O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


HARBIY XIZMATCHI IMIJINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

 
HARBIY XIZMATCHI IMIJINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK 
JIHATLARI
33
 
Ma’lumki, mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash, 
fuqarolarning tinchligini va osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir
zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta’minlangan, o’z kasbining yetuk 
mutaxassisi, harbiy professional va bugungi kun talablariga to’liq javob beradigan, 
tusatdan vujudga keladigan har qanday qurolli to’qnashuvlarni oldini olishga tayyor 
turadigan tezkor va harakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish – har bir 
davlatning buyuk kelajagini barpo etish yo’lidagi eng muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
Yurtimizda ham so’nggi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va 
rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni 
tayyorlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh 
Qo’mondoni Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 4 avgust kunidagi PQ-3898–son qarori 
bilan, Qurolli Kuchlarimizdagi barcha harbiy qism va muassasalarda (alohida 
batalonlargacha) harbiy psixolog lavozimlarini joriy etilishi, qo’shinlar jangovar 
shayligida harbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligini ta’minlaydi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar natijasida vatanparvarlik tuyg’usi 
yuksak, zamonaviy bilim, axloqiy-ruhiy holati barqaror, mustahkam iroda va qat’iy 
hayotiy pozitsiyaga ega mard va jasur, fuqarolik burchi va konstitutsion 
33
 
Ravshanov Lochinbek Urinovich
 - O’zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti 


122 
majburiyatlarini vijdonan, sadoqat va fidoyilik bilan bajarishga tayyor, o’z kasbini 
butun vujudi bilan sevadigan har tomonlama yetuk harbiy kadrlar bir gap bilan 
aytganda, “Zamonaviy harbiy xizmatchi”lar shakllanmoqda, desak hech mubolag’a 
bo’lmaydi. Bu esa, biz e’tibor qaratayotgan “Zamonaviy harbiy xizmatchi imijining 
ijtimoiy-psixologik jihatlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishimizning dolzarbligini 
belgilaydi, qolaversa harbiy imij va uni tadqiq etishning psixologik metodikalari 
tizimini yaratishni taqozo etadi. Bu borada biz avvalo, nazariy va amaliy faoliyat 
jarayonlarida imijni shakllantirish muammosining paydo bo’lishi va taraqqiyoti 
bosqichlarini belgilashimiz muhim bo’ladi. Bunda falsafa, psixologiya, pedagogika, 
imijelogiyaga oid manbalarning atroflicha tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz tadqiqotimizda imij fenomeni va uning ta’rifi, imijning psixologik 
komponentlari, uni shakllanish rivojida ijtimoiy- psixologik, sotsiologik, madaniy
-
tarixiy va ilmiy-nazariy asoslarini xronologik tizimda tahlil etishga harakat qilamiz. 
Imijning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiyoti tarixini nazariyotchi olim 
E.V.Yakovlevning ilmiy qarashlariga asoslanib, shartli uch davrga ajratishimiz 
mumkin:
1) tarixiy davr (miloddan avvalgi 9-7 ming yillik-XVIII asr);
2) tizimlash (tartibga solish) davri (XVIII-XX asr o’rtasi);
3) axborotlashgan davr (XX asr o’rtasi-xozirgi vaqtgacha) [1].
Tadqiqotlarda qaysi vaqtda imijni yaratishga zaruriyat paydo bo’lganini taxmin 
qilishning imkoni yo’q. Aynan qaysi bir mamlakatda ilk bora unga ehtiyoj
tug’ilganini va uning asoschisi kim ekanligini aytish ham mushkul. Imijni 
shakllantirishning ibtidoiy ko’rinishlarini dastlabki jamoaviylik tuzumi bosqichida 
paydo bo’la boshlagan, degan farazni ilgari surishimiz mumkin. Imijelogiya zaruriyat 
sabab shakllantirilgan qiyofa va joziba yordamida insonlarni ishontirish, ta’sir 
o’tkazish, ularning hayot tarzini o’zgartirishga asoslanadi. Imij XX asrning 
favqulodda hodisasi, biroq uning tub ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladi. 
Jamoatchilik fikriga ta’sir etish vositasi sifatida hali ta’riflanmagan termin qadimgi 
zamonlardayoq faoliyatda mavjud bo’lgan. 


123 
Imij fenomeni bo’yicha dastlabki mutaxassis sifatida hukmdor Moiseyning 
yordamchisi ruhoniy Aaron (miloddan avvalgi 1445 yil) tomonidan e’tirof etiladi. 
Moiseyning duduqlanishi sababli uning o’rniga xalq oldida Aaron gapirishga majbur 
bo’lgan. Shu sabab ham uni xukmdorning og’zi va bashoratchisi deb atashgan [2, 65-
b]. 
“Imij” tushunchasi XX asr boshida AQShda paydo bo’lgan. Bu davrda 
mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatida jamiyatda mamlakat obrazi 
salbiy ko’rinishga ega bo’lib borishi uning xalqaro maydondagi biznes harakatiga 
halaqit bera boshlaydi. Dastlabki “Imijmeyker”larga dunyo madaniyatini zabt etish 
va jahonda andoza bo’la oladigan mamlakatning ijobiy imijini yaratish vazifasi 
yuklatiladi. Mamlakat Prezidenti va Birinchi xonimining imij andozasi ishlab 
chiqilgan. Ayni shu paytlarda “amerikacha hayot tarzi” tushunchasining paydo 
bo’lishi, imijmeykerlarda “butun dunyoni egallash” falsafasini yuzaga keltirgan va 
shaxsning imijini shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. “Imij” termini dastlab 
ishlab chiqarish sohasida iste’molchilarga psixologik ta’sir o’tkazish vositasi sifatida, 
tijorat reklamalarida mahsulotlarni farqlashda foydalanilganligi sabab yetarlicha tor 
ma’no-mazmunga 
ega 
bo’lgan. 
Keyinchalik 
esa 
jamoat 
arboblarini 
differentsiatsiyalashga ehtiyoj paydo bo’ladi. XX asrning 30-yillarida “Nyu-York 
Tayms” gazetasida chop etilgan maqolalarning asosiy qismini imijni yaratish, 
taraqqiy ettirish sohasidagi mutaxassislar tomonidan nashrga tayyorlangan materiallar 
tashkil etgan. 
XX asrning boshlarida Rossiyada ham imijni shakllantirishning ijtimoiy roliga 
bag’ishlangan izlanishlar olib borilgan. M.S.Hepkin, V.I.Nemirovich-Danchenko, 
E.B.Vaxtangov va K.S.Stanislavskiylar badiiy obrazni yaratish usullarini tadqiq qilib, 
imijning ijtimoiy-psixologik jihatlariga e’tibor qaratishgan. K.S.Stanislavskiyning 
yozishicha, imij – inson faoliyati, muloqoti, xulq-atvori va tafakkurining obrazidir [3, 
34-b]. 
Demak, “imij” so’zi ilmiy tushuncha sifatida ishlatilayotganiga hali ko’p 
bo’lmaganligi bois, aniq talqinga ega emas. Bu tushuncha psixologik bilimlarning 
ko’p qirralarini o’zida birlashtirib, psixologiya, siyosatshunoslik, pedagogika kabi 


124 
fanlarning turli tarmoqlarida ishlab chiqilgan. Imij nafaqat ko’riladigan obraz, balki 
shakl va mazmun jihatidan ichki va tashqi yaxlitlikning bir ko’rinishi sifatida ham 
tushuniladi. Bu borada, bir qator tadqiqotchilarimiz o’zlarining fiklarini bildirishgan: 
G.G.Pocheptsov – “Imij – bu shakl va mazmundan iborat bo’lgan belgi 
xarakteristikalari majmui bo’lib, omma ongi bilan muloqot qilish vositasi hamda 
ongli faoliyat mahsuli hisoblanadi”; 
B.Bryuse
 
– “Imij – ommaning tushunishida, malakali imijmeykerlar tomonidan 
yaratilgan inson, guruhlar, tashkilotlar hayoliy qiyofasining hodisa, jarayon yoki 
holatlaridir”; 
V.M.Shepel – “Imij – bu muloqotimizni qulaylashtirishning ajoyib vositasi, 
insonlarning shaxs sifatlarini yaxshiroq ko’ra bilish borasidagi kattalashtiruvchi 
oynadir” kabi mazmunlarda ta’riflashganlar. 
Jumladan, Qurolli Kuchlar (armiya) sohasida ham Qurolli Kuchlarning imiji 
haqida alohida fikr yuritish lozim. Ta’kidlash kerakki, armiyaning imiji odamlar 
ongida stixiyaviy (tasodifan paydo bo’lib qoluvchi) tarzda shakllangan siymo emas, 
balki, alohida sub’ektlar tomonidan maxsus yaratilgan va singdirilgandir. Imij 
abstrakt-nazariy darajada emas, balki hissiy darajada ommaviy ongga ta’sir 
o’tkazishga qaratiladi. Bu mafkuraning bir elementi hisoblanadi, negaki ma’lum bir 
siyosiy sub’ektlarning qiziqishini ifodalaydi.
Falsafa fanlari doktori, general-leytenant V.V.Serebryannikov bu borada 
shunday yozadi: “Davlat tomonidan armiya xususida yaratiladigan imij katta ijtimoiy 
kuchga ega. Ishning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi davlat imijini ko’taradi, armiyaga 
nisbatan hurmat va harbiy xizmatchilarga ishonchni uyg’otadi, harbiylar va 
fuqarolarning jipsligini ta’minlaydi, aholining harbiy xizmatga hurmatini oshiradi. 
Bir so’z bilan aytganda, armiya va mamlakatning xavfsizligini har tomonlama 
mustahkamlaydi”. Davlat imiji doirasida Qurolli Kuchlarning mavjudligi, maqsadi, 
vazifalari, ma’naviy va axloqiy-psixologik xususiyatlari, zamonaviy harbiy texnika 
va qurol-aslahalar bilan ta’minlanganligi, jangovar tarixi, harbiy-jangovar an’analari, 
istiqboli, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ahvoli, yuqori harbiy kasb tayyorgarligi, 


125 
harbiy qo’shinlarga xos belgi va nishonlarning ma’no-mazmuni kabi jihatlari aks 
etadi. 
Yuqorida berilgan tasniflardan ko’rinib turibdiki, armiyaning imiji bir qisqa vaqt 
davomida yaratib bo’lmaydigan, balki yetarli darajada tarixiy asoslarga ega va 
doimiy rivojlanib borilayotgan holatdir. Shuning uchun, mazkur masala toki Qurolli 
Kuchlarning to’liq imiji yetarli darajada yaratilmaguncha muntazam tarzda tadqiq 
etishni talab etadi. Ta’kidlash kerakki, armiyaning imiji uni alohida okrug
qo’shilmalar, harbiy qismlar va bo’linmalarni hamda barcha turdagi komandirlar, 
ofitserlar, shartnoma asosidagi harbiy xizmat serjantlari va oddiy askarlar toifasi 
hamda muddatli harbiy xizmatchi (askarlar) faoliyatini targ’ib etish asosida 
shakllanadi. 
Mazkur yondashuv, nafaqat Qurolli Kuchlarimiz imijini ko’tarishga, balki 
harbiy faoliyat talablariga binoan sub’ektning funktsional holatini, jismoniy va 
psixologik mosligini belgilashga yo’naltirilmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, harbiy xizmatchilar imiji va uning ijtimoiy
-
psixologik 
tadqiqi o’z ichida harbiy qiyofa, kasbiy kompitentlik, harbiy professionallik, axloqiy 
qiyofa, milliy ong, milliy g’urur, ijtimoiy qiyofa, kasbiy qiyofa, harbiy burch, kasbiy 
kamolot, shaxsdagi yuksak hislar, intizom, sabr
-
toqat, dadillik, mehnatsevarlik, 
jasurlik, jangovor shaylik, psixologik tayyorgarlik, altruizm (o’zini fido qilish) kabi 
qator ijobiy sifatlarni harbiy xizmatchilarda qay darajada shakllanganligini asoslab 
berishi ehtimoldan holi emas. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish