'ziga xos xususiyatlar O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1997-yil 6-sentabrdagi 611-sonli «Aksiyadorlik ja-miyatlarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni takomil-lashtirish yuzasidan tavsiyalar»da bayon etilgan.
O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tomonidan 2000-yil 10-yanvardagi «2000-yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish bo'yicha tavsiyalar»da aytilishicha, korxonada ish haqi tizimlarini belgilash, ishbay va vaqtbay ish haqi to'lanadigan ish turlarini, u yerlarda ishbay yoki vaqtbay ish haqi shakllaridan qay birini (to'g'ri ishbay, egri ishbay, mu-kofotli ishbay; oddiy vaqtbay yoki mukofotli vaqtbay va hoka-zolar) tanlash; zararli va og'ir sharoitlarda ishlovchi xodimlar uchun ustamalar to'lash shartlari, miqdorlari, kechki va tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun ustamalar haq miqdorlari hamda ish haqi to'lash, uni muayyan holatlar tufayli saqlab turish shart-nomasida aks ettirilishi lozim.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish