О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet36/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Ish haqi to 'lash tartibi. Ish haqidan ushlab qolish qoidalari. Amal-dagi mehnat qonunchiligi mehnat munosabatlarida xodimlar hu-quqlarini muhofazalash, ish haqini to'lashda boshboshdoqlikka yo'l qo'ymaslik maqsadida muayyan davr davomidagi ishi uchun xo­dimga beriladigan ish haqini to'lanishiga oid bo'lgan, mulkchilik shakli va xo'jalik faoliyati turidan qat'i nazar, barcha korxona, muas-sasa hamda tashkilotlar uchun umumiy tartib-qoidalarm belgilaydi.
Mehnatga haq to'lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O'zbekiston Respublikasi hukumati ish haqi to'lashning boshqa muddatlarini belgilab qo'yishi mumkin. Haq to'lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to'g'ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to'lanadi.
Jamoa shartnomasida ish beravchi aybi bilan xodimga haq to'lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun mulkiy javobgarlik ko'zda tutilishi mumkin. Bunday javobgarlik inflatsiyaning o'sishi, pulning qadrsizlanishi hisobga olingan holda ish haqi to'lanishi kechiktirilganligi tufayli xodimlar ko'rgan zararlarni qoplashga qaratiladi. Bunday mulkiy javobgarlikning aniq darajasi xodimlar vakillik organi va ish beruvchining o'zaro kelishuvi bilan jamoa shartnomasida ko'rsatib qo'yiladi.
Ish haqi, odatda, pul holida to'lanadi. Ammo uni muayyan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'lash mumkin. Biroq, hozirgi paytda alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va hukumat qa-rori bilan belgilangan tovarlar bilan ish haqi to'lashga yo'l qo'­yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi «O'z vaqtida ish haqi to'lashni ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori bilan natural holda ish haqi to'lashlik taqiqlandi.
Vafot etgan xodimning olinmasdan qolgan ish haqi va unga berilishi lozim bo'lgan boshqa to'lovlar uning oila a'zolari tarki-bidan bo'lgan hamda birga yashab kelgan shaxslarga, qaramog'ida bo'lib kelgan mehnatga yaroqsiz shaxslarga beriladi. Ish haqini to'lash xodim ishlayotgan joyda (obyektda) amalga oshiriladi va ularni ish haqi olish uchun boshqa yerdagi korxonaning idorasiga borishga majbur qilish mumkin emas.
Ish haqi aloqa muassasalari orqali pul ko'chirish (perevod qilish) yo'li bilan to'langanida pochta orqali jo'natishga oid barcha xarajatlar ish beravchi hisobidan qoplanishi lozim. Xodimning oylik ish haqidan odatda uning yozma roziligisiz ushlab qolishlikka yo'l qo'yilmaydi. Ammo qonun hujptlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda uning muayyan pul majburiyatlari uning roziligisiz ham unga to'lanishi lozim bo'lgan summa hisobidan ushlab qolish yo'li bilan ijro etilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq xodimning roziligidan qat'i nazar, quyidagilar uning meh­nat haqidan ushlab qolinadi:
1. O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni undirish.
2. Sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun.
3. Ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo'-jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joyda ishlashga o'tganligi munosabati bilan berilgan bo'lib, sarf qilinmay qolgan va o'z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda liisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to'langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to'lash uchun belgilangan muddat tamom bo'lgan kundan yoki haq to'lash noto'g'ri hisoblangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o'tib ketgan bo'lsa yoki xodim xo'jalik ehtiyojlari uchun, xizmat safari yoxud boshqa joydagi ishga o'tishi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini, yoki miqdorini noto'g'ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi.
4. O'z hisobidan xodim ta'til olib bo'lgan va ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta'tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun mehnat shart­nomasi ushbu kodeksning 89-moddasi to'rtinchi qismi, 100-mod-dasi, ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 106-moddasining 1 va 2-bandlarida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra, shuningdek, o'qishga kir-ganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilin­ganda haq ushlab qolinmaydi.
5. Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qop-lash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o'r-tacha oylik ish haqidan ortiqcha bo'imasa.
6. Ushbu kodeksning 181-moddasi, birinchi qismining 2-ban-dida nazarda tutilgan jarimalarni undirish uchun.
Ish haqini har gal to'lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo'lgan mehnat haqining ellik loizidan ortib ketmasligi lozim. Xodimdan ushlab qolinishi kerak bo'lgan summa unga to'lanishi lozim bo'lgan mehnat haqining 50 foizidan ortiq bo'lgan hollarda ish beruvchi ortiqcha summani undirib olish yuzasidan sudga murojaat qilishi lozim. Ish haqidan ushlab qolish asosi yoki ushlab qolingan summa miqdoridan norozi bo'lgan xodim ushlab qolishning qonuniyligi yuzasidan umumiy asoslarda sudda da'vo qo'zg'ashi mumkin.
Keyingi paytlarda O'zbekiston Respublikasi hududida xo'jalik faoliyati yuritayotgan chet el korxonalari hamda chet el sarmoyasi ishtirok etgan boshqa korxonalarda xodimlarga ish haqi to'lashga
153
oid qonunchilikni buzilayotganligi, bajarilgan ish hajmini sun'iy ravishda pasaytirib aks ettirish yo'li bilan tejab qolingan mablag'lar hisobiga xodimlarga ish haqi to'lash amalga oshirilayotganligi, bu narsa birinchidan, ish haqi to'lash borasida adolatsizlikni yuzaga kelishiga, ikkinchidan, korxonaning haqiqiy daromadlari to'liq aks ettirilmasligi tufayli soliq qonunchiligi talablari qo'pol buzila­yotganligi qayd etildi. Ushbu normal bo'lmagan holni bartaraf etishlik uchun zarar choralar ko'rildi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnatga haq to'lash deganda nimani tushunasiz?
2. Ish haqi turlari va tizimlarini so'zlab bering.
3.Mehnatga haq to'lashda lokal normalarning ahamiyati qanday?
4. Yagona tarif razryadlari tizimi nima?
5. Ish haqi to'lash tartiblari, ish haqidan ushlab qolish qoidalari qanday?
6. Normal bo'lmagan sharoitdagi mehnatga haq to'lash tartibi qanday?


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish