Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim o’g’li -
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
128
oluvchi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash zarur hisoblanadi. Hozirda jahon
miqyosida vaziyat qanday tez o’zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida siyosiy ahvol
tobora keskin tus olayotgani, turli qarama-qarshiliklar, mojaro va qonli to’qnashuvlar
tez-tez ro’y berayotgani, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora
ortib borayotgani, yaqin yon-atrofimizda davom etayotgan harbiy to’qnashuvlar bizda
chuqur tashvish va xavotir uyg’otmasdan qolmaydi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ta’biri bilan aytganda “Bugungi kunda
dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va
ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo’lishni
talab etmoqda” [1, 9-b]. Globallashuv sharoitida qurolli kuchlarimizga har qanday
vaziyatga tayyor, ham jismonan, ham ma’nan yetuk harbiy mutahassislarni yetkazib
berish, harbiy sohani rivojlantirishda dunyo tajribasidan samarali foydalanish,
birinchi navbatda tinchlikparvar kuchlarning zamonaviy harbiy-texnik salohiyati,
kadrlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishish, chet el davlatlari bilan samarali
hamkorlikni yo’lga qo’yish va malaka oshirish, tajriba almashish ishlari namunali
yo’lga qo’yilishini ta’minlash ham bugungi kun talabi bo’lib qolmoqda.
Dunyo shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning
ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo’lgan, yot va
buzg’unchi g’oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo’llar bilan singdirishga qaratilgan
urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin
kurash ketayotgan bir sharoitda, Vatan himoyasiga shay turgan yoshlarimizni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarini oshirish
nafaqat harbiy tizimida xizmat qilayotgan mutahassislar, balki, har bir
fuqarolarimizning burchi bo’lishi zarur. Harbiy ekspertlarning bergan ma’lumotlariga
ko’ra, XXI asrda ana shunday axborot hurujlari bilan shug’ullanish orqali
mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solish, noqonuniy ishlar bilan shug’ullanish, katta
pul miqdorlarining bir mamlakatdan ikkinchisiga o’tib ketaverishi o’ziga xos
axborot-psixologik urushining yaqinlashib kelayotganligidan, uning quroli – aynan
axborot va psixologik ta’sir ekanligini ta’kidlamoqdalar. Bu holat psixologlar oldiga,
jumladan, ijtimoiy psixologiya oldiga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi [3, 143-b.].
129
Shunday ekan, harbiy sohaning bu tahdidlardan holi etish harbiy pedagogikaning eng
ustuvor maqsadi bo’lib qolaveradi.
Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev “Mamlakatimizning konstitutsiyaviy
tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va
barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning bosh garovidir...
Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va ofitserlarimizni jismoniy
va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz
kerak” [2, 39-b.] deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas.
Har qanday islohotlarning amalga oshirilishi avvalo bajarilishi zarur bo’lgan
vazifalarni udalay oladigan kadrlarni tanlash bilan belgilanadi. Zamonaviy harbiy
bilim va ko’nikmaga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning jismoniy va aqliy
tayyorgarligi bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy salohiyatlarini ham
oshirish bugungi kunning talabi bo’lib qolmoqda.
Harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarning har tomonlama yetukligi
bevosita ularning psixologik imkoniyatlari bilan o’lchanadi. Auditoriya sharoitida
nazariy bilimlarni puxta egallagan kadrlar dala-o’quv mashg’ulotlarida o’zlarini
ko’rsata olishlari, turli sharoit va vaziyatlarga ruhan tayyor bo’lishlari zarur.
Ushbu ishlar dasturlari o’z doirasiga quyidagi vazifalarni qamrab olishi tavsiya
etiladi:
Harbiy xizmatga yoki o’quv yurtiga qabul qilingan yoshlarning kasbiy
motivatsiyasini o’rganish va chuqur tahlil etish.
Bu dasturning birinchi bosqichini o’z
ichiga oladi va kadrlar joylashuvini oldindan prognoz qilish imkonini beradi. Qabul
qilinuvchilarning harbiy sohaga qay darajada qiziqishi va layoqatini aniqlovchi
maxsus baholash mezonlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish nazarda tutiladi.
Bu o’z o’rnida kadrlar tayyorlash tizimi sifatini yanada oshiradi. Kasbiy
motivatsiyani baholash mezoni o’z yurtiga va xizmat vazifasiga sadoqatli kadrlarni
saralab olish imkoniyatlarini oshirishi bilan ham ahamiyatli bo’ladi.
Harbiylarning nafaqat jismonan, balki ruhiy tayyorgarliklarini ham hisobga
olgan holda ta’lim yo’nalishlarga taqsimlash.
Bu dasturning ikkinchi bosqichi bo’lib,
ushbu jarayonda harbiy ta’lim-tarbiya asosida rahbar yoki harbiy qo’mondonlik
130
tomonidan topshirilgan vazifalarni so’zsiz bajarishga bo’lgan layoqatini, intizomlilik
va sadoqat tamoyillarini nazarda tutish kerak. Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
ishlarida zamonaviy innovatsion metodlarni barcha harbiy xizmatchilar uchun bir xil
olib borilishini ta’minlashga ham e’tibor qaratiladi.
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida harbiyning psixologik holatini bevosita
kuzatib boruvchi mexanizmlarni tadbiq etish.
Harbiy bo’linmaning kichik
guruhlaridan namunaviy qismlarni tanlab olgan holda ularning dala mashg’ulotlari va
ko’rgazmali namoyishlardan avval va keyingi holatlarini o’rganish, shaxsiy
tashabbuskorlik, guruhiy ahillik, quroldosh do’stlar bilan samimiy munosabatlarning
tizimli monitoring qiluvchi metodikalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Bundan
kutiladigan eng katta natija harbiy sohada ruhiy sog’lom muhitni real baholash va
kelgusidagi o’zgarishlarni prognozlash imkoniyati yaratilishidir.
Dala-o’quv mashg’ulotlarida harbiylarga psixologik xizmat ko’rsatishni tashkil
etish.
Bunda harbiylarni o’z jangovar tayyorgarligini to’liq namoyon eta olishi, qurol-
aslaha bilan ishlash layoqati hamda ro’y berishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarga
qay darajada tayyor ekanligi hisobga olinishi zarur. Bu borada uzoq muddatli va
puhta o’ylangan yagona dastur asosida harbiy psixolog kadrlarni tayyorlashni
jadallashtirish nazarda tutiladi.
Yuqorida ilgari surilgan takliflar ijrosi albatta uzoq muddatga mo’ljallangan
bo’lib, kerakli o’quv materiallarini chop etish, ta’lim maskanlarida axborot resurs
markazlarini yangi o’quv adabiyotlari bilan boyitish ishlarini ham markazlashtirish,
bu borada ajdodlarimizning tarixiy asarlarini, xorij mutaxassislari ilmiy
qo’llanmalarini ishlab chiqish ishlarini ham jadallashtirish taklif etiladi. Harbiy
ta’limda innovatsion yangiliklarni keng qo’llash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, ularni o’z Vatani – O’zbekiston Respublikasini himoya qilishdagi
burchlarini bajarishga har tomonlama tayyorlash – harbiy o’quv yurtlari pedagogik
jamoalarining muhim vazifasi bo’lib qolaveradi.
Pedagogika harbiy ta’lim va xizmatning uzviy bog’liqligini ta’minlagan holda
quyidagi tamoyillarga asoslanishini ko’rishimiz mumkin:
131
- harbiy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan boshqa fanlar bilan birgalikda,
talabalarni milliy va baynalminal ruhda tarbiyalashni kuchaytirish;
- mehnatsevar, o’z Vatani uchun har qanday oliyjanoblik, jasorat va
qahramonlikka tayyor yosh avlodni tarbiyalay oladigan o’qituvchi- murabbiylik
xislatlarini rivojlantirish;
- talabalarning ma’naviy tarbiyasini nazariy-amaliy bilimlar bilan qurollantirish,
tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va o’tkazish, pedagogik malaka va ko’nikmalarni
shakllantirish;
- xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga, tiliga, diniy
qadriyatlariga mos g’oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka ishonch, mehr-
muhabbat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini singdirish kabilar bo’lishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |