YUKSALTIRISHNING MA’NAVIY - AXLOQIY JIHATLARI
39
Hozirgi XXI asrda har bir davlat o’zining harbiy, milliy xavfsizlik
kontseptsiyalariga ega bo’lib, shiddat bilan o’zgarib borayotgan siyosiy ong
39
Xursandov A.S., Xolmurodov D.B.
- O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
138
vaziyatlari va siyosiy hodisalar davlatlar taqdiriga u yoki bu darajada ta’sir etmoqda.
Shu sababli ham har qachongidan ham bugun davlatning harbiy salohiyatini
yuksaltirishning ahamiyati ortib bormoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar
strategiyasining beshinchi ustuvor yo’nalishida O’zbekiston Respublikasining
konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; axborot
xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot
sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish; fuqarolik,
millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; Qurolli
Kuchlar jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi
va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammlarni oldini olish; favqulodda
vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish qat’iy belgilab
qo’yilgan [2, 27-b.].
O’zbekiston mamlakatimiz tashqi siyosatida o’zining milliy manfaatlaridan
kelib chiqib, turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo’shilmagan holda o’zining
suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha qat’iy pozitsiyaga ega
bo’ladi, o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo’l
qo’ymaydi, ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib boradi [1, 2-b.]. O’z navbatida
davlatning harbiy qudrati deganda davlatning harbiy maqsadlarda o’z vaqtida va
maksimal darajada qo’llay oladigan moddiy va nomoddiy salohiyati tushuniladi.
Harbiy qudrat yana shu omillar bilan o’lchanadiki, bular mazkur davlatning harbiy
kuchlarni saqlashi va uni doimo takomillashtirib borishi, ularning xavfsizligini
ta’minlash, Qurolli Kuchlarni yetarli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy
qurollar va harbiy-texnika bilan ta’minlash, urush va tinchlik paytida ham bir xil
ta’minotni olib borish va olib boriladigan urushning maqsadini singdira olish kabi
vazifalar bajarilishi lozim. Buning uchun milliy armiyamiz saflariga jismonan
baquvvat, ma’nan yetuk va mard o’g’lonlar xizmati zarur. Zero, Prezident
Sh.M.Mirziyoyev “Bugungi kunda milliy armiyamiz, ming-minglab o’g’lonlarimiz
uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech
shubhasiz, shy yo’lda erishgan eng katta yutug’imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi
139
barcha ota-onalar, butun xalqimiz g’urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof
etmoqda” [1, 221-b.], deya ta’kidlab o’tgan fikrlari e’tiborga molikdir,
Globallashuvning muhim xususiyatlaridan biri insonlarning ongi va qalbini
egallash uchun kurashning kuchayganidir. Qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy
iskanjaga olishlar o’rniga ko’proq mafkuraviy vositalar va ma’naviy qurollar
ishlatilmoqda. Odamlarning tafakkuri, ongi, dunyoqarashini egallashga urinishlar
tobora kuchaymoqda. Boshqa hudud va xalqlarni o’ziga qaram qilish uchun ma’naviy
buzg’unchilik uslublari qo’llanmoqda. Chunonchi, Islom Karimov “Hozirgi vaqtda
axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni
mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga,
inson hayoti, oila muqaddasligiga va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va
ko’pchilik bugun jahonda bamisoli balo qazodek tarqalib borayotgan bunday
xurujlarga qarish kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda” [3, 117-b.] deya
ta’kidlagan edi.
G’arbdagi ayrim kuchlar tomonidan axloqsizlik shaxs erkinligi deb, behayolik
demokratiya tantanasi deb targ’ib etilayotgan bir vaqtda xalqimiz milliy o’zligini, o’z
ma’naviyati va milliy g’ururini saqlab qolishga intilishi tabiiy, albatta. Shunday ekan,
"ma’naviy tahdid" tushunchasi mavhum, o’ylab topilgan xavf-xatar emas, balki real
ijtimoiy hodisa ifodasidir, deb aytishga asos bor. Ularga qarshi dasturilamal milliy
g’oyamiz bor.
Har bir davlat o’z mustaqilligini saqlab qolish uchun, eng avvalo, milliy
xavfsizligini ta’minlashi, harbiy xavfsizlikning ma’naviy-axloqiy asoslarini yaratishi,
ya’ni mudofaa qudratini mustahkamlashi, buning uchun esa tegishli islohotlarni
amalga oshirishi zarur. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, qadimdan ota-bobolarimiz
Vatanga, elga muhabbat muqaddas tuyg’u ekanligini ta’kidlab kelganlar. Ular Vatan,
xalq manfaati, milliy qadr - qimmat, or-nomus masalasini hamma narsalardan ustun
qo’yganlar, kerak bo’lganda bu manfaatlar yo’lida jonini qurbon qilishni o’zlari
uchun sharaf deb bilganlar. Qadimgi turkiy davlatlardan birini asoschisi Metexonga
qo’shni davlat podshosi hujum qilishga bahona qidirib uning eng sevimli saman otini
so’ragan. Shunda u el yurtni vayron bo’lishini istamay saman otini berib yuborgan.
140
Sahal o’tmay uning sevimli va go’zal kanizagini so’ragan. Shunda ham u el xalq
tinchligini o’ylab kanizakni ham berib yuborgan. Lekin bir oz o’tmay yana
mamlakatni ekinsiz, o’rmonsiz bir parcha erini so’ragan. Shunda Metexon quyidagi
so’zlarni aytgan ekan : “Vatan bizning mulkimiz emas, mozorda yotgan
otalarimizning va qiyomatga qadar tug’ulajak avlodlarimizning bu muborak tuproq
ustida xaqlari bordir. Vatandan ozgina bo’lsa ham, bir qarich bo’lsa ham er bermakka
xech kimning salohiyati yo’q. Bundan buyog’iga urush qilajakmiz. Endi men otimni
dushmanga suraman, orqamdan kelmagan o’ldirilajakdir” [4, 63-b.].
Vatan o’z farzandlaridan uni sevishni, unga vafodor bo’lishni, uning yo’lida
kerak bo’lsa jonini ayamaslikni talab qiladi. Har bir xalqning o’z makoni yashash
yurti bor. Ular har doim unga intilib, uning uchun xizmat qilib yashaydilar. Har
qanday yurt ham o’z Vatanidek bo’lmaydi. Albatta agar inson Vatanini sevsa,
vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan bo’lsa. Vatanparvarlik - bu ijtimoiy tarixiy
taraqqiyotni boshidan o’tkazayotgan ma’lum bir etnik guruhning o’z tarixi, tili,
madaniyati, urf-odatlari, milliy obro’si, qadr-qimmati va uni bilishi bularni hurmat
qilishi, ularga tayanishi kabi xarakterli tomonlar bo’lib ular shu millat vakillarining
ma’naviy fazilati sifatida namoyon bo’lishidir.
Hozirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash nihoyatda serqirra,
murakkab va ma’suliyatli vazifalardan biridir. Vatanni sevish, vatanparvarlik
tuyg’ularini shakllantirishda quyidagi tomonlarga e’tibor berish lozimdir. Bularga
Vatanni himoya qilish uchun harbiy xizmatni o’tash, Vatan dushmanlari va xoinlariga
nafrat bilan qarash, Vatan manfaatlarini hamma narsadan ustun qo’yish, Vatan,
mamlakat ramzlarini muqaddas deb bilish, Vatan tarixini bilish va u bilan faxrlanish,
barcha vatandoshlarni qadrlash va ular bilan birga Vatan manfaatlari yo’lida
birlashish, Vatan istiqbolini bilish va bu yo’lda fidoilik ko’rsatish. Vatan
himoyachilari bu yoshlarda o’z aksini topadi. Vatan uchun xizmat qilish har bir
vatanparvar insonning sharafli burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |