Adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga
Murojatnomasi // Vatanparvar. – Toshkent, 2019. – № 1 (2804) – B. 6.
2.
Ochilov A. Yoshlar, vatanparvarlik va axloqiy-ruhiy tarbiya G’G’
Vatanparvar. – Toshkent, 2018. – № 6 (2757) – B. 4.
3.
Yoshlarni
vatanparvarlik
ruhida
va
jismoniy
tarbiyalash
hamda
chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutahassisliklar bo’yicha tayyorlash tartibini
takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori. 2018 yil 12 dekabr // Xalq so’zi. – Toshkent,
2018. – №257-258 (7215-7216) – B.1–3.
KURSANTLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASHDA MILLIY G’OYA TARG`IBOTINING O’RNI
45
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “... Oddiy qilib aytganda,
farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va “yomon”, “mumkin” va “mumkin
45
Rasulova M.E., Salimov Sh.M. -
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
154
emas” degan tushunchalar o’rtasidagi farqni o’rgatishimiz, o’zimiz esa ularga doim
shaxsiy namuna bo’lishimiz kerak.” [2] ta’kidlaganlar.
Milliy g’oya targ’ibotida vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda kursantlarga
ham, ziyolilarga ham, dehqonlarga ham bir xil munosabatda bo’lish, bir xil
usullardan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki turli ijtimoiy guruh
vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadriyatlari bir-biridan farq qiladi.
Mafkura targ’ibotida aynan mana shu qadriyatlarga, manfaatlarga mos g’oyalarni
ilgari surish ko’proq samara berishi mumkin.
Targ’ibotchi-tashviqotchilarning o’zlari ham el-yurt orasida obro’-e’tibor
qozongan, yuksak saviyali, ko’pni ko’rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi,
odamlarning yuragiga haqqoniy so’zi, yorqin fikri bilan yo’l topadigan halol insonlar
bo’lmoqlari darkor. Demak, targ’ibotchi uch ming yillik tarixga ega bobokalon kitob
– “Avesto”dagi “ezgu niyat, ezgu so’z, ezgu amal” tamoyiliga mos shaxs bo’lmog’i
lozim.
Targ’ibot-tashviqot ham ta’lim – tarbiyaning bir ko’rinishidir. Tarbiya faqatgina
ixtiyoriylikka asoslanmaydi. Shu o’rinda O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi
64-moddasida “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar” [1] deyilgan. Demak, bu o’rinda tarbiya ota-ona
zimmasiga majburiyat sifatida yuklangan. Har qanday tarbiyada, hatto yuksak
rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi-ko’pmi bajarilishi shart bo’lgan
belgilar mavjud. Masalan, bola go’dakligidan yuz-qo’lini yuvishga o’rgatilmasa,
kerak bo’lsa, majbur qilinmasa, yuvuqsiz holda dasturxon atrofiga o’tirish unga odat
bo’lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo’lgan sharmu hayo, andisha, ota-onaga
hurmat, kattalarga izzat-ehtirom, kichiklarga shafqat kabi olijanob fazilatlar ham o’z-
o’zidan shakllanib qolmaydi. Ma’lum bir o’rinlarda bu usuldan targ’ibot-tashviqot
ishlarida ham foydalanish o’zini oqlaydi.
Bundan tashqari, mafkura ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, axloqiy va o’zga
g’oyalar majmuidan iborat ekanligini yodda tutgan holda, har bir suhbat, uchrashuv,
eshittirish, ko’rsatuv mazmun-mohiyati bilan odamlar qalbiga yetib borishi uchun
turli ixtisos va yo’nalishlardagi mutaxassislardan foydalanmoq lozim. Milliy g’oyani
155
yoshlar ongi va qalbiga singdirishda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar ham
alohida ahamiyatga ega. Ular el sevgan adiblar, san’at ustalari, huquq organlarining
vakillari, Vatan qahramonlari, harbiylar, soliq, mehnat bo’limlarining xodimlari,
siyosiy partiyalarning vakillari, olimlar, siyosatchilar va sportchilar bo’lishi mumkin.
Bunday jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar ularning hayot tajribalari xususida
jonli muloqot yuritishga imkon beradi. Ular bilan muloqot orqali yoshlar o’zlarini
qiynayotgan, qiziqtiradigan savollarga bevosita javob oladilar. Ularning hayoti va
faoliyati yurt tinchligi, Vatan ravnaqi g’oyalariga yaqqol misol bo’lib, yoshlarni ana
shu yo’sinda yashash va harakat qilishga undaydi.
Mafkura targ’ibotining bizda keng rasm bo’lgan shakli voizlar faoliyati bilan
bog’liq. Hozirgi davrda ham qadimdagidek voiz-notiqlik san’atini egallash,
to’planganlarga maqbul qilib gapirish bugungi dunyoda mavjud 35 mingdan ziyod
kasb-hunar ichida eng murakkablaridan biri hisoblanadi. Qo’l-oyog’i butun xohlagan
kishini ketmon chopishga, mashina haydashga o’rgatish mumkin. Targ’ibot esa
jarrohlik singari noziklikni talab etadi. Notiqning san’ati maqsadga qanday etishish
yo’llarini ko’rsatib, lo’nda va tushunarli qilib so’zlab, auditoriyani o’ziga ishontirib,
kishilarni shu maqsad yo’lida faol harakatga targ’ib etishdan iborat.
Frantsuz olimi P’er Buast fikricha, quruq nazariy nutqlar porlab turadigan,
ammo harorat bermaydigan billur qandillarga o’xshaydi. Nutqlarida teranlik
etishmagan ba’zi notiqlar bu nuqsonni ko’pincha ezmalik bilan to’ldiradilar. Bu esa,
o’z navbatida, voizni maqsaddan uzoqlashtirib yuboradi. Oz so’z bilan ko’p ma’no
anglata olgan voizning nutqi juda yoqimlidir, chunki aynan shunday nutq kursantlar
ongi va qalbiga yetib bora oladi.
Odatda odam o’zining shaxsiy qarashlari, manfaatlariga mos keladigan
narsalargagina ishonadi. Ya’ni ommaga chiroyli ilmiy iboralardan ko’ra, tabiiy
odatiy, kundalik hayotda ishlatiladigan so’zlar tizimi tezroq va kuchliroq ta’sir
ko’rsatadi. Tajriba o’tkir notiq va siyosatchilarning o’z nutqlarida hech qachon
g’ayritabiiy, anglash mushkulroq ilmiy iboralardan foydalanmasliklarini ko’rsatadi.
Kursantga ta’sir etuvchi va uning ishonchini uyg’otuvchi nutq shunday bo’lishi
lozimki, uni tinglaganlar har bir ifoda etilgan so’z ustida kamroq o’ylanishi, aksincha,
156
tanish, o’ziga yoqimli narsalar xususida gap borayotganini qalban his etib turishlari
kerak. Demak, voiz-notiq nutqida ishlatiladigan ramzlar, so’zlar, iboralar, ishoralar,
narsa va hodisalar kursant talab – ehtiyoji, orzu-umidlari va manfaatlariga bevosita
aloqador bo’lgandagina ta’sirchan hamda ishonchli bo’ladi.
Targ’ibotning bu shakli samaradorligini oshirish alohida z’tiborni talab qiladi.
Chunki, birinchidan, voizlar nutq so’zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to’plash
ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari boshlab kelingan
insonda hali voizni eshitmay turiboq ichki qarshilik paydo bo’ladi. Demak, bu holda
hali targ’ibot boshlanmasdanoq uning teskari samara berish ehtimoli kuchayadi.
Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o’z tomoniga og’dirish, unga ta’sir
ko’rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.
Kursantlarning qalbiga yo’l topa bilish va ularga kuchliroq ta’sir ko’rsatish
uchun, bizningcha, quyidagilarni hisobga olmoq darkor:
–mazkur jamoa, mazkur ijtimoiy guruhning mamlakatimiz oldida bugun va
istiqbolda turgan vazifalarni hal etishdagi roli;
–kursantlarning hayot tajribasi;
–ularning bilim darajasi (umumiy, maxsus hamda siyosiy-huquqiy), shuningdek,
hozirgi zamon hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan voqea-hodisalardan
qanchalik xabardorligi;
–kursantlarning kayfiyati, ularning dolzarb masalalarga yondashuvi, sodir
bo’layotgan voqealarga munosabatlari, istiqbol to’g’risidagi tasavvurlari;
–kursantlarning turmushda tutgan yo’li hamda hayot mavqei, nuqtai nazarining
faollik darajasi.
Nutq so’zlash, ma’ruza o’qish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni izchillik bilan
hisobga olish ham foydadan xoli emas:
–
mavzuni asoslash hamda bir maqsadni ko’zlab targ’ib – tashviq va da’vat
qilish;
–
asosiy muammoni o’rtaga qo’yish, uni muhokama qilish va ko’rib chiqish;
–
muammoni kursantlar e’tiboriga havola qilish uchun uslub va usullarni tanlab
olish;
157
– misollar va ko’rgazmali qurollar tanlash;
– amaliy maslahat, tavsiyalar berish, muammoni hal etishga targ’ib-tashviq
qilish;
– nutqning bir butun auditoriyaga hamda shu bilan birga har bir kursantga
alohida qaratilganligi mushtarakligini ta’minlash va hokazolar.
Auditoriya haqida har tomonlama ma’lumotlarni bilish hamda targ’ibot –
tashviqot jarayonida ularni hisobga olib borish kursantlarga ta’lim va tarbiyaviy ta’sir
etish, ularning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy faolligiga ta’sir
ko’rsatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |