111
Komil insonni tarbiyalashda uning psixologik-individual holatlaridan kelib
chiqib, ichki ruhiyatidagi o’zgarishlarni, yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olib yo’l
tutishimiz ularning ilmiy va ma’naviy saviyasini yanada oshirishda, Vatanga sodiq,
yuksak malakali, jahon andozalariga to’la javob bera oladigan mutaxassis bo’lib
etishishlarida imkoniyatimiz kaliti vazifasini o’taydi. Yanada aniqroq aytadigan
bo’lsak, kursantlarni kasbiy tayyorlashda ta’lim jarayonida
ularning etnopsixologik
xususiyatlarini hisobga olish, shaxs kamolotining hozirgi zamon muammolari,
o’qitishning faol va innovatsion uslublari, iqtidorli yoshlarni o’rganishning oqilona
uslublari, ta’lim mazmunini tabaqalashtirish va individuallashtirish (masalan, iqtidorli
kursantlar uchun fanlardan alohida mazmunga ega, o’zlashtirishi past bo’lgan
kursantlar uchun esa alohida bilimiga yarasha o’quv adabiyotlarini yaratish) kabi
masalalar dolzarbligi bilan chuqur ahamiyat kasb etmoqda.
Hatto, jahon psixologiyasi fanida kasbiy faoliyatga bag’ishlangan ko’plab
tadqiqot ishlari mavjud, ularning har qaysisi muayyan fazilatlar, sifatlar, xususiyatlar,
qobiliyatlar mohiyatini ochib berishga qaratilgandir (Kettel, Orlov, G’oziev, Ayzin,
Mexrobin va h.k testlari, metodlari).
Ma’lum bir bo’lg’usi
kasb egasini xarakterologik, individual-tipologik,
ijtimoiy-madaniy hamda ijtimoiy-psixologik jihatlari, jabhalari va tomonlariga
bag’ishlangan izlanishlar o’zining noyob va betakrorligi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichida insoniyatni etnopsixologik
xususiyatlari muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tirof qilinib, ularni tadqiq etish esa
psixologiyaning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Xuddi shu boisdan
bo’lg’usi
kasb egasining etnopsixologik xususiyatlarini o’rganish
«Kadrlar
tayyorlash Milliy Dasturi», shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 23 maydagi «Yong’in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi PQ-2991-sonli qaroridan mukammal joy egalladi,
taraqqiyotning va
insonshunoslik fanlarining nufuzli yo’nalishi sifatida izlanish maydoniga kirib
kelmoqda.
112
Aslida, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi
instituti mamlakatimizda yong’inga qarshi kurash, yong’inlarni oldini olish bilan
shug’ullanadigan yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashga da’vat etilgan. Ayni
paytda mamlakatning zamonaviy yong’in texnikasi bilan qurollangan yong’in va
texnosfer xavfsizligi mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyoji kundan kunga o’sib
bormoqda. Shuning uchun ham kursantlarimizda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni shakllantirishdek muammoni hal qilishda
davlatimiz va jamiyatimiz,
shuningdek IIV hamda Institut rahbariyatidan tortib to oddiy xodimigacha ularga
birdek bevosita yordam berishimiz, tushuntirish ishlarini olib borishimiz, bugungi
huquqiy-demokratik davlat va bozor munosabatlari sharoiti, rivojlanishi yo’lida
kursantlarimizni kasbiy tayyorlashda huquqiy ta’lim psixologiyasida eng yangi shakl
va uslublarni qidirib topishimiz davr talabidir.
Va nihoyat, yuqoridagi kabi yuzaga
kelayotgan muammolarga barham berish maqsadida hamda barcha darajadagi
bo’g’inlarning yong’in xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yana bir 2017 yil 23
maydagi «Ichki ishlar organlari yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2992-sonli qarori qabul qilindi.
Kursantlarimizning kasbiy faoliyatida yetakchi va asosiy rol o’ynovchi
xususiyatlar mavjudligiga duch kelishimiz muqarrar va ular boshqa turdosh fuqarolik
oliy o’quv yurtlari talabalaridan kasbiy jihatdan farqlanishini tushunishimiz qiyin
emas. Masalan, kursantning etnopsixologik
xususiyati sifatida samimiylik, ibrat-
namunaviylik, sabr-toqatlilik, ma’naviy yuksaklik, kasbga sadoqatlilik, yuksak
tuyg’ularni
egallaganlik, tashabbuskorlik, dovyuraklik, tashkilotchilik kabi bir qator
sifatlarni ko’rib chiqmasdan turib xolis va hayotiy xulosalar chiqara olmaymiz.
Ushbu xususiyatlarni shakllantirish bo’lg’usi harbiy kasb egalarini tayyorlashda biz
pedagoglar oldiga qo’yilgan bir qator vazifalarni hal etishda qo’l kelishi shubhasiz.
Bugungi kun talabiga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash masalasiga
kirishilgan ekan, bu muammoni to’laqonli ijobiy hal etilishi bo’lg’usi kasb egasi
hayoti bilan chambarchas bog’liq. Dunyo xalqlari bilan o’rnatilayotgan milliy
munosabatlarimizda asosan kasbiy-madaniy munosabatlar turadi.
Hatto milliy
113
mustaqillikni, barqarorlikni, iqtisodiy xavfsizlikni to’g’ri idrok qilish ham kasbiy-
madaniy munosabatlar asosida qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: