O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


SHARQ FALSAFASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY G’OYALARNING



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

SHARQ FALSAFASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY G’OYALARNING 
TAHLILI
43
 
Bugungi kunga kelib jamiyat taraqqiyotini falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilish 
va bu borada Sharq falsafasini, buyuk faylasuf-allomalarimizning ijtimoiy-siyosiy 
qarashlarini o’rganish masalasi hayotiy zaruriyatga aylanib bormoqda. Buyuk 
mutafakkir-olimlar bizga qoldirgan ma’naviy boyliklar– falsafa, axloq, siyosat, din 
va boshqa fan sohalariga taalluqli bo’lgan nodir asarlar, qo’lyozmalar, ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlar jamlanmasidir. 
43
 
Saidov S.A
. – Termiz davlat universiteti 


149 
Mana shunday noyob ijtimoiy-siyosiy g’oyalarga boy bo’lgan asarlardan biri 
Abu Muhammad Abdulloh ibn al-Muqaffaning “Al-adab al-kabir” asaridir. “Al-adab 
al-kabir” asari birinchi navbatda davlat boshliqlari va ularning vorislari, saroy 
amaldorlari va boshqa yuqori tabaqaga mansub shaxslar mutolaa qilishi uchun 
mo’ljallangan, pand-nasihat shaklida yozilgan asardir. Bunda asosiy e’tibor axloq-
odob masalalariga, davlat hayoti va uning fuqarolar bilan o’zaro munosabatlariga 
qaratilgan. 
Asarning birinchi qismi jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy masalalarga 
bag’ishlangan bo’lib, muallifning adolatli va har tomonlama barkamol jamiyat, odil 
va yuksak axloqiy fazilatlarga ega hukmdor borasidagi fikr-mulohazalarini o’z ichiga 
qamrab oladi. Ushbu qismda Ibn Muqaffa davlat boshlig’ining siyosat borasidagi 
layoqati bilan bir qatorda, uning shaxsiy axloqiy sifatlariga ham o’z e’tiborini 
qaratadi. 
Komil ishonch bilan aytish mumkinki, inson ijtimoiy mavjudot bo’lib, ijtimoiy 
munosabatlar va siyosiy hokimiyat piramidasidan o’zini chetga ola olmaydi. Uning 
jamiyat bilan o’zaro munosabatlari asosida jamiyatda ham, inson tafakkurida ham 
rivojlanish jarayoni kuzatiladi. Ibn Muqaffa “Al-adab al-kabir” asarida ta’kidlab 
o’tganidek, jamiyat tepasida turgan boshqaruvchi barkamol, ideal jamiyat barpo etish 
printsiplarini ishlab chiqishi kerak.
Ibn Muqaffa davlat boshliqlari haqida fikr yuritar ekan, ularni o’z xalqining 
adolatli yo’lboshchisi, tafakkur qilish, siyosat, axloq va muomala odobi kabilarni 
chuqur egallagan shaxslar bo’lishlari lozimligini ta’kidlaydi. Adolat tushunchasi Ibn 
Muqaffa ta’limotida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ibn Muqaffa fikricha, adolat 
davlat boshlig’i tomonidan hukumatdagi adliya idoralari vositasida o’rnatilishi 
lozim. Adolat jamiyatdagi ezilgan xalq vakillarini yuqori toifadagi aslzodalar xatti-
harakatlaridan himoya qiluvchi, ular o’rtasida tengma-teng munosabatlar olib 
borilishini kafolatlovchi, adliya idoralarining o’zidagi kamchiliklarga baho bergan 
holda adolatli qarorlar chiqarilishini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. 
Adolatsizlik esa, jamiyat hayotida murakkab ijtimoiy holatni keltirib chiqargan 
holda, huquqiy, ma’rifiy, siyosiy va iqtisodiy tanazzulga olib keladi. Ibn Muqaffa 


150 
bunday murakkab vaziyatning yuzaga kelishini davlat boshlig’iga nisbatan 
fuqarolarning ishonchi yo’qolishi va ularda o’z hukmdorlariga nisbatan 
bo’ysunmaslik kayfiyatining paydo bo’lishi bilan bog’liq deb, ta’riflaydi. Bunday 
holat yuzaga kelgan taqdirda, hukmdor o’z hokimiyati ag’darilishining oldini olish 
imkoniyatiga ega bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham adolat davlat boshqaruvining 
eng asosiy xususiyati bo’lishi kerak. Lekin adolat tamoyili faqatgina davlat 
boshlig’igagina xos bo’lib qolmay, barcha mas’ul shaxslarga,umuman jamiyatning 
har bir a’zosiga taalluqli bo’lishi lozim. 
Jamiyat rivoji iqtisodiy raqobat omili bilan chambarchas bog’liqligini 
ta’kidlagan holda, Ibn Muqaffa ushbu omilsiz jamiyatning rivojlanishi mumkin 
emasligini aytib o’tadi. Shu yerda Ibn Muqaffa shunday savol qo’yadi: Qanday qilib 
hozirgi iqtisodiy sharoitda ideal jamiyat g’oyasini ro’yobga chiqarish mumkin? 
Bunga insonning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilash va yashash uslublarini 
mukammallashtirish orqali erishish mumkin. Ibn Muqaffa o’zining ijtimoiy-siyosiy 
qarashlarida abbosiy xalifa Mansurni adolat tamoyiliga asoslangan holda qonunlar 
majmuasini ishlab chiqishga da’vat etadi.
Ibn Muqaffa uchun mukammal davlat boshlig’i yetuk axloqiy fazilatlarni 
egallagan, o’tkinchi havaslarga berilmay, o’z fuqarolarining farovonligi uchun 
qayg’uradigan, xasislik va qahr-g’azabga moyil bo’lmagan shaxsdir. Ibn 
Muqaffaning odil hukmdor, adolatli jamiyat borasidagi ushbu fikrlarini “Ikkinchi 
muallim” nomi bilan ulug’lanuvchi Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” 
asaridagi fikrlar bilan qiyoslash mumkin. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish