O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIY KASBIY



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIY KASBIY 
TAYYORGARLIKNING NEGIZI SIFATIDA
44
 
Harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy jihatdan 
tarbiyalashni yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda 
44
 
Gaipov Ravshan Abdujalilovich - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti 


151 
xalqimizning qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning harbiy san’atni 
rivojlantirishga qo’shgan hissasini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga ega”.[1] 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni 
Sh.M.Mirziyoyev 
Vatanparvarlik tarbiyasini biz bola tug’ilganidan boshlab, uning tafakkuriga 
singdirib borishimiz lozim aslida. Albatta, ona suti bilan, ona aytgan allasi orqali ota-
onaga, Vatanga bo’lgan muhabbat, asta-sekinlik bilan bolaning ongida rivojlanib 
boradi. Vatanparvarlik tushunchasi juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, hozirgi 
kunda yurtimizdagi barcha soha egalari vatanparvar bo’lishlari lozim. Chunki, 
yurtimizdagi bobo-dehqondan boshlab, olim va allomalarimizgacha o’zlarining har 
bir qilgan mehnatida Vatanga sodiqlik hissi aks etib tursa, Vatanimiz yanada 
rivojlanib, dunyo ham jamiyatida o’zining mustahkam o’rniga ega bo’ladi. 
Bu borada bizga, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros, ularning hayot 
yo’llari, bizga shaxsiy namuna bo’la oladi desak adashmaymiz. Sharq xalqlari 
tafakkurida vatanparvarlik g’oyalari azaldan keng tarqalgan bo’lib uning ko’p 
mingyillik tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Sharq uyg’onish davri mutafakkirlarining 
yashash tarzi, ijodi, ularning ilm yo’lida olib borgan izlanishlarining o’zidanoq, 
yoshlarni tarbiyalash yo’lida ko’plab ijobiy fikrlarga ega bo’lishimiz mumkin. 
Ularning har bir qilgan ishlarida, yozgan birgina satrida ham vatanparvarlik 
g’oyalarini ko’rish mumkin. Sharqda “Muallimi soniy”, ya’ni Arastudan keyingi 
“Ikkinchi muallim” nomi bilan shuhrat qozongan Abu Nasr Forobiy insonlarning 
jamiyatda ahil bo’lib yashashlari taraqqiyot mezoni ekanligini o’zining ilmiy 
merosida yozib qoldirgan. 
Har bir insonda Vatanni sevish, uni qadrlash, uning muqaddasligini qalban his 
etish, o’zini Vatandan ayri his eta olmaslik kabi sof insoniy his-tuyg’ular asosida 
qaror 
topgan 
vatanparvarlik 
tuyg’usi shaxs ma’naviyatining mezonidir. 
Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda hamda mavjud ma’naviy-axloqiy qadriyatlar 
asosida shakllanadi va rivojlanadi. Hech bir shaxs vatanparvarlik tuyg’usini 
yaratmaydi, balki uni tayyor holda qabul qilib oladi va asta-sekinlik bilan o’z ongiga 


152 
singdirib boradi. Chunki vatanparvarlik uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonlarida 
shakllanadigan ijtimoiy tuyg’u hisoblanadi. Shuning uchun ham vatanparvarlik, 
insonlarning ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy xislatlari va fazilatlarining yuksak darajada 
namoyon bo’lishi deb qaraladi. 
Vatanparvarlik deganda, avvalo, el-yurt manfaati yo’lida fidokorona xizmat 
qilish, har doim el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish tushuniladi. Bu 
esa har birimizdan fidoyilikni talab qiladi. Fidoyilik esa vatanparvarlikning asosiy 
mezonidir. Demak, O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida yuksalishi, iqtisodiy, 
ma’naviy-madaniy taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayotga erishishi uchun tinmay 
mehnat qilish va izlanish eng katta fidoyilikdir. Fidoyilik, avvalo, Vatanga bo’lgan 
sadoqat hamda mehr-muhabbatdan boshlanadi. Ya’ni, har bir sohada fidoyilik asosida 
vatanparvarlik g’oyalari namoyon bo’ladi. 
Harbiy vatanparvarlikning oliy ko’rinishlaridan biri jasoratdir. Jasorat 
shunchaki, kitobiy so’z bo’lib qolmay, tarixiy taraqqiyotimiz bosqichlarida, xalq, 
millat manfaati yo’lida mard va jasur o’g’il-qizlarimiz tomonidan amalga oshirilgan 
ulug’ ishlar majmuidir. Bunga To’maris jasorati, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron 
Amir Temur, Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning ko’rsatgan buyuk 
jasoratlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, ajdodlarimizning ilm-
fan, adabiyot, madaniyat ravnaqi uchun el-yurt, xalq farovonligi, Vatan himoyasi 
yo’lida qilgan mehnati, o’zini fido qilishni talab etadigan favqulodda holatlarda 
ko’rsatgan ibratlarini ham haqiqiy jasorat namunasi, desak, xato bo’lmaydi. 
Ma’lumki, o’tgan yilning dekabr oyida taraqqiyotimizning yangi bosqichi 
bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 
e’lon qilindi. Murojaatnoma ham hajman, ham mazmunan keng qamrovli bo’lib, har 
birimizni ona-Vatanga sodiq xizmat qilishga, bir jonu bir tan bo’lib, uning tinchligini 
avaylab asrashga hamda ravnaq toptirishga o’z hissamizni qo’shishga chaqiradi. 
Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr xalq manfaatiga, 
Vatan ravnaqiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Prezidentimizning 
“Niyati ulug’ xalqning – ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. 
Biz demokratik islohotlar yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin 


153 
bo’lmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz. Yangi O’zbekiston 
taraqqiyotiga hissa qo’shish – Yaratganning o’zi bizga bergan tarixiy imkoniyat, 
desak, to’g’ri bo’ladi” [3], degan so’zlarining o’ziyoq vatanparvarlik, millatga 
sadoqatlilik belgisidir. 
Yana shuni ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashga katta etibor qaratmoqdalar. Xususan, 2018 yil 12 dekabr kuni 
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni 
harbiy-texnik mutahassisliklar bo’yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish 
bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Qarori qabul qilindi [3]. 
Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi 
jarayonida, buyuk ajdodlarimiz, sarkardalarimizning Vatan ravnaqi, uning himoyasi 
uchun qilgan fidoiyliklarini yuksaklarga ko’tarib, yurtimiz tinchligi yo’lida o’zimizni 
o’rnak ko’rsatib olib borishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish