Adabiyotlar
1.
Valixonov Ch.Ch. Sobranie sochineniy v pyati tomax. Tom III. Alma Ata.
1985. – 416s.
2.
Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. –
Toshkent: Sharq, 1998. – 480b.
3.
Ilhomov Z. Aliquli Amirlashkar va uning Qo’qon xonligi siyosiy hayotida
tutgan o’rni. Tarix fanlari nomzodligi diss. Toshkent: O’zR FA TI, 2004. – 160 b.
4.
Mahmud Hakim Yayfoniy. Xullas at-tavorix. O’zbekiston Respublikasi fanlar
akademiyasi Sharqshunoslik instituti, qo’lyozma, №304. Raqamli litografik nashr. –
85 varaq.
5.
Mullo Yunusjon Munshiy. Amirlashkar Aliquli tarixi / Nashrga tayyorlovchi
Sh.Vohidov // Sharq Yulduzi, 1996. №1. – B. 215-223., №2. – B. 208-223.
6.
O’zR MDA yig’ma jild I- 715, ro’yxat-1, ish-14. 307-bet.
YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG’ULARINI
SHAKLLANTIRISHDA “TEMUR TUZUKLARI”NING AHAMIYATI
25
Tarixdan ma’lumki, Rim, Misr, Hindiston, Baktriya, Kushon, Xorazm va
Sug’diyona kabi qadimgi davlatlarda davlatu jamiyatni boshqarish san’ati,
mukammal qonunlarni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Rim huquqi, Xamurappi
qonunlari, musulmon huquqi, Napoleonning fuqarolik kodeksi kabilar esa asrlar
silsilasida qonunlarning takomillashib borganligidan dalolat beradi.
25
Usmonov Murtoz Shodievich
- tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Qarshi davlat universiteti
96
Insonparpar fuqarolik jamiyati, adolatli huquqiy demokratik davlat qurish har
davru zamonda insoniyatning yuksak orzusi bo’lib kelgan. Shu sabab buyuk shaxslar
davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va burchlari hamda insoniy
munosabatlarga doir, boshqa masalalar bo’yicha betakror asarlar yozib qoldirishgan.
Ular Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u
bilig”, Nekolla Makiavellining “Hukmdor”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
asarlaridir.
Buyuk davlat arbobi va muzaffar sarkarda Amir Temur bobomizning “Temur
tuzuklari” ham shubhasiz ana shunday asarlar orasida muhim o’rin tutadi. Zero,
Sohibqiron davlat ishlarini boshqarish, elu xalq manfaatini ko’zlab ish yuritish, adolat
va haqiqatni qaror toptirishning naqadar muhimligini boshidan o’tkazib, bu
masalalarni ishonarli va ayni paytda qiziqarli tarzda kelgusi avlodga tavsiya etgan.
Amir Temur bobokalonimiz shaxsi, hayoti va faoliyatiga qiziqish, “Temur
tuzuklari”ni o’rganishga intilish bugun tobora kuchayib bormoqda. Boisi, asar
Sohibqiron davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib
xizmat qiladi.
Ammo sobiq tuzum davrida bizni bunday noyob manbalardan ayri tutishdi.
Sovet mafkurachilarining uqtirishicha, bizda hech qanday tsivilizatsiya, davlatchilik
tarixi bo’lmagan ekan. Shu uydirma bilan “Temur tuzuklari” singari muhim
manbalarni tadqiq qilish tugul, o’qish ham taqiqlab qo’yildi. Bu asarni xalqqa xavola
etgan kishilar ta’qib qilindi, “g’oyaviy buzg’unchilik”da ayblandi.
Yurtimiz istiqloli sharofati bilan ko’plab qadriyatlarimiz, tariximiz qatorida
“Temur tuzuklari” ham bizga qaytarildi, uni keng miqyosda o’rganish, tadqiq etish
yo’lga qo’yildi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek; ... “Amir
Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash –
o’zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug’lash – tarix qa’riga chuqur ildiz
otgan
tomirlarimizga,
madaniyatimizga,
qudratimizga
asoslanib,
buyuk
kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir” [2; 7-b.].
Mamlakatimizda
istiqlolni
yangi
taraqqiyot
bosqichida
Muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida buyuk kelajagimizni mard va
97
oliyjanob xalqimiz bilan birga qurish tamoyili asosida moziyga bo’ylashgan
tariximizni, buyuk alloma va mutafakkirlarimizni boy merosini o’rganish bo’yicha
ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, buyuk bobokalonimiz Amir Temur
tarixi, merosi va qadriyatlari ham keng miqyosda targ’ibu tashviq qilinib, xalqimiz
ongiga chuqur singdirilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “... Sohibqiron
Amir Temur bobomiz – u zot birorta jangda mag’lub bo’lmagan – yengilmas
sarkarda va davlat arbobi, jahon tarixida kamdan-kam topiladi. O’z yaqinlari,
zamondoshlari bu ulug’ siymoni Temurbek deb atagan ekanlar” [1].
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, Amir Temur bobomizning hayotini yaxshi
o’rganish, rahbar kadrlar va xar bir ziyoli inson “Temur tuzuklari” ni o’qishi va
tegishli xulosalar chiqarishi, ayniqsa harbiyga chaqiriluvchilar “Temur tuzuklari”ni
buyuk ajdodlarimiz merosi bo’yicha sinov testlari topshirishi kerakligini alohida
ta’kidladi. Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 28 noyabrdagi Xavfsizlik
kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig’ilishida muddatli harbiy xizmatchilarning
buyuk sarkardalarimizning hayoti va jasoratini chuqur bilishni ta’minlash maqsadida
belgilab bergan vazifalari ijrosini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligini munosib kutib olish maqsadida
“Vatanparvar” gazetasida muddatli harbiy xizmatchilar hamda “Temurbeklar
maktab”lari o’quvchilari o’rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi e’lon qilindi
[3].
“Tuzuklar” Amir Temur bobomizning xarbiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
faoliyatidan ma’lumot beruvchi asardir. Ayrim olimlar asarning ilk nusxasi XVI-
XVII asrlarda Hindistonda eski o’zbek tilida yozilganini bildirishgan. Bu vaqtda
Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronlik qilgan. Asar Yaman hokimi Ja’far
Poshshoning topshirig’iga binoan 1610 yilda fors tiliga tarjima qilingan bo’lsa, 1783
yilda ingliz, 1787 yilda frantsuz, 1892 yillarda rus tillariga tarjima qilingan. “Temur
tuzuklari” ilk bor 1967 yilda “Tarixi Muhammadiya”, “Turkiston iztirobi” asarlari
muallifi ulug’ alloma Alixonto’ra Sog’uniy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan
va o’z vaqtida ta’qibga uchragan edi. 2013 yilda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
so’zboshisi bilan “Temur tuzuklari” qayta nashr etildi.
98
“Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda Amir Temurning
shaxsi, siyosiy-iqtisodiy faoliyati, markazlashgan davlat qurish yo’lidagi sa’y-
harakatlari, tarqoq hududlarni yagona bayroq ostida birlashtirgani, jamiyatdagi
ijtimoiy tabaqalar va ularga bo’lgan munosabat bayon qilingan. Ikkinchi qismida esa
farzandu nabiralariga atalgan pandu nasihatlari, davlatni boshqarishga doir
maslahatlar, davlat xizmatchilarini tanlash va ularga maosh to’lash, qo’shinni tuzish
va qo’shin boshliqlarining vazifalariga oid masalalar o’z ifodasini topgan.
Amir Temur davlat ishlarini boshqarishda ishbilarmon, mard, qat’iyatli, hushyor,
halol va pok insonlarga tayanish kerakligini uqtirib, bunday kishi mingta tadbirsiz,
loqayd, kishidan yaxshiroq deb alohida ta’kidlagan. Shuningdek, saltanat ishlarining
to’qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan
bajo keltirganini aytgan.
Davlat boshqaruvida esa elu xalq ahvolidan doimo xabardor bo’lish, xalqqa jabr
qilganlarga darhol adolatli chora qo’llash, hasadgo’y, molparast, tamagir, loqayd va
befarq odamlarni davlat ishlariga qo’ymaslik, doimo hushyor va ehtiyotkor bo’lish
zarurligi bayon etilgan. Davlat xizmatchilarining g’iybatchiligi qattiq qoralanib, bu
toifadagilar darhol vazifasidan bo’shatilishi lozimligi uqtirilgan.
Davlat xizmatidagilar ortiqcha qattiqqo’llik ham qilmasligi, ko’p muloyim
bo’lib, yumshab ham ketmasliklari, ikkalasi ham davlat boshqaruvida zarar ekanligi
aytib o’tilgan.
Sohibqiron bobomiz davlat ishlarini boshqarishda o’ta donolik va talabchanlik
bilan ish ko’rganligi quyida ko’rinadi: “Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida
tortib ko’rib, boshqalarnikidan ortiqroqligini ko’rsam, uni tarbiyamga olib, amirlik
darajasiga ko’tarar edim. So’ngra ko’rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib
borardim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |